Qozog‘istondagi janjal ortidan chamasi 4500 kishi Qirg‘izistonga o‘tgani xabar qilindi

490
0

Qozog‘istondagi janjal ortidan chamasi 4500 kishi Qirg‘izistonga o‘tgani xabar qilindi

 8-fevral kuni Qirg‘iz – Qozoq chegarasidan chamasi 4500 Dungan millatiga mansub odamlar Qirg‘iziston tomoniga qochib o‘tishgani haqida “Azattыk” xabar tarqatdi.

Qozog‘istonning chegaraga yaqin Qorday rayonida shanba kuni kechasi Qozoqlar bilan Dungon millati o‘rtalarida janjal chiqdi. Sakkiz odam halok bo‘lib o‘nlagan odamlar har turli tan jarohati olishdi. Ikki nafar organ xodimi ham jarohatlangani aytilmoqda.

30 dan oshiq uy-joy, 15 yirik imoratlar yoqib yuborilgan 23 avtomashinaga shikast etgan. Vaziyatni jumbushga keltirishlikda gumon sanalib 90 dan ortiq odam qo‘lga olingan. 

Izoh: Millatchilik – inson dunyoqarashining torayib borishi natijasida o‘ta sayoz fikrlashdan kelib chiqqan qiymat bo‘lib, mamlakat fuqorolari bir-birlaridan bo‘linib, uzoqlashib ketishi va hatto adovatlashib qolishining asosiy omilidir.

Millatchilik va vatanparvarlik xalqaro siyosatning zaif davlatlarni mustamlaka qilish, uni boshqa davlatdan tortib olish va davomiy qaram holatda ushlab turish uchun bosim o‘tkazadigan asosiy quroli sanaladi. Bunday qurollarni himoya qilish maqsadida BMT tashkilotining ichida atayin qo‘mitalar ish yuritadi. Ular oz sonli millatlar haq-huquqini himoya qilish tashkiloti deb nomlanadi.

Kapitalizmga asoslangan olamiy boshqaruv sistemasining asosi moddiy manfaat ustiga qurilgan. Xalqaro huquqini himoya qiluvchi tashkilotlarining barchasi dunyoda olib borayotgan faoliyatlarida faqatgina olamni mustamlaka qilish va undagi moddiy manfaatlarni mumkin qadar siqib olish uchun oz sonli millarlar, yosh bolalar va ayollar haq huquqini himoya qilish kabi insoniy qiymatlarni himoya qilish fikratidan foydalanishadi.

Vatanparvarlik –olamni mayda bo‘laklarga bo‘lib, uni boshqarishni osonlashtirish uchun kufr olamiga yordam beradi. Bu tuyg‘uning kuchayib borishi, bir davlatni ikkinchi qo‘shni davlatdan uzoqlashtiradi va undan o‘zini himoya qilish tuyg‘usini kuchaytirib, doim xavotirda yashashiga sababchi bo‘ladi.

Millatchilik esa mamlakat ichidagi bir necha millatlarni bir biridan uzoqlashishiga yordam beradi. Hokimiyat egasi bo‘lgan millat boshqa millatlar ustidan hukumron bo‘lib, ularga zulm qiladi. O‘z navbatida oz sonli millatlar ham, tashqi kuchlar ta’siri ostida etakchi millat bilan doim raqobatlashishga va jamiyatdagi o‘z o‘rni uchun kurashishga majbur bo‘ladi. Natijada mamlakat ichida tashqi kuchlar uchun o‘zini mazlum sanagan ichki quvvat paydo bo‘ladi.

Qozog‘istondagi milliy nizolar ham bundan mustasno emas. Lekin har bir milliy nizo yoki umuman xalq norozilik namoishlari biror etakchi quvvatga tayanadi va ular tomonidan boshqariladi. Shuning uchun vatanparvarlik va millatchilik robitalari, etakchi davlatlar tomonidan zaif davlatlarga siyosiy bosim berish quroli sifatida ishlatiladi.

Shu mantiqiy xulosadan kelib chiqib ayta olamizki, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan O‘zbek-Turk qirg‘inbaroti ham, 2010 yildagi O‘sh voqe’asi ham, Qozoq-dungon muojarosi ham, tashqi siyosiy quchlar tomonidan uyushtirilgan.

Demak har birimiz o‘z yurtlarimizda o‘sha yurtdagi etakchi millatning urf odatlaridan kelib chiqqan qadriyatlarga asoslangan milliy robitani mamlakat mafkurasi deb e’lon qilib xato qilyapmiz. Har qanday milliylik ichki ittifoq uchun o‘ta xatarli robita paydo qiladi. Vatanparvarlik va millatchilik robitalari mamlakat birligi uchun xatarli tushunchalar bo‘lib, fuqorolarni doimiy birdamlikda bo‘lishlarini kafolatlay olmaydi. Ushbu tushunchalar, olamiy kufr boshqaruvining ayirmachilar manfaati uchun manfaatli mevalar etishtirishi bilan birga biz musulmonlarni bir-birlarimizdan uzoqlashtiradi, munosabatlarimizni keskinlashtiradi, bir birimiz bilan urushtiradi!

Abdurazzoq Mo‘min

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.