Kashmir yangi siyosiy xaritaga emas, ozod etilishga muhtoj

362
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kashmir yangi siyosiy xaritaga emas, ozod etilishga muhtoj

Muhandis Muizziddin – Pokiston

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Pokistonning yangi siyosiy xaritasi bosib olingan Kashmirni ham o‘z ichiga olishini ochiqladi. Bu so‘zlarni u Hindistonning bosib olingan Kashmirning yarim avtonomiyasini bekor qilganining bir yilligi xotirasidan bir kun o‘tib aytdi. Hindiston bosh vaziri Modi 2019 yil 5 avgustda Kashmirni anneksiya qilganidan so‘ng Pokiston rejimi fuqaroviy va harbiy qanoti bilan birga Pokiston jamoatchiligining qattiq bosimiga uchradi. Yurt musulmonlari hindu davlatining bunday adovatiga xuddi shunday adovat bilan javob qaytarilishini talab qildilar. Rejim xalq bosimiga ba’zi yuzaki xatti-harakatlar bilan javob berishga urindi, masalan: beshinchi avgust kunini adovat kuni deb e’lon qilish, Kashmir masalasi bo‘yicha ommaviy aloqalar kampaniyasini boshlash, Kashmirdagi musulmonlar chekayotgan mashaqqatlarni yoritib borish, Hindiston davlati bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatish, AQSh prezidenti Donalьd Trampni Kashmir xususida Hindistonga bosim qilishga chaqirish, BMTning Xavfsizlik xizmatiga quyidagi talabni qo‘yish: Kashmirda referendum o‘tkazilsin va shu orqali kashmirlik musulmonlarga yo Hindiston yoki Pokistonga qo‘shilish variantidan birini tanlash imkoniyati berilsin.

Biroq hukumatning bunday ramziy chora-tadbirlariga Pokistondagi juda ko‘pchilik norozi. Chunki yurt musulmonlari siyosiy jihatdan onglidirlar. Butun dunyoda bo‘layotgan islomiy uyg‘onish Pokiston ahliga qattiq ta’sir qilib, ongini ochdi. Yurtdagi jamiyat asosiy tashvish va masalalariga islomiy fikr oynasidan qaraydigan, echimni Islom tashqarisidan emas, uning o‘zidan izlaydigan bo‘ldi. Pokistondagi xoin hukmdorlar muammosini yanada murakkablashtirayotgan narsa, yurtdagi musulmonlarning Kashmirni qattiq sevishlari hamda kashmirliklar alamlariga sherik bo‘layotganlaridir. Ular Kashmir uchun o‘zlarining jonlarini fido etmoqdalar. O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida ular mujohid farzandlaridan shodlanar va ular bilan faxrlanar edilar. Shuning uchun Kashmirni Alloh yo‘lida jihod qilish orqali ozod etish tushunchasi Pokiston jamiyatida chuqur ildiz otgan. Modining Kashmirni anneksiya qilganidan beri Pokiston ahli o‘z hukumatlarining Kashmir borasidagi e’tiborsizligiga qattiq norozi bo‘lib kelmoqdalar. Yurtning taniqli namoyandalari Kashmirni ozod etish uchun jangovar yo‘l tutish kerakligiga ochiq chaqirmoqdalar.

Kashmir masalasi ayniqsa Pokiston qurolli kuchlari uchun ham alohida muhim o‘rin tutadi. Ular Hindistonni tavhidga imon keltiruvchi Ummatning doimiy ashaddiy dushmani deb biladilar. Shuningdek, Kashmir bosqinchilik ostida qolgan musulmon erlari masalasi hisoblangani bois pokistonlik qo‘shin buni haybat va kuch-qudrat masalasi deb biladilar. Modining 2019 yil 5 avgustda Kashmirni anneksiya qilishi hamda Imron Xonning bu mushrik davlatning bunday provokatsiyasiga harbiy yo‘l bilan javob qaytarishdan bosh tortgani Pokiston qurolli kuchlari safida juda ko‘pchilikda g‘azab olovini yoqdi. Chunki ular buni o‘zlari uchun dushmanning haqorati deb qabul qildilar. Ushbu g‘azab olovi esa, Pokiston rejimini qo‘rqitmoqda. Shu bois ham yurtdagi musulmonlarni, ham qurolli kuchlarni Kashmir masalasida aldash uchun turli uslublarni o‘ylab topishga majbur bo‘lyapti.

