AQShdagi hodisalar va ularning xalqaro pozitsiyaga bo‘lgan ta’siri

297
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQShdagi hodisalar va ularning xalqaro pozitsiyaga bo‘lgan ta’siri

(Birinchi qism)

Ustoz As’ad Mansur qalamiga mansub

Xalqaro pozitsiyaga, ta’sir kuchiga ega xalqaro munosabatlar tuzilishi (shakli), deya tarif berilgan. Ya’ni, ta’sirli davlatlarga taalluqlidir. Shu sababdan u yoki bu davlatning boshqa davlatlarga ta’siri qanchalik darajada ekanini o‘rganish kerak. Davlatning ta’siri qanchalik kuchaysa, uning xalqaro pozitsiyasi ham ortaveradi va ta’siri ziyodalashib, nihoyat, yirik davlatga aylanadi… Agar unda yirik davlat bo‘lish sifatlari mavjud bo‘lsa, albatta. Endi, bu yirik davlat dunyo voqea-hodisalarini boshqarishga va boshqa yirik davlatlarga ta’sir o‘tkazishga qodir darajaga etsa, dunyoning birinchi davlatiga aylanadi. Davlatni shunday o‘rganish uchun avvalo xalqaro voqea-hodisalarni uzluksiz kuzatish, ta’sir omillari va elementlarini o‘rganib, bu omillarning qanchalar kuchli yoki zaifligini bilish kerak. Ana shundagina u yoki bu davlatning ta’siri kuchli yoki kuchsiz davlatligini, pastlagan yoxud ko‘tarilgan davlatligini anglash mumkin.

Shuning uchun xalqaro pozitsiya bir xil turmaydi, ushbu omil va elementlarga qarab o‘zgarish va almashish qobiliyatiga ega. Bu o‘zgarishlar yirik davlatlarning har tomonlama ichki holatlariga yoki nufuz mintaqalariga bog‘liq. Hamda ularning birinchi davlat uchun u bilan shiddatli raqobatlashishlariga yoki birinchi davlatni ayni markazdan silkita olishlariga yo-da birinchi davlat bilan birgalikda xalqaro ishlarda sheriklik qilishlariga yoxud unga ta’sir o‘tkazishlariga taalluqlidir. Shuningdek, u yoki bu yirik davlatning kichik davlatga ta’sir o‘tkazishiga va shu orqali o‘zining xalqaro ulushlarini ko‘paytirib, ta’sir doirasining kengaytirishiga va o‘zining xalqaro pozitsiyasini kuchaytirib, birinchi davlat bilan bo‘ylashishiga taalluqlidir bu o‘zgarishlar.

Shuning uchun yirik davlat o‘zidagi barcha imkoniyatlar va uslublarni ishga solib, birinchi davlatni o‘z o‘rnidan silkitishga yoki o‘zining xalqaro darajasini ko‘tarib, o‘ljalarni bo‘lishish, nufuzini oshirish uchun birinchi davlatga sherik bo‘lishga yoki uning birinchi davlatlik mavqeiga ziyon etkazishga harakat qiladi. Birinchi davlat ichkarisidagi krizislardan, uning zaif nuqtalaridan, kuchsiz holatlaridan foydalanishga urinadi. Bulardan uning xalqaro nufuz va vaziyatiga putur etkazishda foydalanadi. To shu maqsadlarini amalga oshirmaguncha ko‘z yummay bedor harakat qilaveradi. Chunki bu harakatlar yirik davlatning sifatlaridandir, aks holda, biz uni yirik davlat, deya olmaymiz. Shuningdek, boshqa davlatlarda ham – agar ular yirik davlat bo‘lishni istasalar – shunday sifatlar bo‘lishi, ya’ni, shunday saviyada faoliyat qilishlari kerak bo‘ladi. Ushbu sifatlarga ega bo‘lmagan, shunday harakatlarni qilmay, buning uchun unda turtki ham bo‘lmagan davlat esa, xalqaro darajada yirik davlat hisoblanmaydi. Balki u Xitoy kabi regiondagi eng yirik va mustaqil davlat bo‘ladi yoki Shveytsariya va Gollandiya kabi mustaqil kichik davlat bo‘ladi yoxud boshqa davlatning siyosati doirasida harakat qiluvchi davlat bo‘ladi, Kanada va Yaponiya kabi yo-da, tobe davlat bo‘ladi va ular Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikadagi dunyoning aksar davlatlari hisoblanadi.

