Ilmoniy ideologiya koronavirus bilan kurashishga yaroqsizdir

528
0

Ilmoniy ideologiya koronavirus bilan kurashishga yaroqsizdir

Ilmoniy aqidaga asoslangan kapitalistik ideologiya koronavirus epidemiyasi qarshisida sharmanda bo‘lmoqda. Axborot vositalaridagi siyosatchi, iqtisodchi va nazariyotchilar ishonchli echim topishlari uchun hamda o‘z echimlarida davlat odamlarning ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqaryapti, degan cho‘pchaklarni tarqatishlari uchun hukumat tomonidan bosimga uchrayaptilar.

Kapitalizm doim sara va kuchli guruhga e’tibor bergan va oddiy odamlarni o‘zlarining mumtoz manfaatlari yo‘lida ishlatgan. Shuning uchun ilmoniy jamiyatdagi siyosatchilar odamlar ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqarishga kam ahamiyat berishadi. Ular o‘zlarini boshqalarning ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqarayotgan qilib ko‘rsatishga harakat qilsalarda, sara guruh manfaatiga e’tibor berishadi.

Bu virus boy va kambag‘al orasini ajratmayotgan bir paytda, G‘arbdagi mavjud sog‘liqni saqlash xizmati boy va kambag‘al orasini ajratyapti. Bundan tashqari, ayni kasallikning tarqalishini jilovlash va davolash siyosatida diqqat-e’tibor yo odamlar sog‘ligini asrab qolishga qaratiladi yoki iqtisodni saqlab qolishga. Bugungi kunda esa, ilmoniy siyosatchilar bu ikki ishdan qaysi biri ahamiyatliroq ekanligi haqida gapirishmoqda. Biroq, aslida o‘zlari bozorlarning vayron bo‘lishini oldini olish uchun trillion dollar pullar sarflashib, tibbiy nazoratni kuchaytirish uchun esa, juda kam mablag‘ ajratishmoqda.

Yana bir marta Malьtuscha fikrlash jirkanch boshini ko‘tarmoqda (Tomas Malьtus ingliz iqtisodchisi bo‘lib, dunyo aholisi soni o‘sishi oqibatida oziq-ovqat etishmovchiligi boshlanadi degan). Ommaviy axborot vositalarida ochiqcha keksa yoshdagilardan xalos bo‘lish haqida so‘z bormoqda. Chunki kapitalizmda insoniy baxtsizlikning hajmiga e’tibor berilmaydi.

G‘arbdagi kapitalistik iqtisod yaqindan beri jarlik yoqasiga kelib qolgan. Ma’lumki, ilmoniy ideologlar dunyo xalqlarining kapitalizmga ommaviy shaklda qarshi chiqishlaridan qo‘rqib, imkon boricha uni ta’mirlab-yamab kelishayotgan edi. Ammo aftidan, bugun ular o‘z siyosatlarini, ideologiyalarining omadsizligini va qonunbuzarliklarini yashirish uchun tayyor bahona topishgan ko‘rinadi.

Islom odamlar ehtiyojidan boylar manfaatlarini ustun qo‘ymaydi. Islomiy shariat bilan boshqaradigan xalifa barpo bo‘lsagina odamlarning ishlarini nazorat qiladigan siyosatning haqiqiy ma’nosi ro‘yobga chiqadi. Alloh xohlasa, yaqin kunlarda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik tiklansa, biz buni ko‘ramiz. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ aytadilar:

«أَلاَ كُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ فَالأَمِيرُ الَّذِى عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Ogoh bo‘ling barchangiz etakchisiz va qo‘l ostingizdagilardan javobgarsiz. Amir odamlar ustida etakchidir va qo‘l ostidagilardan javobgardir».

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.