Parvez Musharraf davlatga hiyonat qilganlikda ayblanmoqda

437
0

000

Agence France-Presse tarqatgan xabarga ko’ra, Pokistonni sobiq prezidenti Parvez Musharraf davlatga hiyonat qilganlik aybi bilan sudga tortiladi.

Bu haqda ichki ishlar vaziri Chaudxuri Nisar Ali Xon ma’lum qildi. “Oliy sudning qarori va tergov qo’mitasi taqdim qilgan xisobotga muvofiq general Parvez Musharrafga nisbatan konstitutsiyaning 6 moddasi bo’yicha tekshirish ishlari boshlandi”, – dedi Ali Xon.

Sud ishini boshlanishiga 2007 yilda mamlakat bo’ylab favqulotda holat joriy qilinishida Oliy sud sudyalarini noqonuniy qamoqqa olinishi, sabab bo’ldi. Agar Musharrafni aybi isbotlansa, uni o’lim jazosiga yoki umrbod qamoqqa hukm qilishlari mumkin.

Turkiston:

Bu dunyoda yashashdan maqsadlari Alloh roziligiga erishish emas balki o’z xojalarini rozi qilishlik bo’lgan bu kabi malay hokimlar o’zlariga yuklatilgan vazifalarini ado etib bo’lishgach xuddi keraksiz latta singari axlatga uloqtirib yuboriladilar.

Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam:

Kim Allohni g’azablantirish bilan insonlarni rozi qilsa, Alloh undan g’azablanadi va insonlarni ham undan g’azablantiradi. Kim insonlarni g’azablantirish bilan Allohni rozi qilsa, Alloh undan rozi bo’ladi va insonlarni ham undan rozi qildiradi”, deganlar.

Shu sababli, ikki dunyo saodatiga erishishni istagan haqiqiy mo’min kishi Alloh va Payg’mabarimiz ko’rsatib bergan yo’ldan malomatchini malomatiga, zolimni zulmiga parvo qilmay yurishi zarur.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.