Harbiy zarbaga nisbatan qaror qabul qilinishi ortga surildi.

463
0

0

Rossiyaning Suriyadagi kimyoviy qurol xususidagi taklifi haqida Obama qanday fikrda? Kutilayotgan harbiy zarbaga Bashar Asadning qaytarishi mumkin bo’lgan javobidan AQSh qo’rqadimi yo’qmi? Mabodo AQSh Kongressi hujumga qarshi chiqsa, shunda ham harbiy amaliyotlar qo’llash haqida qaror qabul qilinaveradimi? Shular haqida AQSh prezidenti Barak Obama amerikalik telekanallarga bergan bayonotida so’zlab berdi.

Agar Kongress qarshi ovoz bersa Suriyaga harbiy amaliyot boshlash haqida buyruq berish yoki bermaslik xususida Barak Obama bir qarorga kelgan emas.

Prezident so’zlariga ko’ra, amerikalik senatorlar Suriyada harbiy amaliyotga ruxsat beruvchi qaror uchun ovoz berishlariga unda ishonch yo’q.

Senat 11 sentyabr kuni ovozga qo’yishi kerak edi, vakillar palatasi esa – keyingi xaftada. Biroq ovozga qo’yishni keyinga surishlikka qaror qilishdi. AR agentligi xabar qilishicha, mazkur qaror Suriyada kimyoviy qurol qo’llanilganligi xususidagi muhokamalar davom etayotganligi sababli qabul qilingan.

Rossiyaning Suriya kimyoviy quroli xalqaro nazorat ostiga topshirilishi kerakligi haqidagi taklifini Barak Obama “ehtimoli bor ijobiy qadam”, deb xisoblaydi. Biroq Obamaning so’zlariga ko’ra, bu taklifga, ruslarning maqoliga taqlidan, “ishonish kerak, ammo tekshirish ham kerak”. Uning fikricha, kimyoviy qurol zaxirasi ustidan xalqaro nazorat bu mamlakatdagi nizoni hal qilib berolmaydi, biroq, balkim, harbiy amaliyotning oldini olar. Agar Bashar

Asad kimyoviy quroldan voz kechsa, Suriyaga zarba «pauzaga» qo’yiladi. Asad o’zining javob zarbasi bilan AQShga jiddiy xavf tug’dira olmasligiga Barak Obamaning ishonchi komil, – “Unda yosh bolalarga tahdid qilaolish imkoniyati bor, unda muxolifatga tahdid qilaolish imkoniyati bor, biroq unda Qo’shma Shtatlarga tahdid qilishlikka imkoniyat ham, mablag’ ham yo’q”.

Kongress va prezident qaror qabul qilishlikka urinishlar bilan band ekan, AQShda Suriyaga nisbatan harbiy amaliyotlarga qarshi aktsiyalar o’tmoqda. O’tkazilayotgan omma fikri haqidagi so’rovlarga ko’ra, 30 foizdan kam amerikaliklargina harbiy amaliyot tarafdori. Avgust oyi oxiridagi xisobotda keltirilishicha, AQShda Barak Obamaning reytingi eng past ko’rsatgichgacha tushib ketgan. Ayniqsa, xozir uni tashqi siyosat masalalarida qo’llab quvvatlovchilar juda oz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.