Pokiston va Turkiya Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikda buyuk kuchni tashkil etadi

362
0

Pokiston va Turkiya Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikda buyuk kuchni tashkil etadi

Pokiston harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general Anvar Xon Anado‘lu axborot agentligiga bergan intervьyusida Pokiston bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtab, bu munosabatlarni «Boshqa davlatlar o‘rtasida misli ko‘rilmagan» munosabat, deya baholadi. U yana: «Butun dunyo bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga havas bilan qaraydi», dedi. Anvar Xon «Turkiya Pokistonning ikkinchi vatani», deya qo‘shimcha qilar ekan, o‘z mamlakati aholisi va turklarni aslida «Ikki davlatdagi bitta Ummat», deb ta’kidladi. To‘g‘ri, Pokiston va Turkiya xalqlari musulmon va Allohning sof dinidagi birodarlardir. Alloh Taolo bu haqda bunday deydi:

إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ

«Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir» [Hujurot 10]

Lekin ikki yurt rejimlari ularni bo‘lib, ikkita alohida davlatga aylantirib qo‘ydi. Bu esa, Alloh va Rosulining roziligiga ziddir. Chunki Alloh Taolo musulmonlarga Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritadigan bitta hokimdan boshqa yana hokimlar bo‘lishini harom qildi va ularni bitta siyosiy vujudda birlashishga chaqirdi. Shuningdek, musulmonlar davlatidan ajralgan mustaqil davlat tiklashni xohlayotgan kishilar uchun o‘lim jazosini belgiladi. Bu haqda Rosululloh ﷺ shunday deydilar:

«مَنْ أَتَاكُمْ وَأَمْرُكُمْ جَمِيعٌ عَلَى رَجُلٍ وَاحِدٍ يُرِيدُ أَنْ يَشُقَّ عَصَاكُمْ أَوْ يُفَرِّقَ جَمَاعَتَكُمْ فَاقْتُلُوهُ»

«Sizlar bitta etakchiga itoat qilib turgan paytingizda bir kishi kelib, birligingizni buzmoqchi yoki jamoatingizni bo‘lmoqchi bo‘lsa, uni o‘ldiringlar». Yana aytadilar:

«إِذَا بُويِعَ لِخَلِيفَتَيْنِ فَاقْتُلُوا الْآخَرَ مِنْهُمَا»

«Agar ikkita xalifaga bay’at qilinsa, ikkinchisini o‘ldiringlar». Muslim rivoyati. Lekin Pokiston bilan Turkiyada buning ziddi o‘laroq, Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritmaydigan ikki prezident va hukumat ish yuritmoqda. Ularning konstitutsiyasi va qonunlari ilmoniy bo‘lib, ular na Islom va na musulmonlarga aloqadordir. Ushbu ikki davlat va islomiy yurtlardagi boshqa davlatlar inglizlar va ularning arab va turklardan iborat millatchi malaylari qulatgan Xalifalik davlati vayronalari uzra tiklangan davlatdir. Bu ish musulmonlar uchun fojia bo‘lsa-da, intervьyuni uyushtirgan Anado‘lu axborot agentligi bu munosabatni tantana qildi va yuz yillik shiori sifatida qabul qildi.

Anvar Xon Turkiya va Pokiston munosabatlari haqida: «Albatta Pokiston Kipr masalasida, Suriya va Iroqdagi xavfsizlik masalalarida va terrorizmga qarshi kurash masalasida Turkiyani qo‘llab-quvvatlaydi», dedi. U Pokistonning o‘z chegaralarida shunga o‘xshash muammolarga duch kelayotganini aytar ekan, ushbu muammolarni engish uchun ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik davom etishiga ishora qildi. Albatta biz Turkiya bilan Pokistonning, ayniqsa, Kipr va Kashmir masalasida faqat rasmiyatchilik yuzasidan emas, balki chinakamiga hamkor bo‘lishini istaymiz. Chunki Kiprni ozod etish Turkiyaning burchidir. Turkiya uni ozod etishga qodir bo‘la turib, Gretsiya bilan bu masalada muzokara qilmasligi va uning bir qismidan voz kechmasligi kerak. Kashmirni ozod qilish ham Pokistonning burchidir. Pokiston ham Modining qo‘lini siqish o‘rniga uni ozod etishi lozim. Shuningdek, ozod etilgan mintaqalarni nusayriy rejimi qo‘liga topshirib, Suriyadagi bechora ahlimizga qarshi Rossiya va Eron bilan ittifoq tuzayotgan Turkiya bilan qo‘l siqishish o‘rniga, Pokiston va Turkiya armiyalari o‘zaro birlashib, Suriyada qo‘zg‘olon qilgan aka-ukalariga nusrat-yordam berishlarini va ularni Amerika malayidan qutqarishlarini biz qanchalar umid qilyapmiz! Bugungi kunda – xuddi Turkiya va yahudiy davlati o‘rtasida bo‘lgani kabi – yovuz kuchlar bilan «qo‘shma mudofaa» nomli ittifoqlar tuzilib, musulmonlarning qo‘rg‘onlarini vayron qilishi uchun dushmanga harbiy bazalar ochib berilmoqda. Shuningdek, yurtlarimizni G‘arb malaylaridan ozod etish uchun jihod qilayotgan va bu yo‘lda faoliyat olib borayotgan musulmonlarga, qolaversa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish bilan Ummatni uyg‘otishga harakat qilayotgan insonlarga qarshi ayovsiz kurashilmoqda. Biz bu ishlarning o‘rniga, har ikki yurtning mintaqadagi Rossiya, Amerika va yahudiy vujudining terroriga qarshi kurashishda hamkorlik qilishlaridan qanchalar umidvormiz.

Alloh Taolo Pokiston va Turkiyaga shunday ne’matlarni ato etdiki, bu ikki davlat ular orqali buyuk davlat bo‘lish imkoniyatiga egadir. Agar ular o‘z atroflaridagi islomiy yurtlarni bitta etakchilik ostida, ya’ni Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritadigan Xalifalik ostida birlashtirsalar, bosib olingan musulmon yurtlarni ozod qiladilar. Shunda musulmonlar Alloh ularga in’om qilgan, lekin musulmon yurtlardagi ilmoniy rejimlar davrida mustamlakachi kofir ulardan tortib olgan boyliklardan foydalanadilar. Ey qo‘mondon, biz sizni Pokiston va Turkiyani Xalifalik davlatida birlashtirishga chaqiramiz. Shuningdek sizni hamda Pokiston va Turkiya armiyasidagi birodarlaringizni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishda Hizb ut-Tahrirga yordam berishga chaqiramiz.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.