Qirg’izistonning taqdiriy masalasini hal qilishda o’zining o’rni yo’q

430
0

4DAB8FD3-42E2-4C5A-A17C-C26A4D1706DB_w308_r1_cy7_cw94

Bojxona ittifoqiga a’zo bo’lish borasida Qirg’izistonning “yo’l haritasini” Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi qirg’iz tarafining roziligini olmay turib, qabul qildi.

Bu haqida Qirg’iziston prezidenti o’tkazgan “Qirg’izistonning xalqaro ittifoqlarga a’zo bo’lish masalasi” bo’yicha o’tkazilgan kengashda Qirg’iziston bosh vazirining birinchi o’rinbosari Joomart Otorbaev ma’lum qildi.

Otorbaevga ko’ra, Rossiya federatsiyasi, Qozog’iston respublikasi va Belarusiya respublikasi olg’a surgan bojxona ittifoqiga a’zo bo’lish haqida Qirg’izistonning “yo’l haritasi” Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tarfidan qirg’iz tarafning roziligini olmay turib, qabul qilingan.

“Taklif qilingan “yo’l haritasi” Qirg’izistonning manfaatlariga mos kelmaydi. Bu “yo’l haritasi” qirg’iz tarafning ekspertlari qatnashmay turib muhokamaga qo’yilgan va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tarafidan Qirg’iziston xukumatning rasmiy turda roziligini olmay turib ma’qullangan”, dedi Qirg’iziston bosh vazirining birinchi o’rinbosari Joomart Otorbaev.

Shuningdek, Joomart Otorbaev bojxona ittifoqiga a’zo bo’lish Qirg’iziston uchun to’g’ri kelmasligini urg’uladi.

“Hozirgi ahvolda “yo’l haritasi” Qirg’izistonga aslo to’g’ri kelmaydi, agar u qabul qilinadigan bo’lsa, o’lkada bir qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas”, deya ta’kidladi u.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.