O’n kun ichida ikkinchi marta

501
0

Ayoqsh(3)

O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 9 yanvar kuni qabul qilgan qaroriga asosan yonilg’i narxi 10 yanvardan oshirildi. Shu paytgacha 1 litri 1670 so’mda sotilgan Ai-80 markali benzinning yangi narxi 20 foizga oshirilib, 2005 so’m qilib belgilandi.

Yangi tarifga ko’ra, Ai-91, Ai-92 va Ai-93 markali benzin 2210 so’mga, Ai-95 markali benzin narxi 2435 so’mga chiqdi. Dizel yonilg’isini AYoQShlarda topish deyarli imkonsiz bo’lishiga qaramasdan, uning yangi narxi 1975 so’m va EKO dizel narxi 2050 qilib belgilandi.

Bundan o’n kun muqaddam, 2014 yil 1 yanvardan O’zbekistonda benzin narxi 25 so’mga qimmatlagan edi.

O’zbekistonda surunkali tus olgan benzin taqchilligi shundoq ham xususiy avtomobil egalariga o’z shaxsiy mashinalaridan foydalanish imkonini bermay kelayotgan edi. Endi benzin narxini birdaniga 20 foizga oshirilishi nafaqat jamoat transportlaridagi yo’l haqini oshishiga, balki xizmat turlari, oziq-ovqat va boshqa maxsulotlar narxini ham ko’tarilishiga olib kelishi aniq.

Narxni ko’tarilishi esa, hukumat tomonidan belgilangan arzimas ish haqi, stipendiya, pensiya va nafaqa puli evaziga tirikchilik o’tkazayotgan, bir oyda oladigan maoshi yoki nafaqasi keyingi oyga etishi uchun oilasi hamda shaxsiy ehtiyojlarining kattagina qismidan voz kechishlariga to’g’ri kelgan o’zbekistonlik oddiy fuqarolar endilikda yanada ko’proq asosiy ehtiyojlaridan voz kechishlariga to’g’ri keladi.

Yillar mobaynida iqtisodiy o’sishni yuqorigi marralarini “zabt etib kelayotgan” O’zbekiston hukumati olib borayotgan siyosat natijasida O’zbekistonda erkin faoliyat qilish, xususiy biznesni yo’lga qo’yish imkonsiz narsaga aylanib qoldi. Mahalliy hokimiyat, soliq va kuch organlari tomonidan solinadigan ixtiyoriy-majburiy yig’imlar sababli qanchadan-qancha tadbirkor va ishbilarmonlar xonavayron bo’lib, sarmoyalaridan ayrildi. Ishsizlik darajasini o’ta yuqoriligi natijasida millionlab odamlar qo’shni davlatlarga ish izlab chiqib ketishga majbur bo’ldi.

O’zbek xalqini sabrliligidan unumli foydalangan hukumat ularni o’z haq-huquqlari uchun harakatga kelmasliklarini, shu vaqtga qadar qanday sukut saqlagan bo’lsalar, bundan buyon ham shunday sukut saqlashlariga ishonchi komil bo’lganligi sababli o’z zulmini kundan kunga kuchaytirib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.