Tekebaev: davlat ba’zida xalq xohishini yashirishga majbur bo‘ladi

364
0

Tekebaev: davlat ba’zida xalq xohishini yashirishga majbur bo‘ladi

9-dekabr “Jogorki kenesh” konstitutsiyani o‘zgartirish haqidagi referendum masalasini qabul qilgandan keyin Omurbek Tekebaev so‘zga chiqib, trebunadan davlatning ba’zi sirlarini ochib tashladi. – “Oldimda deputat Zulfuqorov o‘tiribdi, 2014 –yili xavfsizlik kengashiga qatnashganmiz. Bizga yashirin ijtimoiy so‘rov natijalari tarqatib berildi, men o‘shanda aytganman. Shimoliy regionlarda vaziyat o‘zgacha, Janubiy regionlarga qaraganda Shimoliy regionlarda 10-15%, bazi joylarda esa 20%gacha shariat boshqaruvi ostida yashash uchun ovoz berishgan. Agar xalq nima xohlasa shuni qo‘yamiz desak – shunchalik xalq xohishini qo‘llaysizlar ekan – nega shariyat boshqaruvini qo‘ymadingiz? Mana men hozir davlat sirlarini ochib yubordim. Xalqqa oshkor qilish mumkin bo‘lmagan masalalar bo‘ladi. Sharoitlar shuni taqazo etadi. Ba’zi masalalar kabinetlarda (yopiq eshik ortida) echilib, o‘zgartirilib, pishib etilganda xalqqa olib chiqiladi”, dedi Tekabaev.

Izoh: Sadir Japarovning – “meni xalq qo‘llab-quvvatlab oldinga surayapti” yoki “prezident boshqaruvi xalq talabi” degan shiorlar ortidan bir qator qonun yoki tartiblarni buzib kelayotganini tanqid qilmoqchi bo‘lgan Tekebaev, davlat boshqaruvidagi bir qator tarixiy siyosiy yolg‘on, g‘irromlik va hiylalarni ochib yubordi.

Lekin Tekebaev aytgan g‘irromliklar hamda siyosiy hodisalar va xalq xohishiga nisbatan berilayotgan yolg‘on statistik malumotlar tarix emas, aksincha ular hozirda ham hokimiyatlar tomonidan rioya qilinib kelinayotgan demokratik printsiplardan kelib chiqqan yozilmagan qonunlar sifatida davom etib keladi! Ular xalq (ummat)ning siyosiy Islomni hayotga qaytarishga bo‘lgan xohishlari, islomiy qadriyatlarga bo‘lgan muhabbati va fidoiyligini yashirishga qattiq harakat qilishadi. Bu mavzular kuchli nazorat ostida bo‘lib, oxirgi o‘n yillikda olamiy matbuot uchun bu mavzularlarga aloqador haqiqatlarni yoritishga, hatto ular haqida maqola- mavzular tayorlashga ham maxfiy cheklovlar qo‘yilgan.

Aslida demokratiya (xalq hokimiyati)ning o‘zi ham, hokimiyat xalq boshqaruvi ostida bo‘lishiga qarshi. Chunki bu nazariy tushuncha bo‘lib, hayotda unday bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni xalq o‘zini o‘zi boshqarishi, bir birlari bilan o‘zaro muomilalari uchun xalqning o‘zi qonun ishlab chiqishi mumkin emas!

Qirg‘iziston siyosiy doirasining etakchisi, konstitutsiya ishlab chiqish kuvvatiga ega bo‘lgan etuk siyosatchi Tekebaev ham buni e’tirof etib, “agar xalqning har bir talabini bajarish majburiy bo‘lsa, biz hokimiyatni allaqachon islomiy boshqaruv tizimiga topshirib berishimiz kerak edi”, dedi.

Qirg‘iziston xalqi har qanday demokratik aldov va xiyonatlardan charchadi. Qirg‘iziston musulmonlari esa, o‘zlariga va dinlariga bo‘lgan barcha zulmlarni qalbdan his qilib, har qanday kufr boshqaruvini inkor qilish chegarasiga yaqinlashib borayapti. Dunyodagi barcha kufr tuzumlari va davlat rahbarlari, islomiylashish jarayonlarini oldini olishdan ojiz ekanliklarini tushunib etishdi. Butun dunyo, jumladan Qirg‘iz xavfsizlik kengashi ham, Islom va musulmonlarning muvoffaqqiyatlarini, ularning Islom hazoratidan kelib chiqqan jamiyatlarga olib kirib borayotgan ijobiy yashash tarzlarini imkon qadar yashirishga urinishyapti.

Olamiy matbuot ushalarning (global xalqaro siyosatning) ta’siri ostida ekanligidan, Islom va musulmonlar ustida borayotgan zulmlar yoritilmaydi. Yoki hodisalarni o‘zlarining manfaatlari tomon burmalab, Tekebaev aytganidek, sharoitga qarab, voqe’a-hodisalar kabinetlarda o‘z manfaatlariga muvofiq yolg‘on yo‘nalishda tayorlab olingandan keyin, matbuot orqali olamga tarqatiladi. Butun dunyoda ahvol shunday!

Dunyo matbuoti mabdaiy Islomni go‘yoki tan olmaydi. Islom va Musulmonlar ustidagi zulmlarni deyarli yoritmaydi. Lekin xalqaro siyosat mabdaiy Islomdan qattiq xavotirda ekanidan, jamiyatlarni tez suratda egallab borayotgan islomiy qadriyatlarni qanday oldini olish haqida tinmay bosh qotiradi. Frantsiyadagi singari bir qator etuk davlatlar barcha imkoniyatini Islom hazorati va Musulmonlarning yashash tarzi kufr jamiyatiga nisbatan kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatib borayotganini oldini olishga qaratgan. Ular buni tan olishdan qochib, Musulmonlarni provokatsiya qilish, ular nomidan qo‘poruv harakatlari uyushtirish kabi Islom va Musulmonlarni yomon otliq qilishga harakat qilishadi.

Tekebaev o‘z ishtirokida balki boshchiligida uyushtirilgan Islom va Musulmonlarga qarshi harakatlarning bir uchini aytib yubordi. Lekin hali ham, jamiyatda islomiy hayotda yashashni xohlagan odamlar toboro ko‘payib boryapti. Musulmonlarni Islomdan qaytarish va bezdirish maqsadida avvalgidek qalbaki taktikalar ishlab chiqilyapti. Ishlab chiqilgan strotegiya va taktikalar ortidan qanchalagan begunoh insonlar, faqat Islomni yaxshi ko‘rib boshqalarni ham unga da’vat qilgani yoki uni yoqlagani uchun minglagan begunoh musulmonlar qamalib, halok bo‘lib ketgani haqida gapirmadi! Shu iflos strotegiyaning kasofatidan qanchalagan ayollar, onalar turmalarda o‘tirishdi, ba’zilari hanuzgacha o‘tirishibdi!

Siyosatchilarning bu kabi demokratiyaning yolg‘on aqidasini himoya qilish yoki o‘z kreslosi uchun G‘arbni rozi qilish maqsadida qilgan ishlari, tarixda qora tamg‘a bilan yozilib qoladi. Oxiratda alam va azob bo‘lib, shu dunyoda tavba qilishmasa, zolimlar uchun afsus nadomat bo‘lishi aniq.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.