Rossiyaning muslimalarga muomalasi

499
0

000

Rossiyaning Sochi shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgin qishgi olimpiyada o’yinlari yaqinlashar ekan, Rossiya hukumati shimoliy Kavkazda xavfsizlikni yanada kuchaytirib, bir qancha chora tadbirlar ko’rmoqda. Hijobda yuradigan muslima ayollar jonli bomba bo’lishi mumkin, degan da’vo bilan ularning DNK ma’lumotlari olinmoqda.

Rossiya hukumati erlari milliy xavfsizlik kuchlari tarafidan amalga oshirilgan amaliyotlarda o’ldirilgan ayollardan xavotirda. Unga ko’ra, “Qora beva”, deya sifatlangan bu ayollar erlarining qasosini olish uchun jonli bomba bo’lishga urinishi mumkin. Shunday bahona bilan Rossiya hukumati hijobli ayollarning og’iz so’laklaridan DNKlarini olishni boshlagan. Maqsad ayollar tarafidan har qanday bomba hujumi uyushtirilsa, jasad parchalaridan osonlik bilan hujumchini aniqlab olishdir.

Reyter axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Rus hukumati Sochidan bir qancha yuz klometr uzoqlikda joylashgan Shimoliy Kavkazdagi muslima ayollarning og’iz so’lak namunalarini ola boshlagan. Agentlikka bog’langan Dog’istonlik 8 nafar ayol DNK qaydi uchun o’zlaridan og’iz so’lagi namunalari talab qilinganligini ma’lum qildi. Bunday chora tadbirlar mintaqa aholisining yanada g’azablanishiga sabab bo’layotgani aytilmoqda.

Shuningdek, hukumat xavfsizlik kuchlari diniy ta’limot beriladigan maktablar va yordam tashkilotlariga ham hujumni kuchaytirdi. Bularning bir qanchasi yopib tashlandi. O’tgan oyda Novosasitlida ikki madrasaga bosqin uyushtirgan xavfsizlik kuchlari o’quvchi qizlarni rasmga tushirib, barmoq izlarini olgan. Madrasa o’qituvchisi Abdurrahim Magamedov madrasada diniy tahsil oladigan qizlarning holati haqida gapirar ekan, “dahshatga tushib qolgan qizlarni qanday ko’z yosh to’kkanliklarini ta’riflab bera olmayman”, deydi hukumatning bu harakatidan norozi bo’lib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.