Kapitalizmni rad qilib, Alloh Taolo shariatini hukmron qilinmaguncha musulmonlar ahvoli aslo o‘nglanmaydi

511
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalizmni rad qilib, Alloh Taolo shariatini hukmron qilinmaguncha musulmonlar ahvoli aslo o‘nglanmaydi

Ustoz Abdurrahmon Vosiq

Iroqdagi oktyabr qo‘zg‘oloni to‘rtinchi oyga kirdi. Namoyishchilar va faollarga ko‘ra, bu qo‘zg‘olon mavjud tuzumni rad etishga hamda hukmron korruptsiyachi partiyalar tortib olgan «vatan»ni, qanchalar qimmatga tushmasin, qaytarib olishga qat’iy qaror qildi. Ayniqsa, 2019 yil 1 oktyabrdan buyon qo‘zg‘olonchi yigitlar ko‘p qurbonliklar berishdi, hozirgacha halok bo‘lgan va jarohat olganlar 23 mingni tashkil qilmoqda. Berilgan qurbonliklar o‘lganlarning Iroqdagi aksar viloyatlarda qo‘zg‘olon olib borayotgan birodarlari bo‘ynidagi qarzga aylanib qoldi. Bu jinoyatlar Eron o‘ylab topgan uslub-vositalar yordamida hamda o‘zlarini xalq safarbarligiga mansubmiz, deya iddao qilib, aslida snayperlardan o‘qqa tutayotgan, namoyishchilarni qo‘rqitish… so‘ng o‘g‘irlab ketish… so‘ng vahshiylarcha otib o‘ldirish bilan shug‘ullanayotgan qurolli to‘dalar orqali amalga oshirildi… Ushbu jinoyatlar hukumatning «hamdard»ligi va sukuti ostida hamon davom etmoqda. Hatto hukumatning ayrim agentlari ham jinoyatda mana shu jangarilar bilan hamkorlik qilishdi. Hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydigan ushbu munkar jinoyatning navbatdagisi Muhammad Fozilni o‘g‘irlab ketilishi bo‘ldi. Muhammad Fozil poytaxtning Tahrir maydonida namoyishning ilk kunidan beri harakat qilayotgan faollardan biri edi. 2020 yil 10 yanvar juma kuni xavfsizlik manbalari bergan xabarga ko‘ra, bir guruh hukumat xavfsizlik kuchlari Basradagi dengiz porti yaqinida namoyishchilarni bostirib, ulardan bir nechtasini noqonuniy ravishda hibsga olgan. Ayni rayonning o‘zida noma’lum qurolli guruhlar jurnalistlar joniga qasd qilishgan. Nosiriyadagi ahvol ham bundan yaxshi emas. Siyosiy vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganlardan biri G‘olib Shobandirning aytishicha, «hukumat siyosatchilari va «islomchi» guruhlar xalq harakatini jilovlashga urinishmoqda va ular o‘z mansablarini saqlab qolish yo‘lida butun Iroqni yoqib kul qilishga ham tayyor». (Sharqiya telekanali).

Namoyishchilar o‘tgan juma kuni xalq ommasiga «bizni faqat ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvatlash bilan kifoyalanmang, balki norozilik namoyishlari boshlanganining 100 kunligi munosabati bilan Bag‘dod va boshqa viloyatlarda va’da qilganimiz millionlar namoyishida barchangiz qatnashing», deb murojaat yo‘llashdi. Yuzlab kishilar murojaatni qabul qilib, ular bilan Tahrir maydonini, markaz maydonlari va janub maydonlarini to‘ldirdilar. Barchalari «bor bo‘lsin Iroq, yo‘qolsin Amerika va Eron», deya bitta tilda hayqirdilar. Yurtning yoqilg‘isi iroqlik xalq bo‘lgan urushlarga maydon bo‘lishini qattiq qoraladilar. Universitetlar talabalari ham Oliy ta’lim vazirligining dars o‘rinlarga qaytishga qilgan chaqirig‘ini rad etib, o‘z talablarimizga to‘la etishmagunimizcha, maydonlarni tark etmaymiz, deyishdi.

Ma’lumki, Amerika Eronning ishonchli odami va Eron tashqi siyosati me’mori bo‘lgan Sulaymoniyni – uning jirkanch ishlariga ma’lum vaqt sukut saqlab kelganidan keyin hamda «vakolati» tugab, yomonligi Amerikaning Bag‘doddagi elchixonasiga hujum qilishgacha etib borganidan keyin – o‘ldirib yubordi. Uning o‘ldirilishi o‘zi bilan Eron o‘rtasidagi to‘qnashuvga olib borishi mumkinligini ham e’tiborga olmadi. Hech shubha yo‘qki, Amerika uni o‘ldirib yuborish bilan ma’lum vaqtga qadar o‘yin kartalarini aralashtirib yubordi. Bu bilan Iroq namoyishlaridan jamoatchilik e’tiborini burishga urindi… Ayniqsa, AQSh elchixonasiga bostirib kirilginidan so‘ng shunga urindi. Hozir esa, Iroqdagi norozilik namoyishlari va undagi talablar taqdiri nima bo‘ladi, degan tabiiy savol urchimoqda. Masalan, hukumatdagi inqiroz darajasida oladigan bo‘lsak, Sulaymoniyning o‘ldirilishi vaziyatni ancha murakkablashtiradi. Ya’ni, yangi hukumatning qanday shaklda bo‘lishi va unga kim bosh vazir etib tayinlanishi haqidagi kelishuvni ancha qiyinlashtiradi. Shuning uchun ushbu tarang vaziyatdan oldin hokimiyat rasmiylaridan kim qat’iyatsiz-o‘zgaruvchan bo‘lgan bo‘lsa, endi bundan keyin u yanada radikallashadi. Endi iste’fo bergan hukumatning chora-tadbirlari bekor bo‘ladi. Hammasidan oldin g‘azabnok xalq talabiga javoban e’lon qilinishi kutilayotgan chora-tadbirlar bekor bo‘lishi mumkin. Masalan, prezident Abdulmahdiy o‘rniga nomzod belgilash, mustaqil saylov komissiyasi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish va bulardan boshqa turg‘unlik holatidan chiqish uchun hukumatning majburiyatlarni bo‘yniga olishi kutilayotgan edi… Zero, bu turg‘unlik muhitida yurt xalq manfaatlarini boshqaradigan hukumatdan mahrum qolib, Abdulmahdiy irodasiz rahbarga aylangan edi… Chunki Amerika unga biror ko‘rsatma bersa, Eron bunga qarshi ko‘rsatma berardi, Abdulmahdiy bo‘lsa, o‘rtada chorasiz qolgandi. Respublika prezidenti Barham Solihga kelsak, u bajarishi kerak bo‘lgan konstitutsiyaviy muddat tugaganiga qaramay, miq etmayapti… Holbuki, uni tayinlaganlar konstitutsiya himoyachisi va xalq manfaatlarini qo‘riqchisi ekanini da’vo qilishgandi… Bu yaloqxo‘r rahbarlarning yuzini Alloh teskari qilsin, birortasida ham yaxshilik yo‘q!

