Amerika hamda parchalanishning turli xil yangi omillari

460
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika hamda parchalanishning turli xil yangi omillari

(Ikkinchi qism)

Ustoz Hamd Tobib – Baytul Maqdis

Avvalgi halqamizda davlatlarning tayanchlari, ularning qudrati, davomati va saqlanib turishining sabablari, krizislarni ko‘tarib, engib o‘ta olishi haqida so‘z yuritgan edik. Shuningdek, Amerikaning paydo bo‘lishi tarixi, bosib o‘tgan ayrim tarixiy bosqichlari, Sovet Ittifoqi emirilishidan keyingi bosqichi hamda AQShning deyarli yakkahokimligi haqida ham gapirib o‘tdik.

Shu bilan birga, sog‘lom asosga bino bo‘lmagan davlatlarning uzoq turmasliklari, saqlanib turish davrida ular silkinishlar, musibatlar va mashaqqatlar iskanjasida yashashlari, hech qachon tinch barqaror bo‘lolmasliklari, bir kun kelib ularning bino poydevorlari buzilib, arkonlari qulab, erga yiqilsa, hayot voqeligida qayta tiklanolmasliklari, balki butunlay chilparchin bo‘lib, abadiy fanolikka yuz tutishlari to‘g‘risida ham bayon qildik.

Ushbu halqamizda Amerikaning paydo bo‘lish tarixiga nazar solish hamda hozirgi siyosiy, iqtisodiy holatini, federal va aholi jihatidan tuzilishini o‘rganish orqali ma’lum omillarni bayon qilib o‘tamiz. Zero, bu omillar Amerikaning vujudiga zarba berib silkitmoqda, binosi arkonlarini tebratib, qulash yoqasiga olib kelib qo‘ymoqda hamda nafaqat parcha-parcha shtatlarga, balki bir biri bilan qirpichoq bo‘lgan shtatlarga bo‘lib tashlamoqda.

Amerikaning voqeligiga hamda ildizini kemirayotgan omillarga kelsak, haqiqatda bu o‘rgimchak to‘ridan ham nimjon federatsiyadir. Buning sabablari Amerikaning siyosiy o‘tmishiga, paydo bo‘lgan tarixiy muhitiga borib taqaladi. Shuningdek, bu davlatning ellikta shtati o‘rtasini bog‘lovchi aloqaga, irqiy kelib chiqishi, ya’ni, demografik tuzilishiga, u erdagi mavjud turli dinlarga, butun shtatlar aholisidagi hukmron moddiy o‘lchovga, shtatlar o‘rtasidagi turmush tarzi darajasidagi iqtisodiy tafovutga ham bog‘liqdir. Biz ushbu federatsiya tanasini qurtdek kemirayotgan, ularni jamlab turgan aloqani zaiflashtirayotgan hamda yaqinda – Allohning izni ila – bo‘linish, parchalanish va yiqilish sari uni olib ketayotgan omillarga to‘xtalib o‘tamiz:

1 –          Ushbu federatsiya davrida kelib chiqqan qonli tarix, ko‘plab irq va dinlarning bo‘lishi, bu bilan bog‘liq millatchilik qarashlari hamda buning bo‘linish va parchalanish omillarga ta’siri.

