“Bilim kuni” munosabati bilan

389
0

“Bilim kuni” munosabati bilan

 Har yili “bilim kuni” nishonlanib, hukumatimiz har yili ta’lim va tarbiya sohasida turli yutuqlarga erishilayotganini aytib keladi. Aslida farzandlarimiz qanday sifatda bilimli bo‘lib, qay darajada munosib tarbiya olayotgani ijtimoiy hayotimizda namoyon bo‘lib turibdi. Agar biz o‘zimizni-o‘zimiz aldamay, haqiqatga tik qarasak, ijtimoiy hayotda xalqimiz ilmsizlik zulmatiga g‘arq bo‘lib, buzuq tarbiya maydonida tentirab yurganini ko‘ramiz.

 Farzandlarimiz o‘quv yurtlaridan ta’lim va tarbiya olib chiqishadi. Birinchi ta’lim jihatiga to‘xtalsak, bunda farzandlarimizga ilm, fan va saqofat o‘qitiladi, ya’ni farzandlarimiz shular bo‘yicha bilim olishadi (aytib o‘tish lozimki, bunda bugungi kundagi lug‘atlarning adashtiruvchi tasniflariga suyanganimz yo‘q).

 Avvalo, Qirg‘izistonda farzandlarimiz qanday bilim olishmoqda, shuni aytib o‘tamiz. Ilm bu – ilmiy tajriba xulosalari asosida shakllantirilgan bilimlar to‘plami. Bunga fizika, kimyo, meditsina, eletronika va shu kabilar kiradi. Ilmning bu tarmog‘ida Qirg‘izistondan olamiy ilmga xissa qo‘shadigan, yangi ilmiy kashfiyotlar qiladigan olimlar chiqmaydi. Chunki, o‘quv yurtlarimizda shunday darajada ilmiy ta’lim berilmaydi. Tasodifan bir-ikki iqtidorlilar chiqib qolsa, u holda ular ilmiy tadqiqotlarini imperialistik davlatlarda davom ettirshga majbur bo‘lishadi. Sababi, bizning “uchinchi olam davlatlari” bunday tadqiqotlarni moliyalay olmaydi. Shu sababli iqtidorli olimlar chet mamlakatlarga ketadi hamda borgan mamlakatining ilmiy rivojlanishiga xissa qo‘shishadi.

 Hayotimizda ilmdan tashqari, hayotiy tajribalar xulosalariga asoslangan bilimlar majmuasi ham bor. Bu “fan” deb ataladi. Bunga psixologiya, geometriya, mashinosozlik, arxitektura va boshqalar kiradi. Modomiki, bizda ilmiy kashfiyotlar qiladigan olimlar chiqmaganidan so‘ng, demak, tabiiy ravishda ilmiy kashfiyotlardan foydalanish orqali fanni rivojlantiradigan ixtirochilar ham chiqmaydi. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasi bizning mamlakatni agrar (qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan) davlat deb hukm chiqarib qo‘yganligidan biz bunday ixtirolar orqali mashinasozlik kabi og‘ir sanoatni qurish huquqiga ega emasmiz. Shuningdek, o‘quv yurtlarmizda ham bunga olib boradigan ta’lim berilmaydi. Buni BMT YuNESKO orqali nazorat qiladi.

 Endi saqofatga keladigan bo‘lsak, biror mafkuraga taalluqli bilimlar – saqofat deb ataladi. Saqofatga shu mafkuraning tarixi, adabiyoti, tili va qonunlari kiradi. Bu bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda dunyo bo‘yicha demokratiya niqobini yopingan kapitalistik mafkura hukmronlik qilmoqda. Farzandlarimiz barcha o‘quv yurtlarida ushbu mafkuraga taalluqli bilimlarni olishmoqda. Shu tarzda, bu sohadagi ilmlilar mamlakatimizda kapitalizmni mustaxkam o‘rnatadigan kapitalistlar bo‘lib, ilmsizlari bo‘lsa kapitalizmga churq etmay itoat qiluvchi qullar bo‘lib chiqishmoqda. Kapitalizm sababli, ko‘pchilik bolalar ta’lim oladigan davlat o‘quv yurtlari sifatli bilim bera olmaydi, chunki o‘qituvchilarning oyligi oz, bu maktablarning texnik bazasi nochor. Bir xovuch kapitalistlarning farzandlari esa xususiy, sifatli maktablardan o‘qib, ushbu saqofatdan chuqur bilim olishadi va o‘qishlarini chet el universitetlarida davom ettirishadi. So‘ng ular mamlakatimizga ilmiy kashfiyotlar yoki ixtirolarni olib kelmasdan, demokratiya saqofatini import qilishadi va siyosatchilarga aylanishadi. Shu orqali yurtimizga demokratiya chuqur ildiz otib, kaptalistik tuzum mustaxkamlanib boraveradi.

 Bunday bilim olishlardan keyin bolalar tarbiyasi ham shu buzuq demokratiya saqofati asosida bo‘ladi. Natijada, buzuq tushunchalar bilan tarbiyalangan avlod o‘sib bormoqda. Maktab yoshida qaroqchilik, qotillik, giyohvandlik, jinsiy aloqa va boshqa buzuq ko‘rinishlar ushbu demokratiya saqofatining “mevalari”dan boshqa narsa emas.

