بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Saltanat bilan Qurʼon bir-biridan aslo ajralmaydi
Ularni qayta barpo etish uchun Ramazonni gʻanimat bilaylik
Gʻoda Muhammad Hamdiy xonim
Bu yil Islom Ummati muborak Ramazon oyini har qachongidan boshqacha kutib olmoqda. Bu boshqachalik uning uyqudan uygʻonib, qayta olam yetakchiligini va markaziy mavqeini egallash sari shaxdam qadamlar tashlayotganida koʻrinmoqda. Haqiqatdan ham bu yil musulmonlar muborak Ramazonni har qachongidan ongli, jurʼatli, haqni mahkam ushlab, islomiy shaxsiyatlariga mahkam yopishgan, islomiy aqida asosida birlashishga intiq holda kutib olmoqdalar. Turli yurtlarda alanga olgan buyuk qoʻzgʻolonlarda, yaqindagi Sudan va Jazoir qoʻzgʻolonlarida yoshlar togʻut hukmdorlarni agʻdarish uchun arslonlar misol koʻtarildilar… zulmu qashshoqlikka va ilmoniy kapitalistik tuzumga qarshi chiqdilar. Zero, bu ilmoniy tuzumni malay hukumatlar mustamlakachi Gʻarb vakillari sifatida tatbiq qilib kelishdi hamda kofir tuzum va uning gʻayriilohiy qonunlari odamlarga qancha-qancha balo-musibatlarni yogʻdirdi. Bu kutilmagan yangilik emas, albatta. Chunki soʻnggi yuz yil ichida Qurʼon davlati, Rosululloh ﷺ qoldirgan Xalifalik davlati agʻdarildi, axir. Ushbu davlat agʻdarilguniga qadar esa, Islomni musulmonlaru musulmon boʻlmaganlarga tatbiq qildi, Robbul olamin shariati bilan hukm yuritib, Qurʼoni Karim va Rosululloh sunnatlarini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, taʼlim… kabi barcha hayotiy sohada qonunchilikning yagona manbaiga aylantirdi. Insonlarning eʼtiqodi har xil, ichki va tashqi munosabatlari turli xil boʻlishiga qaramay, barchalarining ishlarini boshqarish va muammolariga yechim berish ishini Qurʼon boshqardi. Butun insoniyat asrlar mobaynida oltin asr va uygʻonish zamoniga guvoh boʻldi. Qurʼon boshqaruvi islomiy aqida va keng qamrovli Islom tuzumi asosida barpo boʻldi. Oʻsha paytga qadar, olamda bu kabi boshqaruv kuzatilgan emasdi. Hatto bugungi kunda ham butun olam fikriy, axloqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa barcha sohada tuban ahvolda qoldi. Qachon olamda zulm, fisq va kufr hukmron ekan hamda dinni odamlar hayotidan ajratuvchi ilmoniy kapitalistik fuqarolik davlatida Alloh nozil qilgan shariatdan boshqa qonunlar bilan hukm yuritilib, odamlar shunday tang-ogʻir ahvolda qolar ekanlar, shunday boʻlishi tabiiy. Alloh Taolo yana bunday dedi:
وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ
“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir” [Moida 44]
Alloh Taolo yana bunday dedi:
وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ
“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir” [Moida 45]
Alloh Taolo yana bunday dedi:
وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ
“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular fosiqlardir” [Moida 47]
Alloh Taolo yana bunday dedi:
إِنَّ هَذَا الْقُرْآنَ يَهْدِي لِلَّتِي هِيَ أَقْوَمُ وَيُبَشِّرُ الْمُؤْمِنِينَ الَّذِينَ يَعْمَلُونَ الصَّالِحَاتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْراً كَبِيراً
“Albatta, bu Qurʼon eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur va yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga katta ajr-mukofot borligini(ng) xush xabar(ini) berur” [Isro 9]
Bundan chiqdi, saltanat, boshqaruv va Alloh shariatining tatbiqi bilan Qurʼon bir-biriga chambarchas bogʻliq ekan. Alloh Taolo bunday dedi:
أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْماً لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ
“Dinsizlik hukmron boʻlishini istaydilarmi?! Imonlari komil qavm uchun Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor?!” [Moida 50]
Karami keng, qudrati ulugʻ Allohning boshqaruvidan chiroyli boshqaruv dunyoda yoʻq. Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarilsa, odamlar oʻrtasida adolat roʻyobga chiqadi, butun bashariyat toʻgʻri yoʻldan yuradi. Zotan, bashariyatning kuch-qudratli, buyuk va ulugʻ bashariyatga aylanishi uchun unga Alloh Subhanahu mana shu toʻgʻri yoʻlni iroda qilgan. Alloh Taolo bunday dedi:
قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُبِينٌ * يَهْدِي بِهِ اللَّهُ مَنِ اتَّبَعَ رِضْوَانَهُ سُبُلَ السَّلَامِ وَيُخْرِجُهُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ بِإِذْنِهِ وَيَهْدِيهِمْ إِلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ
