Bishkekda Hizb ut-Tahrirning besh a’zosi qo’lga olindi

457
0

Бишкек )

Qirg’iziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, poytaxt militsiyasi o’tkazgan “Ekstremist” amaliyoti mobaynida Hizb ut-Tahrir tashkilotining 5 a’zosi qo’lga olingan.

Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining 10-bo’limi, Sverdlov tumani IIB va Bishkek shahri bo’yicha DMXQ xodimlari tomonidan paytaxtning 7-mikrorayonida Botkent viloyatida tug’ilgan Bishkek shahrida yashovchi, Tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakultetining 4- kurs talabasi 21 yoshli J. Adil boshqaruvi ostida bo’lgan “Ford-Mondeo” rusmli avtomashina to’xtatilgan. Avtomashina salonidan ekstremistik talqindagi “Iymon yo’li”, “Namoz o’qiymiz” broshyuralari, “Muxtorot” jurnali va varaqalar topilgan.

Shuningdek avtomashinada bo’lganlar, Norin viloyatida tug’ilgan, Bishkek shahrida yashovchi Oktyabrskiy tumani bo’yicha Ijtimoiy fond xodimi 32 yoshli T. Baqit tekshirilganda yonidan ikkita flesh-karta va ikkita varaqa topilgan va Bishkek shaharida tug’ilgan 29 yoshli M. Ulanni so’roq vaqtida Hizb ut-Tahrirga a’zo ekanligi ma’lum bo’lgan. Uni yashash joyi tekshirilganda noutbuk, broshyura va varaqalar topilgan.

Keyinchalik mazkur tashkilotning yana ikki a’zosi aniqlandi. Ular Jalalobod viloyatida tug’ilgan, Bishkek shahrida yashovchi 28 yoshli K. Mirlan va 28 yoshli K. Ulug’beklar bo’lib, ularning ham yashash joylarida tintuv o’tkazilgan.

Turkiston: Qirg’izistondagi yangiliklarni yorituvchi OAVlarini kuzatsangiz deyarli har kuni, birorta qiz-juvonni nomusiga tajovuz qilingani, birovni o’ldirib yoki tunab ketilgani, yangi tug’ilgan chaqaloqni axlatxonaga yoki ko’chaga tashlab ketilgani yoki mast holda avtomobil boshqarish natijasida avtohalokatlar sodir bo’lib, odamlar qurbon bo’lgani haqidagi xabarlar tarqatiladi. Hukumat ham mamlakatda korruptsiya, giyohvandlik, uyushgan jinoyatchilik, maktab reketi kuchayib ketayotgani, OITS (SPID) kasalligiga chalinayotganlar soni oshib borayotgani haqida tashvish bildiradi. Bu muammolarni echish uchun qonunni kuchaytirish, yo’l harakati qoidasini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish zarurligini ta’kidlab keladi.

Muammoni echimi mana shundami?

Qirg’iziston hukumati ham boshqa islomiy o’lkalar singari o’zini dunyoviy davlat ekanligini, din davlatdan ajratilganini iddao qilib, Islom dinini jamiyat ichida yoyilishiga to’sqinlik qilib keladi. Buning natijasida esa odamlar Islomdan uzoqlashib, faqat shu dunyoda bekamu ko’st yashab qolishlikka harakat qilib, Ohiratni, hisob-kitob qilinishlarini unitib qo’ymoqdalar. Mana shu sababli ham hukumat bunday illatlarga qarshi qanchalik kurashmasin, qonunlarni qanchalik kuchaytirmasin, bu narsalarni yo’q qilolmaydi. Chunki insonni maqsadi faqat shu dunyoda yaxshi yashab qolish bo’lgani sababli, yaxshi yashash uchun har qanday qattiqqo’l qonunlarni ham, hukumatni ham nazariga ilmaydi va bu qonunlarni buzish yoki aylanib o’tish uchun yo’l qidiraveradi.

Qirg’iziston aholisining 82,7 foizi musulmon bo’lib, Islom diniga e’tiqod qilishadi. Ammo – o’z xojalari chizib bergan yo’l orqaligina yurishi mumkin bo’lgan – hukumat olib borayotgan buzuq siyosat natijasida ularning aksari Islom haqida to’liq ma’lumotga va tasavvurga ega emaslar. Musulmonlarga Islomning haqiqatini tushintirishga, Islom asosida yashashga da’vat qilayotgan harakat va partiyalarni esa “ekstremist”, “terrorist” va boshqa nomlar bilan yomon ko’rsatishga, ularni holis niyatda olib borayotgan da’vatlarini to’xtatishga, Qirg’izistonda Islomni siyosiylashib borayotganligi haqida vahima ko’tarib, musulmonlarni Islomdan, Islomni jamiyatdan uzoqlashtirishga harakat qilmoqda.

Aslida esa hukumat Islomga qarshi kurashish o’rniga, Islom shariatini hayotga kirib kelishiga keng yo’l ochib berishi, o’z fuqarolarini Islom aqidasi asosida yashashlariga, Ohirat, Jannat, Do’zah, hisob-kitob haqida to’la tushuncha va tasavvur hosil qilishlariga imkoniyat paydo qilib berishi zarur. Faqat ana shundagina musulmonlar o’z e’tiqodlaridan kelib chiqqan holda, dunyoviy tuzumlar insoniyat boshiga olib kelgan o’g’rilik, poraxo’rlik, buzuqchilik va yana ko’plab boshqa illatlardan qutulishlari mumkin bo’ladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.