Jazoir qoʻzgʻolonlari hokimlar fitnasi bilan musulmonlar talabi oʻrtasida

592
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jazoir qoʻzgʻolonlari hokimlar fitnasi bilan musulmonlar talabi oʻrtasida

Hamd Tobib qalamiga mansub

Jazoir rejimi 1990 yil shahar saylovlarida yetakchi partiya (Milliy ozodlik fronti) uchragan magʻlubiyat sababli es hushini yoʻqotgan edi. Rejim oʻshanda Qutqaruv (Inqoz) frontining koʻzga koʻringan yetakchilarini qamoqqa tashladi va saylov qonunlariga oʻzgartirishlar kiritdi. Qutqaruv fronti partiyasi esa, yetakchi partiya unga bosim qilishi va saylov qonunlarini oʻzgartirganiga qaramay, 1991 yili saylovlarda qatnashib, gʻalaba qildi va 232 oʻrindan 188 tasini egalladi. Yetakchi partiya esa, atigi 12 oʻrinni egalladi. Natijada Gʻarb, xususan Frantsiya es hushini yoʻqotdi va uning prezidenti Fransua Mitteran shunday bayonot berdi: (Agar Jazoir hukumatiga aqidaparastlar kelsa, Bush Panama ishlariga aralashgani kabi biz ham Jazoir ishlariga harbiy jihatdan aralashamiz)… Soʻng Jazoir armiyasi Gʻarb, xususan Frantsiya yordamida ishga aralashdi va saylov natijalarini bekor qildi. Qutqaruv frontini taqiqlab, musulmon daʼvatchilar va ularni qoʻllab-quvvatlayotganlarga qarshi kurash boshladi. Rejim bu kurashda Gʻarb (Frantsiya) qurolli kuchlari yordamida musulmon faollar, xususan Qutqaruv frontini qoʻllab-quvvatlayotganlarni qatl qildi va tozalash ishlari olib bordi.. Rejim bu ishlarni musulmon faollarga yopishtirdi, holbuki odamlar musulmonlarning bunday ishlar bilan shugʻullanmasligini bilishar edi. Jazoir armiyasidagi zobitlar rejim jinoyatlarini fosh qilgan payt haqiqatlar koʻrindi. Ushbu zobitlar ichida eng koʻzga koʻringani Habib Suvaydiya boʻlib, bu xususda “Jirkanch urush” nomli kitobini yozgan edi.

Jazoirda boʻladimi yoki boshqa joydami, qoʻzgʻolonlarga qarshi til biriktirish va adashtirish islomiy olamda mashhur va maʼlum ishdir. Masalan oʻtgan asr boshlari va oʻrtalarida Jazoirda boʻlib oʻtgan ozodlik qoʻzgʻolonlari islomiy xarakterda boʻlgan edi. Ulardagi jangovar ruh ham islomiy ruh boʻlib, jihod, shahidlik, bosqinchi kofirga qarshi jang qilish va undan ozod boʻlishga intilgan edi. Jazoir ozod boʻlgach, Frantsiyalik kofirlar oʻzlarini qoʻzgʻolonchi hisoblaydigan ayrim yetakchilar bilan birga hiyla yoʻliga oʻtishdi. Ular muvozanatni izdan chiqarib, pokiza qonlarga belangan mevalarni odamlarning fikri va yashash tarziga zid yoʻl bilan terib olishdi. Soʻng islomiy shariat oʻrniga Gʻarb qonunlarini tatbiq qilishdi.

Mustamlakachi bugun yana bir marta muvozanatni izdan chiqarish hamda mustamlaka va unga aloqador partiyalarning ramzlarini inkor qilayotgan qoʻzgʻolonga qarshi til biriktirishga harakat qilyapti. Hukumat va uning ortidagi partiyalar amalga oshirayotgan ishlarga nazar solgan odam ular siyosiy Islomni hamda unga chaqirayotgan jamoalar va uni qoʻllab-quvvatlayotgan xolis kishilarni yoʻq qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirayotganini koʻradi:

1 – Vatanparvarlik oqimlari xususan yetakchi va soʻlchi partiyalarni axborot vositalari orqali tez-tez koʻrsatish. Ayni paytda xolis islomiy partiyalar va ulardagi yetakchi shaxslarga bosim berish va ularni cheklash. Holbuki, ushbu shaxslar islomiy loyiha sohibi boʻlgani uchun xalq qoʻllab-quvvatloviga ega va ular haqida raʼyi om mavjud.

