Qirg‘iziston xalqiga koronavirus bo‘yicha islomiy aqida va shar’iy hukmlarga bog‘lanish to‘g‘risida

408
0

بِاِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمِ

Qirg‘iziston xalqiga koronavirus bo‘yicha islomiy aqida va shar’iy hukmlarga bog‘lanish to‘g‘risida

MUROJAAT

Barchaga ma’lumki, koronavirus dastlab Xitoyda qayd etilib, keyinchalik dunyoning 167 davlatiga tarqaldi. Ayni vaqtda Evropada kuchaymoqda. Bu gripp Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb e’lon qilindi va davlatlar buni qabul qildi. Qirg‘izistonda 18-martda virus bilan kasallanganlar aniqlangani ma’lum qilindi. Koronavirus sun’iy yo‘l bilan olinib, atayin yurqatildimi yoki tabiiy bo‘ldimi bu alohida mavzu. Undan kimlar qanday foydalanmoqda, bu ham o‘z navbatiga qoldiriladi. Murojaat qilishmizdan maqsad mamlakatimizda virus qayd etilgandan keyingi hayotimiz va uni Islomga bog‘lashdan iborat.

Islom aqida va shar’iy hukmlardan iborat. Aqida bobiga ishonish talab qilingan narsalar, shar’iy hukmlar bobiga esa bandalarning amllariga taalluqli buyruq-qaytaruvlar kiradi. Endi hozir olamiy vahimaga sabab bo‘layotgan koronavirus xodisasida Islomiy aqida va shar’iy hukmlarga bog‘lanishning ayrim jihatlarini eslatib o‘toqchimiz.

Aqida jihatidan:
Koronavirus Allohning sinovimi?

Aqida bo‘yicha har bir kasallik Allohdan deb e’tiqod qilamiz. Shu sababli bu virus ham boshqa kasalliklar kabi Allohning bandalariga yuborgan sinovi sifatida qabul qilinadi. Odam uni o‘ziga ataylab yuqtirmasa-yu, ammo, bu kasallikka chalinsa bu – Allohning qazosi bo‘lib hisoblanadi. Xitoydan yuqtiradimi, Koreyadanmi – buni farqi yo‘q. Banda bundan javobgar bo‘lmaydi.

Koronavirus yuqumlimi?

Alloh unga yuqishlik xususiyatini berganidan keyin, demak, unda shunday xususiyat bo‘ladi. Biroq, Alloh xohlagan bandasiga yuqadi, xohlamagan bandasiga yuqmaydi. Alloh yuqishini iroda qilgan banda undan qochib qutula olmaydi, Alloh yuqmasligini xohlasa, hech kim uni yuqtira olmaydi. Shu sababli banda Allohgagina suyanishi lozim. Yuqmasa Allohga shukr qilinadi, yuqsa sabr qilinadi.

Koronavirusdan odam o‘ladimi?

Aqida bo‘yicha, o‘limning yagona sababi – ajal. Ajali etmagan odam o‘lmaydi. Ajal etgan vaqtda o‘limga sabab bo‘lib ko‘rinadigan vaziyatlar ko‘p. Masalan, aviriya, urush, kasallik, qarilik va boshqalar. Biroq, bular o‘limning haqiqiy sabablari emas, balki o‘limni vujudga keltiruvchi holatlar xolos. Demak, ajali etgan odam koronavirus yuqtirmasa ham o‘ladi. Ajali etmagan bo‘lsa yuqtirgan bo‘lsa ham o‘lmaydi.

Yuqoridagi e’tiqod bo‘yicha ko‘plab jazmiy nususlar kelgan. Izlaganlar bularni osonlik bilan topa olishadi.

  1. Amallarga taalluqli jihatidan: — Agar birov virusni boshqalarga qasddan yuqtirsa, ikki dunyoda jazoga giriftor bo‘ladi. Chunki, buni o‘z ixtiyori bilan qiladi. — Butun dunyo davlatlari bu kasallikni pandemiya deb e’tirof etdi. Shuningdek, bizning sog‘liqni saqlash vaziriligi ham buni qabul qildi. Demak, biz ham unga pandemiya deb qaraymiz. — Bunga nisbatan, pandemiya sharoitida bandalar tomonidan qilinish zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini bajarishimiz zarur. Bandalarning amallariga taalluqli shar’iy hukmlarning yakka shaxsga va davlatga tegishlilari bor. Ushbu xodisa bo‘yicha yakka shaxsga taalluqli ishlar: — Tibbiy ko‘rsatmalarga amal qilish kerak. Masalan, sterilizatsiya, qo‘llarni yuvish, shuningdek, kasallanganlardan yoki shu kasallik belgilari sezilgan odamlardan, yoki yo‘talayotgan yoki tana xarorati yuqori bo‘lgan odamlardan uzoqroq bo‘lish kabi ehtiyot choralarini ko‘rish zarur. Yosh bolalar va yoshi ulug‘ odamlar uydan chiqmasligi va odamlar bilan aralashishni tor doirada cheklashi shart. Kimdir ehtiyoj sababli tashqariga chiqmoqchi bo‘lsa, kasallikni yuqtirib olmaslik, bu illatni oilasi va qaramog‘idagilarga olib kelmaslikka harakat qilsin. U oila a’zolari bilan yaqinlashishdan oldin sterilizatsiya qilib, qo‘llarini yuvsin. Sababi, bu oilasi oldidagi javobgarlikdir.

