Rossiya Ukrainaning yangi sanktsiyalariga javob qaytardi

548
0

Rossiya Ukrainaning yangi sanktsiyalariga javob qaytardi

Rossiya Ukrainaning yangi sanktsiyalariga javob qaytardi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

“Biz oʻz manfaatlarimizni himoya qilishga majburmiz. Men hukumatning tegishli qarorini imzoladim”, – deya maʼlum qilgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

2019 yilning 1 iyunidan boshlab Rossiya Ukrainaga koʻmir, neftь va neftь mahsulotlarini faqat alohida ijozatnoma asosida yetkazib beradi.

Shuningdek, Rossiya Ukrainaning mashinasozlik, yengil sanoat va metallga ishlov berish mahsulotlariga taqiq qoʻygan.

Maʼlumki, oʻtgan hafta Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi sanktsiyalarini kengaytirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.