2 – Tunisdagi Nahza harakati kabi erkinlik va moʻʼtadillikka chaqirayotgan islomiy oqimlarni tez-tez koʻrsatish. Bundan maqsad xolis islomiy partiyalar, daʼvatchilar va ulamolarga bosim berish.

3 – Siyosiy Islom siyosiy terrordir, u Jazoirga qora kunlarni olib keladi, biz qora kunlarga yana qaytishni xohlamaymiz deb ayblash. Bundan maqsad oʻzgartirish mavzusini yopiq doira, yaʼni Gʻarbga yoki yetakchi partiyaga tobe ilmoniy doiraga cheklash.

4 – Jazoirdagi korruptsiyaning haqiqiy sabablarini yashirish va odamlarni yangi saylovlar oʻtkazish bilan chalgʻitish. Ekstremist partiyalarni hamda siyosiy Islomni Gʻarb istamaydi, shuningdek, ular Jazoirni xalqaro hamjamiyatdan uzoqlashtiradi, degan bahona bilan Islomni saylovlarga yaqinlashtirmaslik.

5 – Yangi saylovlar oʻtkazish oʻyini orqali ayrim partiyalarni hukumatga olib kelish va muvaqqat hamkorlik mavzusini taklif qilish. Bu ish Misrdagi stsenariyni boshqacharoq uslubda takrorlash orqali amalga oshiriladi. Bunda armiya idorasi va uning boshqaruvi qanday boʻlsa, shundayligicha qoladi hamda fasod ildizlari oʻzgartirilmaydi. Siyosiy vaziyat barqaror ahvolga kelgunicha ish shunday davom etaveradi, Tunisda boʻlgan ishlar bunga yaqqol misoldir.

Xotima sifatida aytamizki: Jazoir, Misr, Tunis yoki boshqasida boʻladimi bundan qatʼiy nazar haqiqiy oʻzgartirish fasod ramzlari bilan hamkorlikda amalga oshmaydi. Shuningdek, harbiy kuchni xavfsizlik sohasida qoldirish bilan hamda ilmoniy konstitutsiyani zulm va fasodni davom ettirishiga yoʻl qoʻyish bilan boʻlmaydi. Chunki Islomga asoslanmagan har qanday konstitutsiya zolim va buzgʻunchidir. Haqiqiy oʻzgartirish malay kuchlar soyasi ostida saylovlarga qatnashish va turli egri-bugri yoʻllar orqali ushbu malay kuchlarga qonuniy tus berish bilan ham amalga oshmaydi.

Haqiqiy oʻzgartirish avvalo fasod va zulm sabablarini, eng avvalo mustamlakachi oʻrnatgan siyosiy elitani ildizi bilan qoʻporib tashlash orqali amalga oshadi. Haqiqiy oʻzgartirish odamlarning dini va yashash tarziga zid zolim ilmoniy konstitutsiyaga barham berish va islomiy konstitutsiyani tatbiq qilish orqali amalga oshadi. Bu ish Ummat ichidagi xolis kishilar bilan birga faoliyat qilish hamda kofir Gʻarbga sotilgan siyosiy doira va malay kuchlarni uloqtirishni talab qiladi.

Biz xolis islomiy minbar (Roya gazetasi) orqali Jazoirdagi birodarlarimizga shunday nido yoʻllaymiz: Ey Jazoirdagi ahlimiz, hamkorlik boʻladimi yoki boshqasimi Islomdan boshqasini qabul qilmang. Siyosiy boʻladimi, yoki madaniymi yoki harbiymi ustingizdagi rejim ramzlarining qolishiga rozi boʻlmang. Zolim va buzuq konstitutsiya va undan kelib chiqqan saylov tariqatini oʻzgartirish uchun harakat qiling. Chunki bu konstitutsiyani 1991 yilda musulmonlar va siyosiy Islomni yoʻq qilish uchun zolimlar qabul qilgan. Xolis Alloh uchun va Islomni tatbiq qilish uchun faoliyat qiling. Boshqa yurtlarda boʻlayotgan qoʻzgʻolonlardan ibratlaning va oʻrganing. Zero, Paygʻambarimiz ﷺ aytganlar:

“لَا يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ”

“Moʻmin kishi bir teshikdan ikki marta chaqtirmaydi”.

Biz Allohdan Jazoir va barcha islomiy yurtlardagi musulmonlarni fasod va uning sabablarini uloqtirish va toʻgʻri odil Islom boshqaruvi bilan siylashini soʻraymiz.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.