Darvoqe, so‘nggi paytda AQShning birinchi davlat bo‘lib turgan ayni vaqtda muayyan bir vaziyat yuzaga keldi va bu narsa xalqaro pozitsiyalarda o‘zgarish bo‘lishi mumkinligidan darak bermoqda. Shuning uchun biz paydo bo‘lgan ayni o‘zgarishni o‘rganmog‘imiz kerak, qanday paydo bo‘ldi, qanchalik darajada va qanday holatda kabi. Chunki dunyoning taqdiri yirik davlatlarga bog‘lanib qolgan. Ishlarni yurgizadiganlar ham, nufuz mintaqalari katta va kichik urushlar olovini yoqadiganlar ham, katta krizislarni yaratadigan ham, ba’zan tobe davlatlarda krizislar keltirib chiqaradiganlar ham mana shu yirik davlatlardir. Kichik davlatlar esa, ta’sirlanuvchi davlatlar bo‘ladi. Ba’zan kichik davlat boshqa bir kichik davlatdan katta bo‘ladi va o‘zi tobe bo‘lgan yirik davlat ruxsat bersa, o‘sha kichik davlatga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, Misr Sudanga ta’sir o‘tkazadi, Suriya Livanga, Saudiya Bahraynga… va hokazo ta’sir o‘tkazishadi. Kichik davlatlardagi siyosiy o‘zgarishlar ko‘pincha o‘zlari tobe bo‘lgan yirik davlatlarga va ularning xalqaro kurashlariga bog‘liq. Qachon biror kichik davlatda mustaqil o‘zgarish bo‘lsa, darhol yirik davlatlar bu o‘zgarishning takomillashishini oldini olish uchun aralashishadi. Ayniqsa, bu Islom Ummati orasida bo‘lsa shunday. Chunki Islom Ummatida dunyoning nafaqat yirik davlatiga, hatto birinchi davlatiga aylanish qobiliyati bor. Mana, Islom olamida, ayniqsa, arab olamida o‘z-o‘zidan tabiiy intifoza va qo‘zg‘olonlar alanga olganda ushbu qobiliyat ko‘proq ko‘zga tashlandi. Shuning uchun ham darhol yirik davlatlar aralashishdi, mustaqil bo‘lishini oldini olishga va faqat o‘zining ichki kurashi doirasiga izolyatsiya qilishga urinishdi. Qachon yirik davlat aralashmoqchi bo‘lsa, masala xalqarolashadi va masala yirik davlatlar o‘rtasidagi kurash masalasiga aylanadi, masalan, so‘nggi paytlarda Liviyada bo‘lgani kabi. Shu orqali Ummat bilan yirik davlatlar o‘rtasidagi kurashga aylanishini oldi olinadi, Suriyada bo‘lgani kabi.

Sovet Ittifoqi 1989 yilda qulashni boshlab, 1991 yilda butkul emirildi va Sharqiy blogini yo‘qotdi… Holbuki, bu blog uning uchun muhim strategik maydon va mudofaa yo‘nalishi bo‘lib, uning uchun Varshava shartnomasida tuzilgan edi. Ittifoqning emirilishiga uning ichki muammolari, sotsialistik sistemadan voz kechish va iqtisodiy silkinishlar sabab bo‘ldi. Xususan, bu davlat xayoliy yulduzlar urushiga qo‘shilgandan keyin shunday bo‘ldi. Keyin Afg‘onistonda bo‘lgani kabi harbiy jihatdan mag‘lubiyatga uchradi… Shulardan so‘ng dunyoning birinchi davlati bo‘lgan AQSh bilan raqobat qiluvchi Sovet Ittifoqi o‘zining ikkinchi yirik davlatlik maqomidan tushib ketdi. Ana shunda AQSh bu vaziyatdan foydalandi. Birinchi davlat maqomini talashadigan hech qanday raqib qolmaganidan foydalanib, o‘zini dunyoning raqobatchisiz va sheriksiz birdan-bir davlati ekanini e’lon qildi. Chunki 1961 yilda bu ikki davlat dunyoni nufuz uchun ikkiga bo‘lib olib, kelishuv siyosatini imzolashgandan boshlab xalqaro munosabatlarni idora qilishda Amerikaning yagona sherigi Sovet Ittifoqi edi.

Sovet Ittifoq parchalangandan so‘ng Rossiya uning o‘rnini bosa olmadi va kuchi ketib, holdan toydi. Vaholanki, ilgari u Ittifoqning etakchisi edi, hatto o‘n to‘rtta respublika Rossiyaga ittifoq sifatida tobe edi. Rossiya uchun tabiiy nufuz mintaqasi bo‘lgan Ittifoq yo‘q bo‘lgach, Rossiya ayni nufuzini ham yo‘qotdi. Garchi keyin ulardan o‘n bir nafarini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) sifatida o‘ziga bog‘lab olgan bo‘lsa-da, biroq Rossiya o‘z nufuzining bir qismidan ayrildi va ayrimlarini qo‘ldan boy berdi… Ukraina, Gruziya kabi. Qolgan qismini, ayniqsa, beshta Markaziy Osiyo davlatlarini ta’qib ostida ushlab turadigan bo‘lib qoldi. Shu tarzda Rossiya Sovet Ittifoqi parchalanishi oqibatida shunday qaqshatqich zarba ediki, kurash maydonida qayta oyoqqa turolmay qoldi. Faqat oradan o‘n yilcha vaqt o‘tgandan keyingina o‘rnidan turdi, biroq avvalgi holatiga qayta olmadi.