Amerika birovning moli va mulkini o‘g‘irlash asosida barpo bo‘ldi. Odamlarni, ayniqsa, qizil tanlilarni qatl va qirg‘in qilishga, yurtlaridan quvib chiqarishga asoslandi. Quldorlik bosqichini bosib o‘tdi. Bu tushunchalar amerikalik xalqlar miyasida uzun yillar yashadi va nihoyat, quldorlikdan ozod bo‘lish bosqichi keldi. Biroq shunga qaramay, bu tushunchalarning ta’siri juda ko‘p amerikaliklarning aqliya va nafsiyalarida mustahkam o‘rnashib qoldi. Bu qora tanlilarga nisbatan milliy nazariya, deb ataldi. Amerika shimol bilan janub o‘rtasida besh yil davom etgan qirg‘inbarot urushlarga qadar mana shunday ahvolda yashadi. Bu urushlar amerikalik xalqlar o‘rtasida hamda shimolu janub shtatlari orasida millatchilik va irqchilik qarashlarini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga, avvalgi asl muhojir aholi bilan keyingi yangi muhojirlar o‘rtasidagi millatchilik va irqchilik yana ham oshib tushdi. Biz Amerikada bir necha irqlar, hatto asl aholi mavjudligini ham unutmaylik. Ya’ni, bu davlatda shunday bir irqchilik iplari chuvalashib ketganki, ularni ajratib farqlashning imkoni yo‘q. Buning uchun ularni ayni irqlardan kuchliroq bir aqida bilan obdan toblashga to‘g‘ri keladi, xolos. Bundan tashqari, Amerikada ko‘plab dinlar bor bo‘lib, ular aholi kelib jaylashgan mintaqalarga qarab har xil. U erda nasroniylar, yahudiylar, musulmonlar, hindular va sinxlar bor. Ko‘plab xilma-xil dinlar mavjud. Shuning uchun ushbu omil (ya’ni, irqiy va diniy turfa xillik hamda jinslar va shtatlar o‘rtasidagi nizo omili) shunday bir kuchli omilki, bu narsa federatsiyaga bo‘linish, parchalanish va tugash bilan tahdid solmoqda. Bu nazariya kundan-kunga kuchaymoqda va butun amerikalik xalqni xavotirga solib, halovatini buzmoqda. Amerikalik tadqiqotchi Jon Xoll bunday deydi: «Hodisalar shuni ko‘rsatmoqdaki, amerikaliklar o‘z jamiyatlarining nimjonligini his etishyapti. Ularga irqiy va axloqiy ziddiyatlar, to‘qnashuvlar soya solayotganini, millatchilik qamrab olganini tushunishyapti». Buni yaqinda AQSh mudofaa vaziri Mark Esperning «Irqiy kamsitish Qo‘shma Shtatlardagi real illatdir», degan bayonoti ham tasdiqlab turibdi. «Reyter» axborot agentligi o‘tkazgan so‘rovdan ma’lum bo‘lishicha, «AQSh aholisining chorak qismi o‘z shtatlarini Amerika federatsiyasidan ajratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashmoqda. O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Respublikachilar va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan g‘arbiy shtatlar aholisi ayni g‘oyani eng ko‘proq yoqlashmoqda».

Darhaqiqat, bunday tuban g‘ayriinsoniy millatchilik qarashi Amerikani juda ko‘p beqarorliklarga giriftor qildi. Ularning yaqindagisi shu yil Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floydning axloqsiz, g‘ayriinsoniy, vahshiy tarzda o‘ldirilishi bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida, bu qotillikdan qora tanlilar jonining tahqirlanayotgani va ularga inson sifatida muomala qilinmayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi.

1965 yil politsiya ko‘chada tekshiruv reydi o‘tkazayotib qoratanli Market Fray ismli yigitni to‘xtatadi va uning qarindoshlari bilan janjallashib qoladi… Janjal Los-Anjelesdagi Geto Uats ko‘chasida isyonga aylanadi. Ushbu kambag‘al kvartal olti kun ichida jang maydoniga aylanadi… Milliy gvardiya patrullari harbiy «jip» mashinalaridan turib pulemyotdan o‘qqa tutishadi. Keyin komendantlik soati joriy qilinadi. Ushbu yirik hodisada 34 kishi halok bo‘ladi, 4 ming kishi hibsga olinadi, o‘nlab million zarar ko‘rilgani qayd qilinadi.

1968 yil 4 aprelda Tennessi shtatining Memfis shahrida Martin Lyuter King joniga suiqasd qilinishi ortidan AQShning 125 shahrida zo‘ravonliklar kelib chiqadi. Oqibatda kamida 46 kishi halok bo‘ladi, 2600 kishi jarohatlanadi.

1980 yil Florida shtatidagi Mayami shahrida qora tanlilar yashovchi Liberti Siti kvartalida chiqqan zo‘ravonlik hodisasida 18 kishi nobud bo‘ladi, 400dan ziyodi jarohatlanadi. Bu hodisa Tampa shahrida to‘rt nafar oq tanli politsiya xodimining svetoforga to‘xtamagan afroamerikalik mototsiklchini o‘ldirib, so‘ng oqlanishlari ortidan kelib chiqadi.

