Jum’a va jamoat namozini to‘xtatish shar’an joiz emas

494
0

Jum’a va jamoat namozini to‘xtatish shar’an joiz emas

Sudanning din va vaqf ishlari vaziri Nasriddin Mufrih Xartum viloyatining barcha masjidlarida uch hafta mobaynida jum’a va jamoat namozlari o‘qilishi to‘xtatilishi haqida qaror chiqardi.

Shariat belgilagan farzi aynlarni haq va haqiqatga aloqasi bo‘lmagan siyosiy yoki moliyaviy maqsadda pastga urish achinarli ishdir. Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari ushbu mavzudagi shar’iy hukm odamlarga yorqin bo‘lishi uchun Sudan va boshqa joylardagi musulmonlarga quyidagi haqiqatlarni etkazamiz:

Birinchidan: epidemiya tarqalgan paytda jum’a va jamoat namozlarini ommaviy shaklda to‘xtatilmaydi. Balki kasallarni alohida ajratib, ularni jum’a va jamoat namozlariga qo‘yilmaydi. Shuningdek, barcha tozalik va sterilizatsiya tadbirlari amalga oshiriladi. Sog‘lom kishilar to‘xtamay jum’a va jamoat namozlariga qatnaydilar.

Ikkinchidan: Jamoat namozi farzi kifoya bo‘lib, uni odamlarga aniq ko‘rsatilishi shart. Zero Rosululloh ﷺ bu haqida aytadilar:

«مَا مِنْ ثَلَاثَةٍ فِي قَرْيَةٍ وَلَا بَدْوٍ لَا تُقَامُ فِيهِمْ الصَّلَاةُ إِلَّا قَدْ اسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمْ الشَّيْطَانُ، عَلَيْكَ بِالْجَمَاعَةِ فَإِنَّمَا يَأْخُذُ الذِّئْبُ مِنَ الْغَنَمِ الْقَاصِيَةَ»

«Agar biror qishloq yoki sahroda uch kishi bo‘la turib, u erda namoz o‘qilmasa, shayton ularni egallab olibdi. Jamoatni lozim tut, chunki bo‘ri poda ichidan ajralganini eydi». Abu Dovud rivoyati.

To‘rtinchidan: Ammo jum’a namozi farzi ayndir va u shar’iy uzr bo‘lsagina soqit bo‘ladi. Alloh Taolo bu haqda shunday deydi:

إِذَا نُودِي لِلصَّلاَةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ

«Ey mo‘minlar, qachon Jum’a kunidagi namozga chorlansa (ya’ni azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo‘lsangizlar, mana shu (ya’ni Allohning zikriga – Jum’a namozini o‘qishga shoshilish) o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir» [Jum’a 9]

Rosululloh ﷺ aytadilar:

«الْجُمُعَةُ حَقٌّ وَاجِبٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ فِي جَمَاعَةٍ إِلَّا أَرْبَعَةٌ: عَبْدٌ مَمْلُوكٌ، أَوِ امْرَأَةٌ، أَوْ صَبِيٌّ، أَوْ مَرِيضٌ»

«Jum’a namozi har bir musulmonga jamoat bo‘lib o‘qilishi vojib vazifadir. Faqat to‘rt turli kishi bundan mustasnodir; qullar, ayollar, yosh bolalar va kasallar».

Beshinchidan: hammaga kasallik yuqib ketyapti, shuncha ehtiyot tadbirlari olinishiga qaramay, undan qutulib bo‘lmayapti», degan gumon g‘olib kelsa, bu zaif bir ehtimoldir. Ayniqsa, jamoat namozi uchun eng ozi ikki kishi, jum’a namozi uchun uch kishi talab qilingan ekanmi, bunaqa ozginagina odamning yig‘ila olishi rojihroq. Shuningdek, ehtiyot bo‘lish farzni tark etish degani emas, balki u ehtiyot choralarini ko‘rib ado etilaveradi.

Achchiq haqiqat shundan iboratki, musulmon yurtlari hokimlari qarichma-qarich va qadamma-qadam mustamlakachi kofirlar yurgan yo‘ldan yurmoqdalar. Agar o‘sha kofir davlatlar kasalni muolaja qilishda muayyan yo‘lni tutsalar, ularga ergashmoqdalar. Agar ular barchaga to‘g‘ri kelavermaydigan echimni tanlasalar, musulmon yurtlaridagi hokimlar uni ma’qullab, shifo sifatida olaveradilar.

Allohning izni bilan yaqinda tiklanajak Xalifalik davlati bunday ishlarni muolaja qilishda hech qachon kofirlar yo‘liga yurmaydi. Balki Rosululloh ﷺ hidoyatiga yuradi hamda jum’a va jamoat namozlarini to‘xtatib qo‘ymaydi. Balki shar’iy uzri bor kishi jum’a va jamoat namoziga qatnashmaydi, boshqalar esa qatnashadi. Kasallar alohida ajratilib, sog‘lom kishilar o‘z ishlarini davom ettiradilar. Ular masjidlarga borib namoz o‘qiydilar. Allohdan bunday kasalliklardan saqlashi hamda vabo va baloni ko‘tarishini so‘rab duo qiladilar. Haq mana shudir.

فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ

«Haqiqatdan keyin esa, faqatgina yo‘ldan ozish bor, xolos» [Yunus 32]

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.