 Yuqoridagi ta’lim dasturi dunyo bo‘ylab tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda, ushbu tizim qanday amalga oshiriladi va uning manbai qaysi – mana shularga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

 Ma’lumki, 2-jahon urushidan so‘ng, g‘olib bo‘lgan derjavalar dunyoga “demokratiya” orqali hukm o‘tkazish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotini tashkil etishgan. Dunyodagi odamlarning huquq va majburiyatlarini belgilashda uning Bosh assambleyasi tomonidan “inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan. Maqolamizda deklaratsiyadagi yaltiroq so‘zlarga aldanmay, e’tiboringizni ularning ochiq haqiqatlariga qaratmoqchimiz. Bugungi kunda davlatlarning, ular qatorida Qirg‘izistonda ham ta’lim dasturlarining manbai yuqoridagi deklaratsiyaning 26-moddasi hisoblanadi.

 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

 26-modda

 2. Ta’lim inson shaxsiyatining rivojlantirish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarga xurmatning mustahkamlashga qaratilgan bo‘lish zarur.

 Bu punktdagi “inson huquqlari” degani – BMT belgilab qo‘ygan huquqlar. Bunda insonlar bundan boshqa haq-huquqlarni tan olmaslikka yo‘naltiriladi. Masalan, insonlarning yaratuvchisi Alloh Taolo bandalariga O‘z shariati orqali haq-huquqlarni belgilab bergan. Mazkur deklaratsiyada esa talabalarni bunga qarshi yo‘naltiradi. Shuningdek, bundagi “asosiy erkinliklar” deganda “e’tiqod erkinligi, “mulk erkinligi”, “shaxs erkinligi” va “fikr erkinligi” nazarda tutilgan. E’tiqod erkinligida – qaysi din vakili bo‘lmasin – o‘z hayotida demokratik-kapitalistik tuzumni tatbiq etilishiga rozi bo‘lib yashashiga qaratilgan. Masalan, musulmon odam musulmonman deb qo‘yib, biroq turmushda shariyat hukmlarini tashlab, demokratiya hukmlarini tatbiq etib yashashiga yo‘naltiriladi. Mulk erkinligi deganda, har bir odam kapitalistik iqtisod nizomi tatbiq qilinishga rozi bo‘lishi kerak. Masalan, ta’lim dasturida Islomdagi iqtisod nizomi umuman o‘qitilmay, faqatgina kapitalistik iqtisod o‘qitiladi, shuningdek, hayotida kapitalistik tuzum qo‘llaniladi. “Shaxs erkinligi” deganda, biz foxishani ham, besoqolbozni ham, lesbiyankani ham xurmat qilishimizni talab qiladi. “Fikr erkinligi” deganda demokratik qadriyatlarga zid bo‘lgan barcha qadriyatlarga xaqorat, tuxmat bilan qarshi chiqish nazarda tutiladi. Shu sababli Yaratuvchiga, Payg‘ambarimizga, dinimizga qarshi qaratilgan xaqoratlar bugungi kunda fikr erkinligi deb qabul qilinmoqda. Ayni vaqtda Islomdan uzoqlashtirib, demokratiyaning fasodligi ochilib qolishidan chalg‘itadigan qo‘shiq va raqs festivallari, millatchilik-vatanparvarlik marosimlari insoniyat qadriyatlari sifatida targ‘ib qilinmoqda.

 BMTning ta’lim siyosati YuNESKO orqali amalga oshiriladi. Bu BMT qoshidagi ta’lim, ilm va madaniyat bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilot. Qirg‘izistonda YuNESKO Almatidagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bo‘yicha klaster byuro doirasida faoliyat olib boradi. Mazkur davlatlardagi ta’lim dasturlari YuNESKO nazorati ostida tuziladi. Ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalash, o‘quv yurtlariga litsenziya berish – bularning barchasi YuNESKO belgilab bergan mezonlar va standartlar asosida bo‘ladi hamda bular davlat qonunlari bilan tasdiqlanadi.

 Qirg‘iziston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuni:

 2-modda. Ta’lim to‘g‘risida

 Qirg‘iziston Respublikasining qonunlari Ta’lim sohasidagi munosabatlar Qirg‘iziston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qirg‘iziston Respublikasining yana boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, Qirg‘iziston Respublikasi ishtirokchi bo‘lib hisoblangan, qonunda belgilangan tartibda kuchga kirgan xalqaro shartnoma va bitimlar, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi qonun hujjatlari tarkibiy qismi hisoblangan umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlar bilan tartibga solinadi.

 4-modda. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asoslari

 Qirg‘iziston Respublikasida ta’lim xalqaro shartnomalar va paktlarda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nashr etilgan tamoyillar, demokratiya va odamlarning insoniy qadriyatlari va jahon madaniyati tamoyillariga asoslangan.

 Yuqoridagi hujjatli dalillardan ta’lim dasturimiz asosi buzuq demokratik mafkura ekanligi, uni bizga mustamlakachilar xalqaro tashkilotlar orqali tiqishtirayotgani ayon bo‘ldi. Ular demokratiya fasodidan Islom adolatiga, kapitalizm zulmidan Islom adolatiga olib chiqadigan saqafatni ta’lim dasturiga kiritmay, “ekstremistik adabiyotlar” deb atashmoqda.

 Qadrli qirg‘izistonlik musulmonlar, bu buzuq ta’lim dasturidan farqli o‘laroq, shariyatdagi to‘g‘ri ta’lim dasturi qaysi ekan deb izlanish har biringizning zimmangizdagi farz. Bu farzni ado etishinglar uchun biz sizlarga “Xalifalik davlatida manhajiy ta’lim asoslari” kitobini taklif qilamiz. Bunga yondashayotganda har doim quyidagi savol yodingizda tursin: “Qaysi biri Allohning roziligiga olib boradi!?”.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.