Shunday qilib, xalqaro pozitsiyada hech qanday jahon urushisiz yoki biror kattaroq urushsiz o‘zgarish yuz berdi va bu yirik davlatning mag‘lubiyati sababli bo‘ldi. Zotan, tarixda yirik davlatlarning yiqilishi shunday bo‘lgan… Hech qanday katta urush bo‘lmay, Sovet Ittifoqi va u tobe bo‘lgan Rossiya yiqilib, mag‘lubiyatga uchradi. Bunday holatda uning dushmani g‘olib bo‘lib uning poytaxtiga kirib keladi, xuddi Usmoniy davlat bilan bo‘lgani kabi hamda Birinchi Jahon urushida Germaniya bilan bo‘lgani kabi, ikkinchi jahon urushida Germaniya, Yaponiya va Italiya bilan bo‘lgani kabi. G‘olib dushman kirib kelib, mag‘lub dushmanga istagan shartlarini qo‘yib, uni bajarishga majbur qiladi. Natijada, g‘olib davlat xalqaro pozitsiyada xo‘jayinga aylanadi.

Darhaqiqat, Amerika o‘zining asosiy raqibi Sovet Ittifoqi qulashi ortidan behuda g‘ururga uchdi. Takabburlik, manmanlik qilib, boshqa yirik davlatlarni pisand qilmay, ularning talab va e’tirozlarini ortga uloqtirdi. Hech qanday xalqaro qarorlarsiz Bolqonga harbiy aralashuv qildi. Yolg‘on dastaklar bilan hamda Xalqaro Xavfsizlik kengashi ruxsatisiz Afg‘onistonni, keyin Iroqni bosib oldi. Vaholanki, Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng BMT ta’sis etilgandan boshlab Xalqaro qonunga bo‘ysunishga xalqaro kelishuv imzolangan edi. Bu bilan AQSh BMTda tasdiqlangan Xalqaro qonunni buzgan hisoblanadi, holbuki, 1945 yil bu Tashkilotni tuzishda asosiy tomon uning o‘zi bo‘lgandi. Bu bilan Amerika BMTga va xalqaro tizimga bo‘lgan ishonchga putur etkazgan bo‘ladi. Bu esa, Amerikaning va BMTning yiqilish omillaridan biridir. Chunki Amerikaning o‘zi tasdiqlagan hamda er yuzi xalqlari nazdida va urfida e’tirof etilgan xalqaro qonunni  Amerika qanchalik buzgani sari, odamlarning Amerikaga bo‘lgan ishonchlariga ham shunchalik putur etadi, rostgo‘yligi yo‘qolaveradi… Oqibatda, AQSh odamlar ko‘z oldida yuz tuban quladi, ular qaytib uni hurmat qilmay, unga ergashmay qo‘yishdi… Aksincha, unga qarshi chiqib, isyon ko‘tarib, unga qarshi hujumlar uyushtirishmoqda. Bu esa, Amerikaning boshqa davlatlar va xalqlarga bo‘lgan ta’siri oldida jiddiy muammolar keltirib chiqarmoqda. Chunki AQShning ta’siri ishonchga, uning rostgo‘yligiga asoslangan, uning xalqaro qonun va standartlarga rioya qilishiga bog‘liq bo‘lgan.

Misol uchun, Amerika 2001 yil boshida yana xalqaro pozitsiyada yakkahokimlik siyosatini e’lon qilib, boshqa yirik davlatlarni pisand qilmay, ayni siyosatiga qarshi chiqqan xalqlarni sariq chaqaga olmadi. Uning prezidenti kichik Jorj Bush kim Amerika bilan bo‘lmasa, unga qarshi hisoblanadi, dedi. Bu butun dunyoning Amerikaga qarshi g‘azablantirdi, ko‘pchilik insonlar uni yomon ko‘radigan va unga qarshi pozitsiyada turishga chaqiradigan bo‘lib qoldi. Boshqa davlatlar ayni holatdan foydalandi. Masalan, Frantsiya ko‘tarilib, Germaniya va Rossiyani o‘zi tomonga tortdi va AQShning Iroqdagi bosqinchiligiga muxolif tomonni tashkil qildi. Bu Amerikaga o‘z ta’sirini o‘tkazdi va Bushni 2005 yil 21 fevralda Bryusselni ziyorat qilishga va evropaliklar bilan kelishishga majbur qildi. Bushning evropaliklar bilan munosabatlarni tuzatish safari, deb atalgan ushbu ziyoratda u bunday dedi:  «Qo‘shma Shtatlar Evropaning kuchli suratda namoyon bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki bizga ulkan missiyalarni bajarishda kuchli sherik kerak. Bizni kutib turgan ushbu missiyalaring asosiysi dunyoda erkinliklar va demokratiyani amalga oshirishdir». (Radio D, 2005 yil 21 fevral). Xuddi o‘sha kuni Shirak bilan uchrashuvi chog‘ida ham «O‘rtamizda kelishmovchiliklar bo‘ldi, biroq endi ularni bir chetga surishimiz kerak», dedi. (Ayni manba).

Roya gazetasining 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kungi 302-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.