— Odamlar bilan aralashishdan imkon qadar uzoq bo‘lish, odamlar bilan munosabatlarni imkon qadar kamaytirish yoki to‘xatish kerak.

— O‘pishish va qo‘l berib ko‘rishishdan imkon qadar saqlanish shart.

— Shu kasallikka uchraganlar karantin talablariga amal qilishlari zarur, sababi, unga amal qilish – shar’iy mas’uliyat.

— Safarga chiqmaslik yoki sayohatga borish kerak emas. Agar favqulodda safarga chiqish zarurati tug‘ilsa, proflaktika choralari ko‘rilsin.

— Koronavirusga qarshi kurash va uni tarqalishini oldini olishda sog‘liqni saqlash tartibi va ko‘rsatmalariga amal qilinishi shart.

— Mish-mish va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarkatmaslik kerak. Sababi, qo‘rquv va vahima odamlar immunitetiga salbiy ta’sir qiladi.

— Mutaxassislar va boylar – Alloh saqlasin – kasallik tarqasa xalqqa yordam berishga tayyor turishsin.

— Davlat profilaktika va davolash uchun shariyatga zid bo‘lmagan choralarni qabul qilsa, ularga o‘la rioya qilish kerak.

Davlatga taalluqli ishlar quyidagilar:

— Yuqoridagi ko‘rsatmalar to‘liq ijro qilinishini jiddiy nazorat ostiga olish

— Bu xodisani Islomiy aqida va shar’iy hukmlarga bog‘lash orqali odamlarga tushuntirish ishlarini olib borish

— Hozirgi vaziyatda barcha odamlarning asosiy ehtiyojlari qondirilishiga alohida e’tibor qaratish kerak. Asosiy ehiyojlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy kiradi. Shuningdek, bular jumlasiga, shu kasallik uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihozlar ham kiradi.

— Hozir kapitalizm hukmronlik qilayotgani sababli barcha korxonalar monopolist tadbirkorlar qo‘lida. Ayrim tadbirkorlarni vaziyatdan foydalanib, monopoliya (ehtikor) orqali foyda topishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar birorta xususiy kompaniya bir sohani to‘liq egallab, maxsulot narxini nazorat qilsa, davlat unga raqobatchi korxona ochib narxni o‘z o‘ringa qo‘yishi zarur. Bu o‘rinda “mahalliy tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash” degan bahona o‘tmaydi. Bu boylarning boyligini himoya qilishni mo‘ljallagan kapitalistik rejadir.

Qadrli musulmonlar, agar shu ishlar bajarilayotgan bo‘lsa, bu qo‘llab-quvvatlanadi. Agar bajarilmasa davlatdan bajarish talab qilinadi.

Qadrli Qirg‘iziston musulmonlari! Bizning musulmon yurtlarda uzoq vaqtdan buyon demokratiya niqobini yopingan kapitalistik tuzum tatbiq qilinayotgani sababli odamlarda dinimizga taalluqli bo‘lmagan, ochko‘z va xudbin kapitalistik tushunchalar hukmron bo‘lib qolgan. Bunga kuni kecha bo‘lgan oziq-ovqat sarosimasida guvoh bo‘ldik. Bunday buzuq tushunchani islomiy sahiylik tushunchasi bilan o‘zgartirish kerak.

Qadrli musulmonlar! Bu virus ortidan olamiy iqtisodiy inqiroz, uning ortidan umumiy inqiroz bo‘y ko‘rsatmoqda. Bunday vaziyatda kapitalistik tushunchadagi odamlar bir burda non uchun bir-birini o‘ldirishga ham tayyor bo‘lib qolishadi. Biz ularga ergashmaylik, Islomga, dinimizga qaytaylik! O‘zimizni bir qator muxosaba qilib olaylik. Bugun ko‘rib turganimizdek, oddiy odamlarda “jon qayg‘usi” bo‘layotgan bo‘lsa, kapitalistlarda “yog‘ qayg‘usi” bo‘lmoqda. Bularning bari kapitalistik tuzum tatbiq qilinib, uning tushunchalari kirib kelgani sabablidir. Bizlar esa musulmonmiz, sizlar Alloh yo‘lida ehson qiluvchilardan bo‘linglar!

