بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Biz Xalifalik loyihasini qabul qilib uni barpo etmagunimizcha nusratga erisholmaymiz
Idlib yaqinidagi Atma yo‘li jamloqlari aholisi yo‘lni to‘g‘rilash, qo‘zg‘olonga jon kiritish va to rejimni ag‘darib, Islom boshqaruvi barpo etilguniga qadar qo‘zg‘olon harakatini davom ettirishni talab qilib, namoyish qilishdi. Namoyishda ko‘tarib chiqilgan plakatlarda yozilgan shiorlar: «Shom qo‘zg‘oloni rejimni ag‘darib, Islom boshqaruvini barpo etish uchun boshlangan edi, bas, turk rejimi ham biz bilanmi?!», «Kim Allohdan boshqasidan azizlikni istasa xor bo‘ladi, kim Undan boshqadan g‘alabani istasa mag‘lub bo‘ladi», «Rejim butunlay qulatilmaguncha biz hargiz xavfsizlikka erisholmaymiz», «To Xalifalik loyihasini qabul qilib, unga harakat qilmagunimizcha bizga aslo nusrat bo‘lmaydi». Shunday qilib, talablar qo‘zg‘olon harakatini to‘g‘rilash va qayta tiklashga hamda Turkiyaning qo‘zg‘olonni halokatga boshlagan rolidan ogohlantirishga qaratildi.
Roya gazetasining 2020 yil 11 mart chorshanba kungi 277-sonidan