O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari din va patriotizmni bir predmetda jamlab ta’lim olishadi
O‘zbekiston hukumati rejasiga binoan o‘rta maktablarga yangi o‘quv darsligi joriy etiladi. Programma “Tarbiya” deb nomlanib, unda din, fidoyilik va etika darsliklari mujassamlanadi. Maktab o‘quvchilari birinchi sinfdan boshlab to maktabni bitirgunga qadar yangi predmetdan dars oladilar. Programma doirasida butun dunyodagi dinlar, “milliy aqida” va “ma’naviyat asoslari”, “vatanparvarlik tuyg‘usi”, shuningdek etika o‘rgatiladi. Hukumat qaroridagi loihaga muvofiq yangi tartib-qoida bosqichma – bosqich ta’lim beriladi.
Eslatib o‘tamiz “Dinshunoslik” fani maktab programmasiga 20 yilcha ilgari kirigizilgan edi. O‘tgan yildan boshlab yangi qoida – “Dunyo dinlari tarixi” paydo bo‘lib, undan asosan yuqori sinf talabalari ta’lim oladilar.
Izoh: Islomiy aqidadan kelib chiqadigan Islom saqofati to‘rt narsadan iboratdir;
1) Til
2) Adabiyot
3) Tarix
4) Qonun
Har bir musulmon, Shariat ruxsat bergan va Shore’ buyurgan ahkomlar asosida ta’lim olishi shart. Biroq bugungi kunda kufr sistemasi joriy etayotgan mo‘’tadil Islom loihasi, dinimizga umuman zid bo‘lib, tobora dinga qattiq zarba beruvchi omilga aylanib bormoqda.
Mo‘’tadil Islom – bu demokratik tuzumga Shariatning ayrim qonunlari bilan yamoq solish demakdir. Ya’ni ibodatni tan olib, joriy etilishiga imkon beriladi, ammo hadlar, jazo choralari, tashqi va ichki ishlarga bog‘liq, boshqaruv ishlariga aloqador bo‘lgan hukmlar tan olinmaydi va uni hayotda tatbiq etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Diktatorlik rejim ostida kun ko‘rgan o‘zbek farzandlari lotin alifbosi ta’siri ostida G‘arb saqofati bilan ta’sirlanib yashayapti. Yuqoridagi loyiha ham buzuq demokratik tuzumni musulmonlar zehniga o‘rnatishga urunishdir.
Nimaga aynan yuqori sinf o‘quvchilariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda? Gap shundaki, o‘smirlik davrida insonning kelgusi hayotidagi tushunchalari shakllanadi, inson asosan o‘sha davrda olgan ma’lumot bo‘yicha yashash tarzini shakllantiradi. Shunga ko‘ra, musulmon farzandlarining o‘smir yoshidagi sof miyasini behuda ma’lumotlar bilan to‘ldirish ikki olamda ziyon keltirishi muqarrar.
Hozirgi paytda biz davlatimizga ega emasmiz, ammo kufr o‘rnatayotgan tuzoq farzandlarimizni o‘z domiga tortib bormaqda. Ularga dunyo dinlarini ta’lim berib, tanlash huquqi berilmoqchi. Bu naqadar dahshatli holat! Musulmon uchun dunyo ishlaridan farqli o‘laroq e’tiqod tanlashda erkinlik yo‘q va musulmon Islomga to‘laligicha taslim bo‘lishi shart! Zero Yaratuvchi rozi bo‘lgan din faqat Islom dinidir.
Allohi Taolo aytadi:
إِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللَّهِ الْإِسْلَامُ
-“Albatta Alloh nazdida maqbul bo‘ladigan din faqat Islom dinidir”.(Oli Imron: 19).
Har bir inson farzandi musulmon fitratida dunyoga keladi, o‘sha pokiza fitratli bandalarni nopok, botil, mushrikona e’tiqod bilan zaharlanishiga yo‘l qo‘ymaylik. Allohi Taolo aytadi:
وَمَنْ يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَنْ يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنْ الْخَاسِرِينَ
-“Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning “dini” Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘ruvchilardandir”. (Oli Imron: 85
Munavvara