O‘zbekiston ta’qiqlangan diniy tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qildi

616
0

O‘zbekiston ta’qiqlangan diniy tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qildi

O‘zbekistonning diniy ishlar bo‘yicha komiteti, mamlakat ichida tarqatish ta’qiqlangan diniy kitoblar, materiallar va saytlarning “ekstremistik-teroristik” deb topgan jamoalar tizmasi e’lon qilindi. “Azattikning” ta’kidlashicha ro‘yxat tizmasida 40 varaqdan tarkib topgan diniy shaxs va tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqdagi varaqchalari bor.
Ro‘yxatda «Xizb ut-Taxrir» partiyasi, «Nurjular», «Akramitter» jamoati, «Nusafaradiyya», «Katiba Tauxid val’-Jixad», «Jabxat an-nusra», «Tabligi jamaat» kabi jamoiy xarakatlar. Shuningdek ro‘yxatga Nurillo Otaxanovdun (Nurullo Muxammad Raufxon) Fazliddin Parpiev, Muxammadsolix Abutov, Obid qori Nazarov, Qirg‘iziston Qora-su rayonida “Assaraqsiy” masjidining sobiq imomi Rashod Kamolov va uning otasi marxum Muxammadrofiq Kamolov kabi bir qator shaxslar va kitoblar xam kiritilgan.
Xujjatda, bu ro‘yxat vaqti vaqti bilan yangilanib turishi belgilangan.

Izox: O‘zbekiston Islom dini bilan kurashish strotegiyasini o‘zgartirdi. Karimov o‘z rejimi bilan kurashni islomiy yoki muxolif shaxslarni jismonan yo‘q qilishga qaratgan edi. Xozirdagi kurashning asosi islomiy mafkuraga qaratilgan bo‘lib, ummatni mabdaiy islomiy fikrlardan to‘sishga e’tibor qaratiladi. Lekin kurashning moxiyati xam, rejim xam o‘zgargani yo‘q!
Mafkuraga qarshi kurash – asosan islomiy ra’ylar bilan, ya’ni davlat olib borayotgan kufrga asoslangan boshqaruv sistemasiga islomiy ra’ylarni muvofiqlashtirish (ta’vil qilish), moslashtirish yo‘llari bilan olib boriladi. Buning uchun ular uchun xalqning islomiy savodsizligi o‘ta muxim. Shuning uchun bu strotegiyaning asosi fikrni to‘sishga qaratiladi. O‘z navbatida fuqorolar fikr tashuvchi va fikran yetakchi qobiliyatiga ega shaxslardan xam extiyod qilinadi.

Yuqoridagi ro‘yxatda o‘n yildan avval olamdan o‘tgan Shaxid Rofiq qori Kamolov va uning besh yildan buyon Qirg‘izistonda qamoqda o‘tirgan o‘g‘li Roshod qori Kamolovlar xam borligi fikrimizni quvvatlaydi. Vaxolangki ularning biri bu dunyoda emas, ikkinchisi Qamoqda. Demak O‘zbekistonni ularning shaxslari emas balki ular ko‘targan mafkuraviy fikrlari qo‘rquvga solayapti! Fikrlar asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaydi. Ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilish yoki ta’qiqlashga rejimning quvvati yetmaydi. Shuning uchun Mirziyaev qolbola bloger ulamolar brigadalari tuzishga qattiq e’tibor qaratayapti.

Demak yuqoridagi ro‘yxatni e’lon qilinishi, keyingi etapdagi internet tarmoqlarini nazorat qilishda ommaviy telefonlarni tekshirish ishlari olib borishga zamin yaratilayotganidan darak beradi. Vaqtida Xitoy xam xuddi shu yo‘ldan borib, ko‘chada ommaviy telefon tekshirish yo‘li bilan millionlagan musulmonlarni lagerlarga jo‘natgan edi. O‘zbekiston xam ushbu ro‘yxatni davom ettirib, ta’qiqlangan materiallarni va ularga qarshi cheklash amaliy kurashish ishlarini xam kuchaytirib boraveradi. Xozirda Xitoy xukumati xatto duo qilishni xam shu kabi jinoiy ro‘yxatiga kiritdi.
Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.