“Mana, elchimiz (Muhammad alayhissalom) sizlar kitobingiz (Tavrot, Injil) orasidan yashirib kelgan koʻp narsalarni sizlarga bayon etgan holda, koʻp narsalarni tark etgan holda keldi. Sizlarga Alloh tarafidan nur-ochiq Kitob keldiki, Alloh u sababli oʻzining rizosiga ergashgan zotlarni najot yoʻllariga hidoyat qilur va Oʻz iznu irodasi bilan ularni zulmatlardan nurga chiqarur va ularni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur” [Moida 15-16]
Ushbu haqiqatni salafi solihlar va asrlar davomidagi musulmonlar hukmdorlari juda yaxshi tushundilar. Shu bois, Islomga daʼvat qilish va uni butun olamga yetkazish uchun Ramazon oyida Xalifalik davlati qoʻshin safarbar etish bilan fathlar qildi, gʻalabalarga erishdi. Barcha musulmonlar Xalifalik soyasida Rosululloh ﷺning royalari ostidagi bitta davlatda yashadilar, yurtlari oʻrtasida – mustamlakachi Gʻarbning – hech qanday chegaralari boʻlmadi. Zero, mustamlakachi Gʻarb chegaralari, bir tanu bir jon Ummatni boʻlib tashladi, musulmonlarni din dushmani boʻlgan kofirlarga tayyor yem qilib berdi. Alaloqibat, musulmonlarning roʻzalari ham anavi tuzumlarning siyosiy manfaatiga xizmat qilish uchun ixtilof bilan boshlanib, ixtilof bilan yakunlanadigan boʻlib qoldi. Qurʼon davlati yoʻq qilinishi bilan Ramazon shaxs sifatida qilinadigan ibodatlar, tasalli beruvchi teledasturlar oyi boʻlib qoldi, Ramazonning jamoiylik va olamshumullik shukuhi qolmadi, musulmonlarning qudrat va birligini ifodalamaydigan boʻlib qoldi!
Darhaqiqat, sayyidimiz va rahbarimiz Muhammad Mustafo ﷺ va ul zotning izidan borgan ashobi kiromlar, keyingi xalifalar aksar gʻazotlarini Ramazon oyida qilishda gʻoyat qattiq turdilar. Chunki ular Qurʼon tilovat qiladigan va uni yer yuzida tatbiq etadigan qudratli bir davlatda ikki buyuk ibodat-roʻza va jihodning bir boʻlishini istaganlar. Shuningdek, musulmonlarning har qanday holat va natijada boʻlsin, yo nusrat yoki shahidlik bilan chiqib, Robbilariga toat, tavba, magʻfirat va rahmat kunlarida yoʻliqishlarini ham istaganlar. Buyuk Badr gʻazoti, Makka fathi, Hittin jangi, Salohiddin qoʻmondonligi bilan Quddusning salibchilardan qaytarib olinishi, Rosululloh ﷺning bashoratlari orqali sulton Muhammad Fotih qoʻli bilan Konstantinopolning fath etilishi… kabilar Ramazonda boʻlgan muhim gʻazotlardandir. Shubhasiz, ushbu nusratlar, Islom va musulmonlar tarixidagi barcha darajadagi yutuqlar boʻlib, faqat bitta holatda roʻyobga chiqdi. Yaʼni, qachonki Islomdagi Xalifalik boshqaruvi amaliy tarzda va Rosululloh ﷺning tariqatlari asosida tatbiq qilingandagina amalga oshdi. Bugun ham xuddi shu kabi, agar biz qoʻzgʻolonlarimiz muvaffaqiyat quchishini istasak, Qurʼon davlatini barpo qilish uchun faoliyat qilish bilangina Islom Ummatini jobir kufr tuzumlarining olovli kishanlaridan qutqara olamiz.
Darhaqiqat, shariat hukmron boʻlgan va musulmonlar xalifasi yetakchilik qilgan zamonlarda musulmonlar Rosululloh ﷺdan oʻrnak olgan holda, muborak Ramazon oyini ajoyib nusrat va fathlar bilan oʻtkazdilar. Bugun ham ular Ramazon oyini xalifa qilish, gʻalaba quchish, Islom dushmanlarini magʻlub etish oyiga aylantirish bilan yana qayta nusratga erishmoqlari lozim. Zulmga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan xolis moʻminlar ham, Alloh kalimasini oliy qilish uchun jiddiy harakat qilmoqlari kerak. Alloh kalimasi esa, Qurʼon va Sunnatning hokimiyat va qonunchilikka hamda dastur va qonunlarga asos boʻlishini talab qiladi. Shuningdek, zolim sulton oldida haq soʻzni aytish hamda kofir Gʻarbning musulmon yurtlaridagi malay togʻutlarini agʻdarish bilan oliy boʻladi. Shu bilan birga qoʻzgʻolon ahli Islom sistemasiga zid keladigan va musulmonlarni mustamlakachi kofir Gʻarbga qaram qilib qoʻyadigan barcha ajnabiy chaqiriqlarni rad etmoqlari zarur.
Biz ushbu Ramazoni sharifdan ezgulik, shodlik va baxtli xabarni kutmoqdamiz hamda Alloh Subhanahu va Taologa duo qilib, soʻrayapmiz: Allohim, barchamizni Ramazonga yetkazish barobarida bizga uning nusratini ham ato et, ushbu muborak oyni barcha bashariyat uchun Allohning odil shariatisiz oʻtkazayotgan ramazonlarning soʻnggisi qilgin. Zero, Allohning odil shariati Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida xotirjamlik va xavfsizlik asosi boʻlajak.
Roya gazetasining 2019 yil 8 may chorshanba kungi 233-sonidan