Hizbulloh jangchisining yonidan xristianlarga oid krest topildi.

447
0

1

Asad rejimini har tomonlama dastaklab kelayotgan Hizbulloh jamosiga mansub jangchining yonidan Asadning rasmi va xristianlarga oid krest topildi.

“Suriyadagi muqaddas dargohlar va qabrlarni himoya qilish” da’vosi bilan janga kirgan, biroq amalda Asad rejimini himoya qilib, musulmonlarning qatliom qilishga sherik bo’lib kelayotgan Hizbulloh guruhi bilan mujohidlar orasida jang bo’lib o’tdi. Halabda kechgan jangdan so’ng Hizbulloh guruhi a’zolarining biri o’lik holda topildi.

Jangchining bo’ynida ikki tumor taqilgan bo’lib, birida Asad va Hasan Nasrullohning rasmi, ikkinchisida esa xristianlarga oid krest taqilgan.

Bu voqea Hizbulloh guruhi so’zda Islomni niqob qilib olganligi, ammo musulmonlarga qarshi jang qilishda, o’rni kelganda xristianlarni ham o’z saflariga qabul qilishi haqidagi fikrlarning to’g’riligiga dalil qilib keltirilmoqda.

Jangchining yonidan chiqqan hujjatdan uning ismi Georgiy Ilyas ekanligi, 1980 yilda Halabda tug’ulganligi va razvedkaga yordamchi kuchlar safida jang qilishi ma’lum bo’ldi.

Bu hodisani lentaga tushirgan videotasvirni quyidagi adres (sslka) orqali ko’rishingiz mumkin.

http://www.youtube.com/watch?v=S_pT14rzuiQ

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.