Qirg‘iziston “Iymon” fondi uchun Turkiyadan pul so‘radi

442
0

Qirg‘iziston “Iymon” fondi uchun Turkiyadan pul so‘radi

 Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi Kubanichbek Omuraliev Turkiya Din ishlari bo‘yicha kengashi raisi Ali Erbash bilan uchrashib, “Iymon” fondini rivojlantirish uchun 5 million dollar so‘radi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 Xabar qilinishicha, bu mablag‘ “Iymon” fondining 2019-2022-yillarda Qirg‘izistonda diniy vaziyatni tadqiq qilish, madrasadagi diniy ta’limni reforma qilish bo‘yicha loyihalarga ajratilayotgan turk grantining ikkinchi transhi hisoblanadi. Bunga qadar turk tomoni 2015-2019-yillar uchun 5 million dollar ajratgan edi. Mazkur mablag‘ imomlarni o‘qitish, ularning bilim darajasini oshirish, stipendiyalar, Insan.KG axborot portalini tashkil etishga sarflangan.

 O‘z navbatida Ali Erbash, ajratiladigan mablag‘ Turkiya prezidenti tasdiqlaganidan so‘ng xal bo‘lishini ma’lum qildi.

 Bunga qadar “Iymon” fondi Qirg‘izistonda Musulmonlar diniy boshqarmasiga qarashli imomlarni attestatsiyadan o‘tkazgan. Natijada faqat Islomga an’anaviy ko‘z qarashdagi imomlar tanlab olingan. Attestatsiyadan o‘tgan imomlar “Iymon” fondidan stipendiya oladigan bo‘lishdi.

 Mazkur attestatsiya talablarida dunyoviy ko‘z qarashdagi shartlar ko‘p bo‘lgani sababli ayrim imomlar attestatsiyaga qatnashishdan bosh tortishdi. Biroq, ularning e’tirozlarini Diniy ishlar bo‘yicha davlat komissiyasi e’tiborsiz qoldirdi. Aslida, 2008-yilda attestatsiyadan o‘tgan imomlarning 93 foizi talab qilingan ilmga ega ekanligi ma’lum qilingan edi. 2015-yilgi attestatsiyada komissiyaga raislik qilgan Abdulla Asirankulov: “Hamma yaxshilab bilib qo‘ysin, bizda hanafiy maktabi tan olinadi va u ko‘pchilik musulmonlar uchun an’anaviy bo‘lib hisoblanadi. Boshqa oqimlar, masalan vahobiylik biz uchun begona”, – degan edi. Biroq, barcha o‘tkazilgan attestatsiyalarda asosiy talab – etuk dunyoviy bilimga ega bo‘lish, davlat qonunlarini yaxshi bilish shartlari bo‘lgan. Natijada 2,5 ming imomdan faqat 800 nafari attestatsiyadan o‘tdi. Qolganlarini o‘rniga etuk dunyoviy bilimga ega, dunyoviy davlat qonunlariga so‘zsiz itoat etadigan, davlat ruxsat bergan darajadagina hanafiy mazhabini biladigan kadrlar tanlab olindi. Diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining 42 foizi attestatsiyada qatnashish huquqiga ega bo‘lmadi. Chunki, ularning dunyoviy oliy ma’lumoti yo‘q edi. Shunday qilib ko‘plab imom va mudarrislarimiz “mo‘’tadil islom”ning qurbonlari bo‘lishmoqda.

 Mazkur loyiha doirasida “Iymon” fonli IIV va MXDQ xodimlari uchun “ekstremizmga qarshi kurash” bo‘yicha treninglar tashkil eta boshladi. Bu treninglarga “Suriyaga ketayotganlarni qanday qilib to‘xtatamiz, “ID” guruhiga qanday qarshi turamiz” degan mavzular bahona qilib olindi. Aslida bunga qadar odamlarni Islomdan qo‘rqitish uchun davlat maxsus xizmatlari parda ortida Suriyaga ketayotganlarni uyushtirib, ularni ketishlari uchun atayin sharoitlar paydo qilib berishgan edi. Agar astoydil nazorat qilinadigan bo‘lsa chegaradan “chumchuq ham uchib o‘ta olmaydi”. Aslida bu treninglar Islomni mabda sifatida ko‘tarib chiqqan musulmonlarga qarshi qaratilgan.

 “An’anaviy islom, “mo‘’tadil islom” kabi loyihalar esa bizning boyliklarimizni talab, hokimlarimizni malay qilayotgan mustamlakachilar loyihasidir. Masalan, “An’anaviy islom” din hayotdan ajratilib, ayrim shar’iy hukmlar xalqimizda urf sifatida shakllanishini maqsad qiladi. Nikoh, janoza, ro‘za, haj kabi. Bu hukmlarga “qiz olib qochish”, “qirq”, “tushoo kesish” kabi udumlar sifatida qaraladi.

 “Mo‘’tadil islom” esa musulmonlarning siyosatga islomiy nuqtaiy nazardan aralashishlarini oldini olish uchun o‘ylab topilgan. Bunda musulmonlar siyosatga aralashishlari mumkin, biroq buning uchun “demokratik qadriyatlarni” tan olib, siyosatga shariat asosida emas, demokratiya asosida kirishishlari kerak bo‘ladi. Masalan, parlamentga partiya orqali borish kabi. Demak, kofirlarning Islomga qarshi kurashdagi makr xiylalari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Biri muvaffaqiyatga uchrasa, ikkinchisini tiqishtirishmoqda. Biroq, mana shu “mo‘’tadil islom” ularning oxirgi makrlaridan. Qadrli musulmonlar, biz kufrning bunday xiyla-nayranglari haqiqatini anglab etib, bu kabi loyihalarni yanchib tashlashda barchamiz birgalikda bor imkoniyatimizni sarflashimiz shart!

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.