1991 yil mart oyida to‘rt nafar oq tanli politsiya xodimi afroamerikalik haydovchi Rodni Kingni o‘ldirish ablovi bilan 1992 yil 29 aprelda sud qilinadi va suddan oqlanib chiqishadi. Bu San-Frantsisko, Las-Vegas, Atlanta va Nьyu-York shtatlarida tartibsizliklar keltirib chiqaradi. To‘qnashuvda 59 shaxs nobud bo‘ladi, 2328 nafari yaralanadi.

1991 yil AQSh noroziliklar va zo‘ravonliklar iskanjasida qoladi. Bunga ham Amerika sudining qoratanli shaxsni noqonuniy ravishda qattiq kaltaklagan Los-Anjeles politsiya zobitlarini sud zalidan ozod etgani sabab bo‘ladi.

Irqchilik va millatchilik qarashi qoratanli amerikaliklar uchun faqat qatl va hujumga sabab bo‘lgani yo‘q, balki ularni muhtojlik, kambag‘allik, ishsizlik va kamsitishlarga ham olib keldi. Masalan, ulardan 24.7 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydi. Bu degani butun AQSh aholisi darajasida 12.7 foiz deganidir.

Amerikada millatchilik bekor qilingani va quldorchilik yo‘q qilingani kabi balandparvoz gaplar aytilgan bo‘lsa-da, biroq AQSh qonunlarining o‘zida ham diskriminatsiya va ajratish mavjud, jamiyatida ayni qarashlar ildiz otgan. Misrlik yozuvchi Rizo Hilol o‘zining Amerikada turib yozgan «Amerikaning parchalanishi» nomli kitobida bunday deydi: «AQShdagi konstitutsiyaviy o‘zgartishlardan va sud hukmlaridan oq tanlilar bilan qora tanlilar o‘rtasida tenglikni ta’minlash maqsad qilingan. Biroq bu tenglik maqsadi bo‘linish maqsadi bilan bog‘liq qilib qo‘yildi va bu 1896 Amerika Oliy sudida yaqqol ko‘rindi. O‘shanda sud qora tanlilar va oq tanlilar bo‘lingan alohida bo‘lishlari, ammo teng bo‘lishlari kerak, degan hukm chiqardi. Bu 1954 yilga qadar shunday davom etdi. O‘sha yili maktablarda irqiga qarab bo‘lish bekor qilindi… Ammo Oliy sudning bu qarori maktabdan boshqa hamma erlarda keng tarqalgan boshqa irqchilik illatlariga yakun yasolmadi, avtobuslar, restoranlar va barlarda qoratanli fuqaroni ajratish davom etdi, ular juda ko‘p hollarda mana shunday tahqirlashga nishon bo‘laverishdi. Oqibatda Martin Lyuter King etakchiligida fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilish harakatining norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar tobora kuchayib, nihoyat 1968 yilda Amerika fuqarolari haq-huquqlari qonunini chiqarishga to‘g‘ri keldi. Bu Martin Lyuter King joniga suiqasd qilingan yil edi».

AQShda irqchilik qarashi ko‘plab qonunlar chiqarilishiga, u er, bu erda tashkilotlar ochilib, teng huquqlilikka chaqirilishiga qaramay, bu illat saqlanib qolaverdi. Uning oqibatlari amerikalik xalqning zaif birikmasiga qattiq zarba berishda, jamiyatda silkinish va beqarorliklar keltirib chiqarishda davom etdi, shtatlar o‘rtasini bog‘lovchi aloqani buzdi. Nafaqat shtatlar, balki bitta shtat, bitta shahar va bitta kvartal o‘rtasini ham buzdi. Ushbu irqiy kamsitish illati barqarorlikni izdan chiqarishda hamda Amerikadagi jamiyatni bog‘lovchi siyosiy va asosiy aloqaga zarba berishda kuchli omil hisoblanadi.

(Davomi bor)

Roya gazetasining 2020 yil 29 iyul chorshanba kungi 297-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.