Eronning Shom tog‘utiga yordam berish uchun Suriyaga kirishi yuz minglab shahidlarni keltirib chiqardi

306
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Eronning Shom tog‘utiga yordam berish uchun Suriyaga kirishi yuz minglab shahidlarni keltirib chiqardi

«RT» veb-sayti (hijriy 1442 yil 26 jumodulavval, milodiy 2021 yil 10 yanvar yakshanba kuni) nashr qilgan xabarda quyidagilar ta’kidlangan:

«Eronning Suriyaga aralashishi 500 ming shaxsning o‘limini keltirib chiqardi, dedi Eronning vafot etgan prezidenti Ali Akbar Rafsanjoniyning qizi Foiza Rafsanjoniy. Bu bilan u otasining Suriyaga aralashishga qarshi chiqqanini ta’kidladi.

Foiza xonimga ko‘ra, uning otasi prezidentlik vazifasidan so‘ng amaliy maslahat kengashi raisi bo‘lib ishlayotgan paytda Eronning Suriyadagi urushga aralashishiga qarshi chiqqan. Suriyadagi inqiroz boshlanganda otasi o‘z qarshiligini Quddus inqilob gvardiyasining sobiq qo‘mondoni Qosim Sulaymoniga etkazgan.

Foiza xonim «Insof Nьyus» veb-saytiga «Sulaymoniy Suriyaga ketishdan oldin dadam bilan maslahatlashdi va dadam unga u erga bormasligi kerakligini aytdi».

Yana bunday deydi: «Sulaymoniy suiqasdi xotirlanayotgan ekan, biz biror kishining uning qilmishlari haqida gapirganini eshitmayapmiz. Lekin mening dadam aql-zakovatli va uzoqni ko‘ra biladigan inson edilar. Sulaymoniyga nasihat qilib, Suriyaga bormaslikka chaqirardilar va u haq bo‘lib chiqdi».

Sobiq parlament raisi Foiza xonim «Sulaymoniyning xatti-harakati va bizning qarshilik harakatiga oid siyosatimiz qanday oqibatga olib keldi, iqtisodiyot, erkinliklar va tashqi siyosat sohalarida bizga nima berdi?!, deya savol tashladi. So‘ng «qarshilik harakat siyosatimiz bizga faxrlanishimizga arzirlik hech narsa keltirmadi!», deya qo‘shimcha qildi.

Foiza Rafsanjoniy Eronning mintaqadagi siyosatini tanqid qilib, «bu siyosat bizning do‘stlarimizni yo‘qotishimizga olib keldi, natijada, tashqi siyosatimiz ichki siyosatimizga o‘xshab qoldi… Shu sababli, qo‘llab-quvvatlovchilar avval tanqidchilarga, so‘ng tanqidchilar raqiblarga aylanib qolishdi», dedi.

Roya gazetasining 2020 yil 20 yanvar chorshanba kungi 322-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.