Iordaniyadagi o‘qituvchilar inqirozi rejim inqirozidir

311
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iordaniyadagi o‘qituvchilar inqirozi rejim inqirozidir

Ustoz Umar Muhammad Foruq

Iordaniya rejimi o‘qituvchilar kengashi raisi va a’zolarini qamoqqa olgandan so‘ng o‘qituvchilar kasaba uyushmasi inqirozi kundan-kunga murakkablashib boraverdi. Ularni nohaq qamoqqa olishi va turli viloyatlardagi ayni uyushma idoralarini yopib qo‘yishi hamda o‘qituvchilar markaziy hay’ati a’zolarining, filiallari va idoralari a’zolarining faoliyatiga to‘siq qo‘yishi, idoralarini ikki yilga yopib qo‘yishi… Mana shular sababli Iordaniyaning barcha viloyatlaridagi o‘qituvchilar qator norozilik namoyishlari uyushtirib, ochlik e’lon qilishdi va vaziyat hamon murakkablashib bormoqda.

Ushbu o‘qituvchilar krizisining diqqatni jalb qiladigani tarafi shundaki, ularni xalqning asosiy qismi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayniqsa, rejim o‘zining meni xalq qo‘llab-quvvatlaydi, deb da’vo qilgan Mafraq va Irbid singari shaharlar markazlarida namoyishchilarga qo‘shilib ketgan xalq ishtirokchilari soni kutilgan raqamdan ham ortib ketdi. Garchi o‘qituvchilar talabi mutlaq o‘z kasblariga taalluqli bo‘lib, jamiyatning boshqa sohalariga ta’sir qilmasa-da, biroq Iordaniya jamiyatining ko‘pchiligi rejim va xavfsizlik xizmatining murabbiy insonlarga, ularning ilm dargohlariga nisbatan ayniqsa, shunday og‘ir damlarda zo‘ravonlik qilganini qoralab, buni siyosiy ko‘rlik, murabbiylarni shunday yo‘l bilan tahqirlash orqali G‘arbga xizmat qilish, deya baholadilar.

Rejimning siyosiy ko‘rligiga kelsak, u o‘qituvchilar kasaba uyushmasidek, jamiyatning salmoqli va ta’sir kuchiga ega bir organini sindirmoqda. Ayniqsa, kofir G‘arb «Asr kelishuvi» kabi rejalarga tiz cho‘ktirish maqsadida yurtimizni quturgan hujumga nishon qilayotgan bir paytda shunday. Aslida, mustaqil qaroriga ega bo‘lgan hamda o‘zining va yurtining tinchligini o‘ylagan har qanday rejim o‘zining ichki jabhasini kuchaytiradi va turli xavfga qarshi uni mustahkamlab boradi. Ichki jabhani zaiflashtirmaydi hamda jamiyatni bir-biriga qarshi kurashuvchi partiyalar o‘rtasidagi soxta mahalliy urushlarga tiqmaydi. Shuningdek, jamiyatdagi faol kuchlarni sindirib, yurtni xonavayron etadigan va xalqqa zo‘ravonlik qiladigan fitnachi va xoinlarga ularni tayyor em qilib bermaydi! Biroq Iordaniya rejimi esa, o‘zidan hisob talab qilishi mumkin bo‘lgan har qanday ovozni o‘chirishga urinyapti. Ayniqsa, arab rejimlari ichida ta’lim sohasini vayron qilishga va undan ba’zi islomiy qismlarini ham olib tashlashga zo‘r berib harakat qiladigan rejim Iordaniya rejimi bo‘lib qoldi. Ta’lim dasturiga o‘zgartish kiritib ilmoniylashtirish, rejimning atrofidagilar tomonidan boshqariladigan akademiyalar orqali ta’limni xususiylashtirishga urinish hamda «ta’limni rivojlantirish» va unga «targ‘ib qilish», degan bahona bilan korruptsiyachi rahbarlar cho‘ntagiga grantlarning oqib kelishi, bularning barchasi jinoyatchilikning naqadar yuksak cho‘qqiga etganiga, hatto yurtdagi ta’lim tizimigacha etib borganiga yaqqol dalildir.

Iordaniya rejimining ahvoli boshqa musulmon o‘lkalaridagi rejimlar ahvolidan farq qilmaydi. Norozilik namoyishlari boshlanib, odamlarning rejimlarni ag‘darish talablari uchquni ko‘zga tashlangan paytdayoq Iordaniya rejimi ayni holatdan foydalanib qolishga urindi. Darhol jamiyatdagi faol kuchlar bilan hisob-kitobini bir yoqli qilib olish va ularning ovozini, ayniqsa, ta’limni g‘arblashtirish va ilmoniylashtirishga qarshi sezilarli ravishda kurashayotgan o‘qituvchilarning ovozini o‘chirish uchun mana shu nomoyishlardan foydalandi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi va mudofaa qonuni ham rejimga juda qo‘l keldi. Undan jinoyatlari ustida hisob talab qilgan har bir xolis insonni bostirishda mana shu mudofaa qonunidan foydalandi.

