Yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtiruvchilar: tarsakilar va sahifalar

385
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtiruvchilar: tarsakilar va sahifalar

Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub

Yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirayotgan davlatlar ko‘pincha, mustamlakachi kofir xo‘jayinlaridan egan xorlik va rasvolik tarsakilarini ham Ummatning qora kunlaridagi o‘zlarining qora sahifalariga qo‘shishlariga to‘g‘ri kelyapti. Masalan, Amirliklar yahudiylar bilan xoinlik munosabatlarini normallashtirish kelishuviga imzo chekdi va hali imzo siyohi qurimasdanoq ikkita qattiq tarsaki edi:

Birinchi tarsaki: Yahudiy vujudi Amirliklar hukmdorlarining ayni kelishuvda Falastin erlarini anneksiya qilishni to‘xtatish ham aytilgan, degan da’vosini rad qildi. Yahudiylar bosh vaziri Netanьyaxu bu haqda quyidagicha bayonot berdi: «Bu kelishuvga binoan, Isroil u erning bir qarichini ham tashlab chiqib ketishga muhtoj bo‘lmaydi, Tramp rejasidan biror qismi ham o‘zgartirilmaydi, bu erlardagi suverenlik masalasi hamon amalda».

Ikkinchi tarsaki: Yahudiy vujudi Amirliklar hukmdorlarining ayni kelishuv bizga AQShning rivojlangan «34-G‘» rusumli samolyotlarini va uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlarini sotib olishimizga ruxsat beradi, degan da’volarini ham puchga chiqardi. Chunki Netanьyaxu bu safar ham bu da’voni yolg‘onga chiqarib, bunday rusumdagi rivojlangan qurollarga ega bo‘lish Amirliklarga ham, boshqa arab davlatlariga ham ruxsat berilmaydi, biz bilan ular tinchlik bitimini imzolagan bo‘lishsa-da, biroq bizning sifat jihatidan ustunligimiz davom etadi va bu muzokara qilinmaydigan masala, degan mazmunni bildirdi.

Alaloqibat, Amirliklar yahudiy vujudi bilan imzolagan normallashtirish kelishuvi faqat AQSh, G‘arb va yahudiylarning mintaqadagi manfaatlariga xizmat qildi. Bu imzoga qo‘shimcha, Amirliklar yahudiy vujudini tan oldi, u bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar va elchilar aloqalarini o‘rnatdi, o‘zaro elchixonalar ochdi. Hatto Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun xavfsizlik shartnomalarini imzoladi. Zum o‘tmay, yahudiylar razvedkasi direktori Yosi Koen ayni kelishuv bandlarini muvofiqlashgan holda tatbiq qilish uchun Amirliklar razvedkasi direktori Tohnun ibn Zayd bilan uchrashdi. Bulardan tashqari, COVID-19 bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish uchun Amirliklar bilan yahudiylar ishchi guruhlarini tuzish, yahudiylar uchun havo maydonini ochish, Fors ko‘rfazi davlatlari sarmoyalarining yirik miqdorda yahudiylarga oqib kelishini kafolatlovchi iqtisodiy kelishuvlar imzolash kabi boshqa kelishuvlar ham bo‘ldi. Hammasidan ham yomoni Amirliklarning yahudiylar bilan ta’lim va tarbiya sohasida kelishuv imzolagani bo‘ldi. Go‘yo Amirliklarning amerikaliklarga va inglizlarga mamlakatdagi ta’lim dasturini nazorat qilish imkonini yaratib bergani kamlik qilgandek, endi bu mamlakat hukmdorlari yahudiylarga ham ayni dasturni nazorat qilish imkonini beryapti!!

Darhaqiqat, Amirliklarning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha imzolagan ayni kelishuvi boshqa xoin arab hukmdorlarining ham havasini keltirdi… hammasi Amirliklarni ayni kelishuv bilan qutlashga shoshilishdi, loaqal bittasi ham bunga qarshi chiqmadi. Netanьyaxu «bular shunday arab davlatlariki, ular «Isroil» bilan munosabatlarni oshkora va yashirincha normallashtirishmoqda, «Isroil» ular uchun ilgari bo‘lgani kabi endi dushman bo‘lmay qoldi, aksincha, barchalari bizning tinchliksevar ittifoqchilarimiz va hamkorlarimizdir», deya bejiz aytmadi.

