Qilqiliya shahrida Hizb ut-Tahrir a’zolari siyosiy hibsga olishlarga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdilar

388
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qilqiliya shahrida Hizb ut-Tahrir a’zolari siyosiy hibsga olishlarga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdilar

Hizb ut-Tahrir a’zolari Qilqiliya shahridagi sulh mahkamasi oldida namoyish o‘tkazdilar. Ushbu namoyish Falastin rejimining uch nafar Hizb a’zolarini Hizbning siyosiy varaqasini tarqatishlari ortidan qamoqqa olib, o‘n kundan ziyod vaqtdan beri hibsda ushlab turganiga qarshi o‘tkazildi. Varaqa rejimning Falastin ahliga «CEDAW» deklaratsiyasini zo‘rlab tatbiq qila boshlaganiga qarshi nashr qilingan edi.

Namoyish qatnashchilari quyidagi mazmunda shiorlar ko‘tarib chiqishdi: «Allohning shariatini himoya qilayotganlar, qamoqqa olishingiz va sud qilishingizga haqli jinoyatchilarmi?!», «Alloh Taolo

أَفَنَجْعَلُ  الْمُسْلِمِينَ كَالْمُجْرِمِينَ  مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ

«Axir Biz musulmonlarni jinoyatchi-kofir kimsalarga barobar qilurmizmi?! Sizlarga nima bo‘ldi, qanday hukm chiqarmoqdasizlar?» [Anfol 30]

demoqda», «Ey musulmonlar, Hizb ut-Tahrir a’zolari mash’um «CEDAW» deklaratsiyasini zo‘rlab tatbiq qilinishiga qarshi chiqqanlari uchun qamoqqa olindi, shunday beboshlikka rozimisiz?!», «Hizb ut-Tahrir ovoziga qo‘shilib, «CEDAW» deklaratsiyasini rad eting!».

Roya gazetasining 2019 yil 20 noyabr chorshanba kungi 261-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.