AQSh va Hizbullohning maxfiy uchrashuvlari

414
0

images (2)

Suriyada Falastin uchun jangga kirganligini da’vo qilib, aslida esa Asad uchun urush olib borayotganligi sababli ishonchini yo’qotgan Hasan Nasrulloh rahbarligidagi Hizbulloh jamoasining AQSh bilan maxfiy uchrashuv o’tkazganligi World Tribune gazetasi tarafidan oshkor qilindi.

World Tribune gazetasi tarqatgan xabarga ko’ra, Livanning diplomatik matbuot manbalari AQSh diplomatlarining Bayrutda Hizbulloh siyosatchilari bilan maxfiy so’zlashuv boshlaganligini ma’lum qilgan. Taraflar Livandagi oxirgi vaziyat va tiklanadigan yangi hukumat haqida uchrashganligi aytiladi xabarda.

AQShning “sempatik” uchunchi shaxs orqali Hizbullohga xabar yuborganligi va xabar olganligini oshkor qilgan manbalarning ochiqlashicha, ikki tomonlama so’zlashuvlar oxirgi haftalarda yanada ortgan.

AQShning Hizbulloh bilan o’tkazgan so’zlashuvi 2011 yilda boshqaruvdan chetlatilgan g’arbparast “14 mart” koalitsiyasi a’zolari tarafidan matbuotda bayon qilindi. Ismlarini sir tutgan koalitsiya a’zolariga ko’ra, AQSh-Hizbulloh so’zlashuvi prezident Obamaning Eron bilan yaqinlashayotgan qadamlaridan biri sifatida qaralmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.