Lekin, bir vaqtning o‘zida, Sulaymoniyning o‘ldirilishi ayrim rasmiylarning hamda omadsiz parlament a’zolari va diniy doira vakillarining xalq namoyishiga nisbatan yolg‘ondan hamdardlik bildirganliklarini ochib tashladi. Aslida esa, namoyish to‘lqinidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishdi va zum o‘tmay unga qarshi chiqishdi. Yolg‘on hamnafas bo‘lganlardan ba’zilari omadsiz Parlament vakillari bo‘lsa, boshqalari Sulaymoniy o‘limidan motam e’lon qilgan diniy idora vakillari bo‘ldi. Yana ba’zilari bo‘lsa, Parlamentdan turib, namoyishchilarning haqqoniy talablariga teskari ravishda, o‘lgan Sulaymoniy nomidan gapiradigan bo‘ldi… Yana Ba’zilari o‘lgan Sulaymoniy nomidan parlamentda gapirdi… Hammalari qo‘zg‘olonchilarning haqqoniy talablariga teskari pozitsiyada turishibdi. Bu holatda haqiqatga yaqin stsenariy qoladi. Ekspert Hoshimiy ko‘ra, bu stsenariy kelishuvga kelish qiyin bo‘lib turgan bir paytda, Odil Abdulmahdiyning hukumat tepasida qolishidir. Abdulmahdiyning qolishi, namoyishni davom ettirishga qat’iy qaror qilgan qo‘zg‘olon harakati qarshiligiga uchraydi.

Namoyishchilarning ayni hodisalar ortidan tutgan pozitsiyasi haqida esa, faollardan biri Hasan Navof bunday deydi: «Namoyish davom etajak, shuncha shahidlarni berishlari ortidan namoyishchilar «nol nuqtasi»ga aslo qaytmaydilar». Yana qo‘shimcha qildi: «Bizni AQSh bilan Eron o‘rtasidagi voqealar qiziqtirmaydi, biz o‘zimizdan vakil bo‘ladigan bir hukumat tuzulishini va islohotlar o‘tkazilib, korruptsiya yo‘q bo‘lishini talab qilyapmiz». (DW arabiya).

Shu nuqtai nazardan, Hasan Navof AQSh tashqi ishlar vaziri Pompeo tomonidan tarqatilgan videoga izoh berdi. Tantanali mitinglar bo‘lib o‘tayotgan bir manzara aks etgan va ayrim ommaviy axborot vositalarida ham tarqalgan, ammo Iroqda bo‘layotgan mitinglarga xos narsa aks etmagan bu videoga Navof bunday izoh berdi: «Aslida bu videodagi narsa shuki, namoyish maydonlaridagi odamlar Sulaymoniyning o‘ldirilganini eshitib, xursand bo‘lishdi, chunki ular bu kimsani o‘z namoyishlariga qarshilardan biri, deb biladilar, namoyish talablari esa, aniq va hanuz shunday bo‘lib kelyapti», dedi.

Shunday qilib, musulmon yurtlar, shu jumladan, Iroq yurti kofir davlatlar uchun hamon kurash arenasiga aylanib qolmoqda. Ummat oldida esa, buning oqibatlariga majburan chidash va hukmdorlardan nafratlanishdan o‘zga chora qolmayapti. Zotan, bu hukmdorlar o‘zlariga malaylikni ravo ko‘rishdi, hatto yurt ahlini mustamlakachi kofir qo‘liga topshirishdi va bularni bir o‘tkinchi mansab-amal yoki soxta yolg‘on «unvonlar» uchun qilishdi. Aslida esa, bu hukmdorlar mustamlakachi xo‘jayinlarning qullari bo‘lib, ularning buyruqlarini bajarishdan boshqa ish qilishmaydi. Bu buyruqlar sababli o‘z hurmatlari toptalsa ham, xalqqa azob-uqubatlar kelsa ham ularga farqi yo‘q.

Biroq, Alloh Taoloning izni ila, umid bor. Allohning roshid Xalifalik davlati loyihasini amalga oshirish uchun xolis faoliyat qilgan kishilarga yordam berishiga ishonch hamisha mavjuddir. Zotan, ushbu davlatgina Ummatning xaloskori hamda mudofaa qo‘rg‘oni bo‘lib, kofirlarning biz va yurtlarimiz ustidan o‘yin qilishlariga, soxta kibrlariga chek qo‘yadi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.