Jeneva-2 konferentsiyasi bosh mavzu qilib olindi

428
0

0

Suriya muxolif kuchlarining Jeneva-2 konferentsiyasiga bitta jamoa bo’lib borishiga o’z hissalarini qo’shish maqsadida Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdug’on bilan Qatarning yangi amiri Shayx Tamim bin Xalifa birgalikda harakat olib borishga qaror qilishdi.

Qatar poytaxti Doxada tashkil qilingan uchrashuvda “Suriya va Jeneva-2 konferentsiyasi” bosh mavzu qilib olindi. Turkiya bosh vaziri Erdug’on Qatar amiri Tamim bin Xalifa bilan uchrashuvida Suriya muxolif kuchlarining Jeneva-2 konferentsiyasiga bitta jamoa sifatida qatnashishi va muxolifat talablarining kuchli bir shaklda tilga olinishi uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olishdi.

Qatar amiri Tamim bin Xalifa Turkiya bilan har sohada hamkorlikda siyosat olib borishga ahamiyat berishini urg’uladi. Ikki davlatning ko’p sohalarda, xususan, Suriya va Misr masalasida bir xil siyosatga egaligini bildirgan Amir bu hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ekanliklarini ma’lum qildi.

Erdug’on Suriya va Misr masalasida tashlanadigan qadamlar haqida gapirar ekan, Suriya masalasida Jeneva-2 konferentsiyasiga muxolif kuchlar bitta jamoa sifatida qatnashishi lozimligini qayd etdi. Unga ko’ra Muxolif kuchlar 22 yanvarda belgilangan Jeneva-2 konferentsiyasi uchun avval bir joyda to’planishlari va konferentsiyaga butun muxolifatni namoyon qilgan bir tuzilma sifatida qatnashishlari ta’minlanadi. Ikki davlat, ya’ni Turkiya va Qatar Jeneva-2 konferentsiyasi bo’yicha muxolafat talablarinining qabul qilinishi uchun diplomatik faoliyat olib boradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.