Fojirlik yoki ojizlikni emas, AZIZLIKni tanlang

548
0

Fojirlik yoki ojizlikni emas, AZIZLIKni tanlang

 Koronavirus butun dunyoda pandemiya deb tan olingani sababli musulmonlar unga nisbatan shar’iy hukmlarga muvofiq chora ko‘rishlari kerak edi. Chunki, musulmonlar har bir ishda shar’iy hukmga amal qilishga buyurilgan. Biroq, pandemiya vaziyatida demokratiya bilan boshqarilayotgan musulmon mamlakatlari shariatga emas, balki bugungi imperialistik kufr tuzumining qarorlariga muvofiq choralar ko‘rishdi. Masalan, shariat ko‘rsatib bergan karantin holatini emas, imperialistlar “taklif” qilgan karantin vaziyatlarini qabul qilishdi hamda shu holat doirasida juma namoziga taqiq qo‘yishdi. Shubhasiz juma namozi har bir musulmonga farzi ay’n bo‘lib, unga taqiq qo‘yish gunoh hisoblanadi. 

 Bu o‘rinda “sog‘lom ko‘ringan kishilar ham koronavirus yuqtirgan bo‘lishlari mumkin, biroq uning alomatlari ko‘rinmay qolishi ehtimoli bor. Shuning uchun hamma odamlarni masjidlarga borishi taqiqlanishi kerak, degan gap noto‘g‘ri! Chunki, u biron bir shar’iy hujjatga asoslanmagan va bu borada birorta ra’y ham mavjud emas. Aslida yuqimli kasallikka chalingani aniq bo‘lgan odam masjidga kiritilmaydi, shuningdek, yuqumli kasallikka chalingani gumon qilingan odam ham kiritilmaydi, boshqalar esa namoz o‘qishaveradi…

 Epidemiya tarqalgan vaqtda bemorlar jamoatdan ajratiladi va ularni jamoat yoki juma namozlariga borishiga ruxsat berilmaydi. Barcha himoya va ehtiyot choralari ko‘riladi. Sog‘lom odamlar juma namozini to‘xtatmay ado etishaveradi. Tariximizda bunday shar’iy hukmlarga rioya qilinganligiga shohid bo‘lishimiz mumkin. 

 Eng yorqin misol, hijriy 18-yili sahobalar (r.a) davrida Shomda Vizantiyaga qarshi jihod olib borishayotganda, odamlar toun (vabo)ga duchor bo‘lishgan. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam “Ummatning amiyni” deya sifatlagan Abu Ubayda r.a. shu erda vafot etgan. Oqilga ishora kifoya deyilganidek, shu xodisaga e’tiboringlarni qaratmoqchimiz.

لِكُلِّ أُمَّةٍ أَمِينٌ، وَأَمِينُ هَذِهِ الأُمَّةِ أَبُو عُبَيْدَةَ

 Albatta, har bir ummatning amiyni bo‘ladi. Bu ummatning amiyni Abu Ubayda r.a.

 Abu Bakr Siddiq r.a.dan keyin xalifalik Umar al-Farruqga o‘tdi. Abu Ubaydi uning itoatli, sodiq kishilaridan bo‘lgan, birorta ham buyrug‘iga itoatsizlik qilmadi, faqat bir martagina itoatsizlik qildi.

Abu Ubayda musulmonlar xalifasining qaysi buyrug‘iga itoat qilmaganini bilasizlarmi?!

Bu ish Abu Ubayda ibn Jarroh Shom o‘lkalarida islomiy armiyaga qo‘mondonlik qilgan vaqtda sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda u g‘alaba ortidan g‘alabaga erishib, Alloh uning qo‘li bilan butun Shom diyorini fath qilib berdi, u sharqdan Furotga, shimoldan O‘rta Osiyoga qadar erlarni fatx qildi. Shunda Shom diyolarida odamlar avval umuman duch kelishmagan o‘lat tarqaldi. Umar ibn Hattob Abu Ubaydadan xavotirlanib, unga chopar orqali xat yuborishdan boshqa chora topa olmadi. Maktubda bunday dedi: “Menga siz juda keraksiz, o‘rningizni boshqa odam bosa olmaydi. Agar xatim sizga tunda etib borsa, oldimga etib kelish uchun ulovga minmaguncha tong ottirmang, agar kunduz etib borsa, qasamki, oldimga etib kelish uchun ulovga minmaguncha kech kiritmangiz”. Abu Ubayda Farruhning xatini o‘qib: Bildim mo‘’minlar amiri menga juda muhtoj, lekin u abadiy bo‘lolmaydigan odamdan abadiylikni talab qilmoqchi deb, shunday javob yo‘lladi: “Ey mo‘’minlar amiri, menga muhtojligingizni bilaman. Ammo men musulmon armiyasini boshqaryapman va agar ularga biror musibat etsa, o‘zimni ulardan uzoq deb hisoblamayman. Alloh men va ularga biror ishni hukm qilgunga qadar ulardan ajralishni istamayman. Ushbu xatim sizga etganida, qarorizdan qaytib, menga shu erda qolishimga ruxsat bering”.

 Umar r.a. xatni o‘qib ko‘zlaridan yosh oqdi. U qattiq yig‘lagani tufayli atrofidagilar – ey mo‘’minlar amiri, Abu Ubayda olamdan o‘tdimi, deb so‘rashdi. U: yo‘q, biroq o‘limga yaqinlashipti, – dedi.