Pokiston rejimi tarqatayotgan yangi siyosiy xarita degan narsa ham shu nuqtai nazar bo‘yicha navbatdagi urinishdan o‘zga narsa emas. U o‘zini Kashmir masalasini himoyachisi qilib ko‘rsatmoqchi. Nepal parlamenti bir xarita qabul qilib, unda Hindiston bilan bahsli bo‘lgan hududlarni o‘zining mulki sifatida qayd etgan paytda Pokiston Hindistonning Nepal tomonidan tahqirlanganiga guvoh bo‘ldi. Shu bois, Pokiston ham Kashmir masalasida o‘zini jiddiy qilib ko‘rsatish hamda o‘zini xalq g‘azabidan himoya qilish uchun Nepalning ayni shu g‘oyasini qabul qildi. Biroq Nepal hukumatining bu xatti-harakatlari regional beqarorlik keltirib chiqardi, chunki an’anaviy ravishda Nepalga Hindistonga qarshi turolmaydigan, doim unga ergashadigan zaif davlat sifatida qaraladi. Shuning uchun Nepal hukumati Xitoyning qo‘llab-quvvatlovi bilan yangi siyosiy xarita chiqarib, siyosiy jihatdan Hindiston bilan raqobatlashganda, uning bu harakati Hindistonga tobelikdan mustaqil bo‘ldi, Xitoyning vakili sifatida unga qarshi turmoqda, deya baholandi. Bunga muhim hodisa o‘laroq qaralmoqda, chunki bahsli hudud Xitoy, Nepal va Hindiston o‘rtasida. Nepalning bu xaritani e’lon qilishi o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun Xitoyning qo‘lloviga ega bo‘lishni ko‘zlayotganini anglatadi. Boshqa jihatdan, Pokiston regional darajada qudratli davlat hisoblanadi va butun tarixda unga Hindiston bilan bo‘ylashuvchi davlat sifatida qaralgan. Chunki u yadroviy qurolga ega bo‘lib, armiyasi ham kuchlidir. Azaldan u Hindiston davlati bilan harbiy jihatdan to‘qnashuvlarga kirgan. Shunday qilib, Pokiston rejimi yurt uchun yangi siyosiy xarita tuzdi va unda Kashmirni Pokistonning eri sifatida qayd etdi. Biroq bu rejim ushbu siyosiy xaritani tatbiq etishda aslo harbiy kuch ishlatmasligini e’lon qildi va bu bilan kulgiga qoldi. Bu rejim shunga o‘xshash ko‘p hiylalar va soxta choralar qo‘llashi sababli jamoatchilik tomonidan masxara, tanqid va haqoratlarga duch kelmoqda. Chunki bu choralarining voqelikda ta’siri ham, regional kuchlar muvozanatida biror vazni ham yo‘q. Hozir, Kashmir masalasida nima qilish kerakligi Pokistondagi siyosiy va jamiyat manzarasida yaqqol ma’lum. Ya’ni, jamoatchilik Pokiston qurolli kuchlari Alloh yo‘lida jihod e’lon qilishi kerak, deb hisoblaydigan bo‘lib qolgan.

Pokiston rejimining yangi siyosiy xarita ishlab chiqqani va bunga yurt musulmonlari rozi bo‘lmayotgani musulmonlar bilan hozirgi hukmdorlar o‘rtasidagi kelishmovchilik jarligining bir muncha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Pokistondagi musulmonlar Islomni sevadilar va islomiy shariat bilan hukm yuritilishini istamoqdalar. Ular Islom davlatini ko‘rishni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikning yurtlarida hukmron bo‘lishini, ular ustidan Alloh nozil qilgan ahkomlarni tatbiq qilishini, muammolarini Islom bilan echib berishini, qurolli kuchlarimizning Kashmir, Falastin va boshqa bosib olingan erlarni ozod etishini istamoqdalar.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.