Bugungi kunda arab davlatlarining ahvoliga qarang, ular Falastin tanasiga saraton bo‘lib tushgan mana shu bosqinchilar bilan munosabatlarni normallashtirish «baxtiga erishish» uchun go‘yo navbat kutib turgan davlatlarga aylanib qolishdi…

Endi islomiy yurtlardagi boshqa arab bo‘lmagan yurtlarga kelsak, ulardan bu kelishuvga nisbatan hech qanday pozitsiya bildirilmadi. Ular orasida eng ko‘zga tashlangani Eron bilan Turkiya. Eronni oladigan bo‘lsak, biz qirq bir yildan beri Eron hukmdorlarining ommaviy axborot vositalaridagi firibgarliklariga, quruq og‘zaki bayonotlariga ko‘nikib qolganmiz… Bundan tashqari, Eron yahudiylar bilan tinchlik echimlari qabul qilinishiga qarshi ekanligini hamda ularga qarshi asosiy qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlarga rahbarlik qilishini da’vo qilib keladi. U rahbarlik qilayotganini da’vo qilayotgan ushbu kuchlar omadsiz bo‘lib, ko‘p hollarda bosqinchilar zarbasiga uchraydi.  Bir vaqtning o‘zida, Eron bu bosqinchi vujudga tinimsiz raddiya bildirish huquqini saqlab qolishni bilyapti, xolos. Binobarin, undan amalda mutlaqo ko‘rinmaydigan jarangdor so‘zlarni eshityapmiz, xolos!

Turkiyaga kelsak, uning hukmdorlari yahudiy vujudi bilan diplomatik, xavfsizlik, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni saqlab qolishga har doim zo‘r berib kelgan. Ammo bu safar turk rahbarlarida munosabatlarni normallashtirishga oid Amirliklar bilan bu vujud o‘rtasidagi kelishuvga qarshi chiqish holatini ko‘rdik va bu siyosiy munofiqligu axborot bo‘rttirishidan boshqa narsa emas! Agar ular o‘z da’volarida chin bo‘lganda edi, Rosululloh ﷺning Isro maskanini bosib olgan vujud bilan munosabatlarni eng birinchi bo‘lib o‘zlari uzgan bo‘lishardi.

Biroq bu hukmdorlarning xiyonati yahudiy vujudi bilan tuzilgan mana shu kelishuvdan boshlangani yo‘q. Balki ularning qator xiyonatlari xalqaro qarorlarga rozi bo‘lishgan kundanoq boshlangan. Misol uchun ikki davlat tiklashga chaqirayotgan kimsalar bilan Amirliklar qilganidek «tinchlik muqobilida tinchlik» kelishuviga imzo chekkan kimsalar o‘rtasida farq yo‘q. Shunga binoan, kimda-kim yahudiy vujudining muborak Falastin zaminida biror haqqi borligiga boshida rozi bo‘lsa, bas, u ham ayni vujud bilan munosabatlarni normallashtirganlardan biri sanalaveradi, kelishuvga imzo chekkanmi-yo‘qmi, buning farqi yo‘q. Chunki yahudiylarning bu zaminda bir vujud sifatida siyosiy huquqlari borligiga biror kimsaning rozi bo‘lishining o‘zi unda yahudiylar bilan aloqalarni normallashtirish qobiliyati borligiga dalolat qiladi.

Demak, masala tinchlik kelishuvlari yoki normallashtirish kelishuvlarida emas. Balki normallashtirayotgan kimsalarda yahudiy vujudining Falastinning bir qismida bo‘lishiga rozilik bor, masala shunda. Hozirda ancha vaqtdan beri davom etib kelayotgan narsa yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishdir va bu bosqichma-bosqich yoki dozalar shaklida davom etyapti. Binobarin, yahudiy vujudi bilan aloqalar qilib, kelishuvlar imzolayotgan Misr, Iordaniya, Amirliklar, Turkiya davlatlari hukmdorlari va Falastin Ozodlik Tashkiloti bilan bu vujud bilan aloqalar qilmayotgan va kelishuvlar imzolamayotgan Sudan, Ummon, Bahrayn hukmdorlari o‘rtasida farq yo‘q. Zero, bu rahbarlarning hammasi – bir-birlaridan farqsiz – imzolashga hoziru nozirdirlar.

Yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish kelishuviga imzo chekish navbati bu davlatlardan qay biriga qachon kelishini shu davlatlar rahbarlari belgilamaydi. Yo‘q, buni faqat AQSh va boshqa G‘arb davlatlari belgilaydi. Ular bu davlatlarning kelishuvlarga imzo chekishi uchun muddatni o‘zlariga munosib deb bilishgan siyosiy vaziyat va talablarga qarab belgilashadi.

Shubhasiz, yahudiy vujudiga nisbatan kurashning to‘g‘ri echimi faqat jihodiy faoliyat orqali uni ildizi bilan qo‘porib tashlashdan iborat, boshqa echimi yo‘q. Bu esa, roshid Xalifalik davlatisiz aslo amalga oshmaydi. Zero, Xalifalik bu najas vujudni ildizi bilan qo‘porib tashlash, uning siyosiy va harbiy faoliyatiga hamda tashkilotlariga barham berish df uning vujudini butunlay yo‘q qilish uchun armiyalarni harakatga keltiradi.

Roya gazetasining 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kungi 302-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.