Tolibon Vashington bilan tinchlik bitimi imzolanishini ma’lum qildi
Tolibon harakati Vashington bilan tinchlik muzokaralari yakunlanganini e’lon qildi. Shu oyning oxirida tinchlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
“Kelishuv shu oyning oxirida Dohada, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Evropa Ittifoqi va Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vakillari ishtirokida imzolanadi”, dedi Tolibon delegatsiyasi a’zosi Abdus Salam Xanafi matbuotga bergan intervyusida.
Xanafiy kelishuv tugagach, AQSh va Afg‘oniston hukumati Tolibon harakatining 5 ming a’zosini ozod etishini, Tolibon esa ming nafar mahbusni ozod etishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Afg‘onistondagi tomonlar o‘rtasida muzokaralar mahbuslarni ozod qilish jarayoni tugagandan so‘ng boshlanadi. Ammo u AQSh kuchlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi to‘g‘risida kelishilgan jadval haqida hech qanday ma’lumot bermadi.
O‘tgan chorshanba kuni AQSh va Afg‘oniston rasmiylari Nьyu-York Taymes gazetasiga AQSh Prezidenti Donald Trampning Tolibon bilan “shartli” tinchlik bitimiga rozi bo‘lganligini ma’lum qilgan edi.
Rasmiylarga ko‘ra, “agar Tolibon 7 kunlik muddat davomida ularga sodiqligini isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, ikki tomon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi imzolanadi.
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ham “Bitimni imzolash 29-fevral kuni bo‘lib o‘tishiga umid bildirdi.
“Qo‘shma Shtatlar va Tolibon harakati Afg‘onistondagi urushni to‘xtatish va mamlakatdagi AQSh kuchlarini kamaytirish uchun jiddiy muzokaralar olib bormoqda” dedi u.
Unga ko‘ra, kelishuvning imzolanishi har tomonlama doimiy sulhni ta’minlaydi va Afg‘onistondagi siyosiy echimning ufqini ochadi.
Izoh: AQSh Afg‘onistonda allaqachon mag‘lub bo‘lgan edi. Amerika prezidentlari, vazirlari, diplomatlari va generallari butun dunyo va o‘z xalqidan buni yashirishga harakat qilib keldi. Lekin oyni etak bilan yopib bo‘lmaganidek, Amerikaning Afg‘oniston va Pokistondagi sobiq elchisi Jeyms Dobbins kabi bir qancha taniqli siyosatchilar “Afg‘onistonda aniq mag‘lubiyatga uchradik” deya o‘z og‘izlari bilan tan olishdi.
Bugungi kunda AQSh ma’muriyati Afg‘oniston va O‘rta Osiyodagi manfaatlaridan uzilmagan holda urushdan chekinish payida harakat qilmoqda. Bunday paytda mintaqadagi musulmonlar ko‘zlarini kattaroq ochishlari zarur. Sovetlar ittifoqi kabi Vashingtonni ham burnini erga ishqalab Afg‘onistondan quvib yuborish kuchiga ega bo‘lgan Tolibon harakatining har safar o‘z so‘zini bajarmaydigan AQSh bilan muzokara stoliga o‘tirishi kufrning joniga oro kiradi.
O‘z manfaati uchun aldov, yolg‘on, xiyonat, va’dada turmaslik va ahdni buzish kapitalistik mabdaning tabiatidir. Shunday ekan, ushbu mabdaning etakchisi sifatida tanilgan Amerikadan yuqoridagilardan boshqa nimani ham kutish mumkin.
Qiyomuddin Sharif