 Umarning gumoni to‘g‘ri chiqdi, Abu Ubaydaga ham o‘lat yuqti. U o‘lim to‘shagida yotib, askarlariga shunday vasiyat qildi: “Men sizlarga shunday vasiyat qilaman, uni qabul qilsanglar sizlardan yaxshilik ajralmaydi: namozni ado etinglar, Ramazon ro‘zasini tutinglar, zakot beringlar, haj va umra qilinglar, bir-biringlarni yaxshilikka chaqiringlar, amirlaringga nasihat qilib, ularni aldamanglar, dunyoga aldanib qolmanglar, chunki kishi ming yil umr ko‘rgan taqdirda ham ko‘rib turganingizdek, men etib kelgan o‘limdan qochib qutila olmaydi, vassalomu alaykum va rahmatulloh”. Abu Ubayda shunday deb, Muoz ibn Jabalga qarab: Ey Muoz, odamlarga namozda imom bo‘lgin, – dedi.

Bundan ko‘rinib turganidek, o‘sha vaqtda masjidlar yopilgan emas, juma va jamoat namozlari to‘xtatilgan emas, shuningdek davlat odamlarni uyiga qamagan va odamlarning kundalik tirikchilik ishlari taqiqlagan emas. Faqat kasal odamlar ajratib olinib, sog‘lom odamlar tirikchilik ishlari va jihodni davom ettirishgan, masjidlarga borib Allohdan bu kasalliklar ko‘tarilishini so‘rab duolar qilishgan. Shu tarzda sahaba (r.a)lar bu boradagi shar’iy hukmlarga amal qilishgan. Ular shunday amallari bilan aziz bo‘lishgan.

 Hozir Qirg‘izistonda ham juma namozlari taqiqlangan. Mamlakat bu borada jazo choralarini joriy etdi. Shu tarzda musulmonlar juma namozi bo‘yicha shar’iy uzrli bo‘lib turishibdi. Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Nabiy ﷺ:

 مَنْ سَمِعَ النِّدَاءَ فَلَمْ يُجِبْهُ فَلَا صَلَاةَ لَهُ إلَّا مِنْ عُذْرٍ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا الْعُذْرُ؟ قَالَ: خَوْفٌ أَوْ مَرَضٌ

 “Kim azonni eshitib uzrsiz unga javob bermasa, unga namoz yo‘qdir”. dedilar. “Uzr nimadir?” deyishdi. “Xavf va bemorlik”, dedilar”. Ya’ni, agar musulmon zolim hukmdor tomonidan nohaq ta’qib qilinsa, u holda uzrli hisoblanadi. Masalan, hokimning malaylari jome’ masjidida uni qamoqqa olish va ziyon etkazish uchun kutib turishganiga aniq ishonsa yoki shunga gumoni g‘olib bo‘lsa, u shu masjidda juma namozini o‘qishdan uzrli hisoblanadi va namozini o‘qish uchun boshqa masjid izlashi lozim bo‘ladi. Qidirish harakatlari ham foyda bermasa, u holda to‘rt rakatli peshin o‘qiladi…

 Qardri musulmonlar, yuqoridagilaridan ma’lum bo‘lganidek, uzrimiz uzr hisoblanishi uchun bu munkardan xalos bo‘lish yo‘llari izlanilishi kerak. Masalan, xavf-tahdid bo‘lmagan joylarda juma namozini ado etishga harakat qilishimiz zarur. Shuningdek, juma namozini taqiqlash munkar amal bo‘lib, biz davlatni bu gunohdan qaytarishimiz va juma namoziga ruxsat berishini talab qilishimiz shart. Man shundagina uzrimiz uzrga o‘tadi. Mana shundagina juma namozini ado etmaganlik gunohi bo‘ynimizdan soqit bo‘ladi.

 Rasulullah sollallohu alayhi va sallam:

«مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ، وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيْمَانِ»

“Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir”, dedilar”. (Muslim).

 Bunda “qo‘l bilan qaytarish” matbuot-anjumanlari o‘tkazish, hukumatga delegatsiyalar jo‘natish, aktsiyalar uyushtirish va boshqa shu kabi ishlar bilan bo‘ladi. “Til bilan” odamlar orasida haqiqatni ochiq aytish, maqolalar yozish, murojaatlar yo‘llash… kabilar bilan bo‘ladi. “Dili bilan yomon ko‘rish” – “fojirlikdan ko‘ra ojizlikni tanlash” bo‘ladi. Olamiy kufr siyosatiga ergashayotgan davlatning harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, unga shariyatdan yo‘l topib berishga harakat qilish esa bu – fojirlik bo‘ladi.

 Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar:

«سَيَأْتِي عَلَى النَّاسِ زَمَانٌ يُخَيَّرُ الرَّجُلُ بَيْنَ الْعَجْزِ وَالْفُجُورِ، فَإِنْ أَدْرَكْتَ ذَلِكَ فَاخْتَرِ الْعَجْزَ عَلَى الْفُجُورِ»

“Insonlarga shunday zamon keladiki, kishi ojizlik bilan fojirlikdan birini tanlashiga to‘g‘ri kelib qoladi, bas, o‘sha zamonga etsangiz, fojir bo‘lishdan ojiz bo‘lishni tanlang”.

 Qadrli musulmonlar, fojirlik emas, ojizlik ham emas, balki azizlik mavqeyini ushlanglar! Juma namozidan boshqa jamoat namozlari va Hayt namozlariga nisbatan ham shunday mavqeda bo‘lishi kerak. Alloh taola aytadi:

 وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ مَنَعَ مَسَاجِدَ اللَّهِ أَنْ يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ وَسَعَى فِي خَرَابِهَا أُولَئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَنْ يَدْخُلُوهَا إِلَّا خَائِفِينَ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ

“Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni buzishga harakat qilgandan ham zolimroq odam bormi? Ana o‘shalar u joylarga faqat qo‘rqqan hollaridagina kirishlari kerak edi-ku! Ularga bu dunyoda xorlik bordir va ularga oxiratda ulug‘ azob bordir”.  [2:114]

Tүrkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.