Musulmon ziyolilarning xalqaro Jakarta konferentsiyasi

428
0

01

Matbuot bayonoti

Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

 

Musulmon ziyolilarning xalqaro Jakarta konferentsiyasi

Hizb ut-Tahrir yigitlari Indoneziya poytaxti Jakartada «Kapitalizmning nihoyasi va islomiy hazoratning Xalifalik davlatida porlashi» nomi ostida «Musulmon ziyolilarning xalqaro Jakarta konferentsiyasi»ni o’tkazdi. Konferentsiya milodiy 2013 yil 14-15 dekabr, hijriy 1435 yil 11-12 safar kunlari bo’lib o’tdi. Konferentsiyaga quyidagi mavzularni muhokama qilgan yuzlab dokladlar taqdim qilindi: Islomiy hazoratdagi boshqaruv nizomi, iqtisodiy muammolar, ta’lim-tarbiya, ayol va oila, energetika sohasi, tabiiy boyliklar, oziq-ovqat ta’minoti, sog’liqni saqlash sistemasi va Islomning bu muammolar borasidagi nuqtai nazari. Shuningdek turli tomonlardan kelgan notiqlar quyidagi mavzularda lektsiya o’qidilar:

– Olamdagi hazoratlar o’rtasida Islom hazoratining tutgan o’rni: o’tmishda, hozirda va kelajakda

– Islomiy hazoratni bino qilishda musulmon ziyolilarning roli

– Olamiy kapitalizmning emirilishi: olamiy iqtisodiy krizisdan olingan saboqlar va ibratlar

– Xalifalik davlati islomiy hazoratni gavdalantiradi

– Xalifalik davlatini barpo qilishning amaliy tariqati

– Musulmon ulamolar va ziyolilarning islomiy hazoratni qayta tiklashdagi roli

So’zlangan nutqlar xulosasi kapitalistik hazoratning emirilish omillarini nazariy jihatdan va u boshidan kechirayotgan amaliy krizislarni bayon qilish, islomiy hazoratning o’ziga xos jihatlarini sharhlash bo’ldi. Darhaqiqat islomiy hazorat Alloh Subhanahu tomonidan kelgan nizomga asoslangani uchun odamlarga xotirjam turmushni ro’yobga chiqarishda muvaffaqiyat qozondi. Islom hazorati insonning dunyoviy ehtiyojlarini farovon turmush kechirish bilan qondirilishini ta’minlash bilan bir qatorda uni Allohga imon keltirishga va oxiratda Allohning roziligiga erishishga undash orqali uning ruhiy jihati qondirilishini ham ta’minlaydi. Kapitalistik hazorat Islom hazoratining butunlay ziddidir, u insondagi ruhiy jihatni e’tiborsiz qoldirib. uni – ikki dunyo baxtsizligiga olib boradigan yo’l bilan – haq bilan botilning farqiga bormaydigan, faqat o’tkinchi dunyo lazzatlari ortidan quvadigan yirtqichga aylantiradi. So’zlangan nutqlarda musulmon ziyolilarni bir tanu bir jon bo’lib Xalifalikni tiklash orqali islomiy hazoratni qayta jonlantirish uchun harakat qilishga chaqirildi.

Biz, insha Alloh, yaqin kunlarda dunyo afkori ommasiga so’zlangan nutqlar, bahs-munozaralar va o’tkazilgan tadbirlar tafsilotlarini taqdim qilamiz. Shuning uchun internet saytlarimizdagi nashralarimizni kuzatib borishingizni umid qilamiz va bu borada bizga yo’llangan har qanday xat-xabarni olqishlaymiz.

Usmon Baxxosh Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.