Iordaniyadagi siyosiy holatni kuzatib borayotgan kishi shunga guvoh bo‘ladiki, so‘nggi vaqtlarda rejimdan hisob talab qilayotgan yoki uni tanqid qilayotgan har bir shaxsni tazyiq ostiga olish va qamashga xorijdan yashil chiroq yoqib berilmoqda. Bu rejimga chor atrofdan oqib kelayotgan moliyaviy yordamlar uning shunday jinoyatlariga xorijiy mustamlakachi davlatlarning rozi ekanligini ochiq ko‘rsatib turibdi. Agar ular yashil chiroq yoqishmasa edi, o‘qituvchilar kasaba uyushmasi faoliyatini ikki yilga yopib tashlashga jur’at qilolmagan bo‘lardi.

Iordaniya rejimi o‘zining o‘qituvchilar kasaba uyushmasi bilan bo‘lgan ushbu inqirozida mustamlakaga xizmat qilish uchun qasddan ularning haybatini sindirishga va tahqirlashga urindi. Buni ularni qanday qamoqqa olayotgani, o‘qituvchilar va uyushma a’zolarini uyushmadan kuch bilan chiqarib yuborayotgani va o‘qituvchilarni tinch namoyishlarida kaltaklayotgani aks etgan suratlarni ommaviy axborot vositalarida tarqatish orqali amalga oshirdi.

Bas, insonlarni tarbiya qiluvchi va ularga ilm beruvchi murabbiylarni tahqirlash va qamoqqa olishga ruxsat bergan bunday rejimning holiga voy bo‘lsin! Odamlarning ko‘z oldida o‘zining namunaviy shaxslari obro‘sini tushirayotgan hamda jamiyatimizdagi namunaviy shaxslarga zarba berishni istayotganlarga xizmat ko‘rsatish uchun ularga o‘g‘ri va qaroqchilardek muomala qilayotgan bunday rejimga halokat bo‘lsin!

Iordaniya masalasini kuzatib borayotgan kishi shuni unutmasligi kerakki, o‘qituvchilar inqirozini murakkablashtirib, ular bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvni qasddan sun’iy paydo qilgan mana shu rejim va uning rahbari bo‘ladi. Bu ochiq ko‘rinib, his qilinib turibdi, ayniqsa Karak shahrida. Shuningdek, qasddan ommaviy axborotni safarbar qilib, o‘qituvchilar kasaba uyushmasini olabo‘ji qilib ko‘rsatdi. Bu uyushmani o‘ziga qarshi kurashishi va hech bo‘lmaganda rejalariga qarshi kurashishi mumkin, degan e’tiborda uning faoliyatiga yakun yasashga harakat qildi.

Shubhasiz, o‘qituvchilar kasaba uyushmasi inqirozi ayni uyushma bilan hukumat o‘rtasida qonun va jazoga oid nizo emas. Yo‘q. Bu nizodan ham murakkabroq va xavfliroqdir. Bu ularning mustamlakachilikni kuzatib borayotgan harakatlari va rejalari to‘g‘risida aytilayotgan har qanday ovozni sistematik ravishda terror qilish amaliyotidir. Shuningdek, jamiyatlarimizni g‘arblashtirishga oid shubhali rejalarini tiqishtirish oson bo‘lishi uchun ushbu jamiyatlardagi namunaviy shaxslarga muntazam zarba berish jarayonidir. Bu shuningdek, rejimdagilar oyoqlari likillab qolgan kursilarini saqlab qolish uchun har qanday razillikka qo‘l urishga tayyor, deganidir.

Bas, shuning uchun ham, yurtdagi siz xolis insonlar zimmasiga bunday rejimga qarshi turish hamda uni jamiyatdagi halol insonlarga ziyon etkazib, ularni qamashdan tiyib qo‘yish vazifasi tushmoqda. Shunday ekan, ularni zulmda davom etishlariga, farzandlaringizga zo‘ravonlik qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Axir, bu rejimning mustamlakachi G‘arb bilan hamda uning Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon Banki kabi tashkilotlari bilan aloqa qilishi sizni qanday ahvolga solganini o‘zingiz guvohi bo‘lyapsiz. Sizga iqtisodiy va siyosiy tang-baxtsizlik keltirayotganini ko‘ryapsiz. Shunday bo‘lgach, eng sara farzandlaringiz bo‘lgan o‘qituvchilar va xolis insonlarni bu zolim rejim va uning xavfsizlik xizmatining zulmiga, qamoqqa olishiga, xorlashiga qo‘yib bermang. Ular bu qilmishlarni anavi yahudiylarga va mustamlakachi G‘arb rejalariga xizmat sifatida qilishyapti. Biz Alloh Subhanahuga duo qilib, Islom Ummatini Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik bilan aziz-mukarram qilishini so‘rab qolamiz. Faqat ushbu Xalifalikkina ushbu zotlarning o‘z dinlari va Ummatlariga bo‘lgan mehnatlaridan oqilona foydalanadi.

وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَن يَكُونَ قَرِيباً

«U (kun) qachon bo‘lur?» deb (so‘raydilar). «Shoyadki yaqin bo‘lsa», deb ayting!» [Isro 51]

Roya gazetasining 2020 yil 12 avgust chorshanba kungi 299-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.