Alloh Taolo aytadi:

مَثَلُ الَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنْبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنْبُلَةٍ مِائَةُ حَبَّةٍ وَاللَّهُ يُضَاعِفُ لِمَنْ يَشَاءُ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ,

“Alloh yo‘lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan ettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada ko‘paytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir”. [2:261]

Abu Muso rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

إِنَّ الأَشْعَرِيِّينَ إِذَا أَرْمَلُوا فِي الْغَزْوِ, أَوْ قَلَّ طَعَامُ عِيَالِهِمْ بِالْمَدِينَةِ, جَمَعُوا مَا كَانَ عِنْدَهُمْ فِي ثَوْبٍ وَاحِدٍ, ثُمَّ اقْتَسَمُوهُ بَيْنَهُمْ فِي إِنَاءٍ وَاحِدٍ بِالسَّوِيَّةِ, فَهُمْ مِنِّي وَأَنَا مِنْهُمْ

“Ash’ariylar g‘azotda tul qolsalar yoki shahardagi oilalarining oziq-ovqati kamayib ketsa, o‘zlaridagi bor narsani bir kiyimga to‘playdilar-da, keyin o‘z oralarida bitta idishda hammaga bab-barobar qilib taqsimlaydilar. Bas, ular mendandir va men ulardanman” (Muttafaqun alayh).

Ibn Asokir Anasdan rivoyat qilishicha: “Rasul sollallohu alayhi va sallam birinchi hutbalarida minbarga chiqib, Allohga hamd aytganlaridan so‘ng shunday dedilar:

«يَا أَيُّهَا النَّاسُ، إِنَّ اللهَ قَدِ اخْتَارَ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِيناً، فَأَحْسِنُوا صَحْبَةَ الْإِسْلَامِ بِالسَّخَاءِ وَحُسْنِ الْخُلُقِ. أَلَا إِنَّ السَخَاءَ شَجَرَةٌ مِنَ الْجَنَّةِ وَأَغْصَانُهَا فِي الدُّنْيَا، فَمَنْ كَانَ مِنْكُمْ سَخِيًّا لا يَزَالُ مُتَعَلِّقاً بِغُصْنٍ مِنْهَا حَتَّى يُورِدَهُ اللهُ الْجَنَّةَ. أَلا إِنَ اللُّؤْمَ شَجَرَةٌ فِي النَّارِ وَأِغْصَانُهَا فِي الدُّنْيَا، فَمَنْ كَانَ مِنْكُمْ لَئِيماً لا يَزَالُ مُتَعَلِّقاً بِغُصْنٍ مِنْهَا حَتَّى يُورِدَهُ اللهُ فِي النَّارِ. قَالَ مَرَّتَيْنِ: السَّخَاءَ فِي اللهِ، السَّخَاءِ فِي اللهِ»

“Ey insonlar, Alloh sizlarga Islomni din qilib tanladi, Islom birodarligini sahiylik va yaxshi xulq bilan ko‘zlanglar. Yodingizda bo‘lsin, sahiylik jannatdagi bir daraxt bo‘lib, shoxlari bu dunyoda. Sizlardan kim sahiy bo‘lsa, sahiylik daraxti shoxini ushlapti va Alloh uni jannatga kiritadi. Ammo, laimlik (baxillik) do‘zaxdagi daraxt bo‘lib, shoxlari bu dunyoda. Kimki laim bo‘lsa, shu daraxt shoxiga osilipti. Alloh uni do‘zaxga kiritadi”. Shundan so‘ng, “Alloh yo‘lida sahiy bo‘linglar”, deb ikki marta takrorladilar.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz: Islomga oziq tishlaring bilan mahkam yopishinglar va hayotinglarni Islomga muvofiq davom ettiringlar.

Anas ibn Malik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi:

إِنْ قَامَتْ السَّاعَةُ وَبِيَدِ أَحَدِكُمْ فَسِيلَةٌ فَإِنْ اسْتَطَاعَ أَنْ لا يَقُومَ حَتَّى يَغْرِسَهَا فَلْيَفْعَلْ

“Agar qiyomat boshlansa va biringizning qo‘lida ko‘chat bo‘lsa, qiyomat qoim bo‘lmasdan uni ekishga ulgursa, ekib qolsin”, deganlar. (Imom Buxoriy).

Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston

19. 03. 2020

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.