Tramp Eronga “ulkan kuch” bilan poʻpisa qildi
Amerika prezidenti Donalьd Tramp Eronga “ulkan kuch” bilan poʻpisa qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.
Agar Eron AQShga qarshi agressiya namoyon qilsa, Amerika unga “ulkan kuch” bilan javob qaytaradi, deya maʼlum qildi prezident Donalьd Tramp.
“Eron biror narsa qilsa, u katta xatoga yoʻl qoʻygan boʻladi deb oʻylayman. Bu ulkan kuch bilan qarshi olinadi”, – dedi Tramp.
Avvalroq Tramp oʻzining Twitter᾽dagi akkauntida “agar Eron urushni xohlasa, bu uning rasmiy yakuni boʻladi”, deya maʼlum qilgan edi.
AQSh Eron atrofidagi vaziyat keskinlashgani sababli Fors koʻrfazida va uning yaqinida kamida yettita harbiy kemani toʻplagan va Patriot raketaga qarshi kompleksni keltirgan. Pentagonning maʼlum qilishicha, bu Eronning AQSh kuchlariga qarshi hujum operatsiyasiga javob va oʻz manfaatlarini himoya qilish sanaladi.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp Eron bilan urush boʻlmasligiga umid bildirishini maʼlum qildi. Eron oliy yetakchisi Ali Hameneiy Eron AQSh bilan urush olib bormasligini aytgan edi.