Xalifalik qulatilganining 99 yilligining alamli xotirasi

451
0

Xalifalik qulatilganining 99 yilligining alamli xotirasi

Ey musulmonlar Xalifalikni tiklang, chunki unda azizlik bor va u bilan xalqlar va ummatlar orasidagi martabamiz tiklanadi

Biz shu kunlarda alamli xotiralar bilan yashamoqdamiz. Zero, hijriy 1342 yil 28 rajab, milodiy 1924 yil 3 martda asr jinoyatchisi Mustafo Kamol qo‘li bilan Xalifalik qulatildi. Darhaqiqat, Xalifalik qulatilishi ulkan fojia bo‘lgan edi. Bu fojia tufayli islomiy davlatning barcha tomonlari titradi.

Biz Ummatga ulkan musibat va alamli hodisani eslatmoqdamizki, u tufayli Ummat o‘limga yaqin kelib qoldi va dushmanlarining yomonligidan himoya qiladigan haqiqiy etakchisiz qoldi. Boshqacha aytganda ortida turib jang qilinadigan va himoyalaniladigan taqvoli, pok xalifasiz qoldi. Biz Xalifalik qulatilgach, xasislar dasturxonidagi etimlarga aylandik. Yirtqichlar o‘z o‘ljasiga tashlanganidek boshqa xalqlar bizga tashlanadigan bo‘ldi. Natijada, Falastin va boshqa islomiy yurtlar zoe ketdi. Ustimizga hech qanday javobgarlikni his qilmaydigan, bizga qattiq qo‘l va kofirlarga xoksor ruvaybizalar keldi… Biz Ummatga Xalifalik qulatilganini eslatar ekanmiz, uni qayta tiklash buyuk farz ekani hamda uni tiklashga harakat qilmaslik katta gunoh ekanini ham eslatamiz. Chunki musulmonning elkasidagi javobgarlik boy berilgan farzlar toji, ya’ni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklashga harakat qilish bilangina soqit bo‘ladi.

G‘arb va uning malaylarini qo‘rqitayotgan narsa Ummat o‘zining Islomiga qaytayotganidir. Chunki Ummat sabot bilan harakat qila boshladi va xavf to‘siqlarini parchaladi. G‘arb ularning ustiga tiklab qo‘ygan va ularni jirkanch azoblar bilan qiynayotgan hokimlariga qarshi qo‘zg‘aldi. G‘arb musulmon yurtlarda qo‘zg‘algan qo‘zg‘olonlarning aksariyatini o‘rab oldi va barham berdi. Lekin Ummat yana uyg‘onish yo‘lini izlamoqda, Ummat ushbu kofir ilmoniy rejimlarni qulatish uchun yana bir marta zarba bermagunicha hamda ushbu hokimlarni jarga uloqtirmagunicha tinchimaydi.

Ummat uyg‘onish yo‘lida ushlashi lozim bo‘lgan andoza roshid Xalifalik andozasidir. Ummat ushbu andozaga nafaqat u iqtisodiy, ilmiy va birlashish sohasida tengi yo‘q muvaffaqiyatga erishgani uchun ergashadi. Balki roshid Xalifalik o‘zidan tuzum balqib chiqadigan aqliy va siyosiy aqidaga suyangani uchun ergashadi. Bundan tashqari ushbu nizom Alloh Taolo shu Ummat uchun rozi bo‘lgan va Rosululloh ﷺ uning binosini qurgan nizomdir. Shuningdek, uning farzligi sahih hadislar orqali ta’kidlangan. Sahoba roziyallohu anhular uning farzligiga ijmo qilishgan va shu yo‘ldan yurishgan. Natijada, davlatlar tiklanishi vaqtiga taqqoslaganda juda qisqa vaqt ichida uni dunyodagi birinchi davlat maqomiga ko‘tarishgan.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Misrdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.