Moskvada Asad vakillari bilan muzokaralar bo’lib o’tdi.

484
0

27 dekabr, payshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligida Suriya hukumati vakillari bilan muzokaralar bo’lib o’tdi. Damashq rejimi vakillari guruhiga tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Faysal Miqdod etakchilik qilgan.

Bo’lib o’tgan uchrashuv haqida batafsil ma’lumotlar aytilmagan. Muhbirlarning bergan savollariga javob berishdan Miqdod bosh tortgan.

Tahminlarga ko’ra, uchrashuvda asosiy mavzu, Suriya nizosini tinchlik yo’li bilan hal qilish haqidagi BMT va Arab davlatlari Ligasining navbatdagi tashabbusi ko’rilishi kerak edi.

29 dekabr kuni Moskvaga BMT va Arab davlatlari Ligasining mahsus vakilining o’zi Laxdar Braximi tashrif buyuradi.

Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirishning yangi planida prezident Bashar Asadning hokimiyatda kamida 2014 – yilgacha qolishligi, faqat keyingi prezidentlik muxlatiga o’z nomzodligini qo’yish huquqiga ega bo’lmasligi ko’zda tutilgan. Bu vaqtning ichida Suriyada ko’chib o’tish hukumati tuzilishi kerak. Hukumat alaviylardan ham, radikal sunniylardan ham bo’lmagan vazirlardan tarkib topgan bo’lishi kerak, sababi, aynan shu ikki guruh vakillari o’rtasida keskin qarama-qarshiliklar bo’lmoqda. Plan Moskva va Vashington tomonidan ma’qullangan.

Avvalroq Braximi Asad, shuningdek muxolifatning bir necha guruhi vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazgan. Inqilobchilar vakillari bilan uchrashuvlar muvoffaqiyatsiz yakunlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.