Tahriri Shom hay’atining manfur jinoyatlaridan uning a’zolari rozimilar, axir, ular Shom ahliga nusrat berish uchun chiqqandilar-ku?!

349
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tahriri Shom hay’atining manfur jinoyatlaridan uning a’zolari rozimilar, axir, ular Shom ahliga nusrat berish uchun chiqqandilar-ku?!

Dushanba kuni Idlib yaqinidagi Ayni Shayb qishlog‘i ahli va nufuzli shaxslar bayonot chiqarib, unda Tahriri Shom hay’atidan ularning zindonlarida yotgan va Amerikaning siyosiy echimiga qarshi chiqishdan o‘zga «ayb»lari bo‘lmagan o‘zlarining farzandlarini ozod etishni talab qildilar.

2020 yil 20 avgustda Tahriri Shom hay’ati xavfsizlik kuchlari Idlib shahrida Hizb ut-Tahrirning besh nafar a’zosini qamoqqa olgan edi. Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhobning bayonotida ta’kidlanishicha, bu hay’at yana 24 avgustda Hizbning ikki a’zosini Binnish shahrida plakatlar ilayotgan paytda qamoqqa oldi. Plakatlarda Hizb ut-Tahrirning «Siyosiy echimga – Yo‘q, rejimni ag‘darib Xalifalik barpo etishga – Ha» nomli kampaniyasi doirasida AQShning siyosiy echimi qoralangan edi.

Bu hay’at o‘zining Amerika siyosatiga qarshi chiqayotgan har bir insonni qamoqqa tashlash bilan xo‘jayinlarini rozi qilishga va ularning ko‘nglini olishga muvaffaq bo‘laman, deb o‘ylayapti. Biroq Allohning ushbu kalomini go‘yo unutgan ko‘rinadi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى أَوْلِيَاء بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ إِنَّ اللَّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

«Ey mo‘minlar, yahudiylar va nasroniylarni do‘st tutmangiz! Ularning ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizlardan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u o‘shalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas» [Moida 51]

Bas, Tahriri Shom hay’atining bu va boshqa son-sanoqsiz jinoiy qilmishlariga uning a’zolari rozimi, axir, ular Shom ahliga nusrat berish niyatida chiqqandilar-ku?! Nahotki, endi maqsad Amerikaning siyosiy echimiga va Erdoganning siyosatlariga yordam berish maqsadiga aylanib qolgan bo‘lsa?!

Roya gazetasining 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kungi 302-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.