Afgʻoniston hukumati “Tolibon” bilan muzokaralarga 250 kishilik delegatsiya joʻnatmoqchi

873
0

Afgʻoniston hukumati “Tolibon” bilan muzokaralarga 250 kishilik delegatsiya joʻnatmoqchi

 Afgʻoniston hukumati “Tolibon” harakati bilan muzokaralar oʻtkazish uchun Qatarga 250 kishidan iborat delegatsiya joʻnatishini maʼlum qildi.

 Delegatsiya tarkibiga hukumat rasmiylari, muxolifatchilar, qabila boshliqlari, diniy yetakchilar va jurnalistlar kiritildi.

 Xabar qilinishicha, Afgʻoniston hukumati soʻnggi marta “Tolibon” harakati bilan 2013 yilda muzokara oʻtkazgan edi. Biroq bu muzokaralar samarasiz yakunlangan.

Aprelь oyi boshlarida “Tolibon” afgʻon hukumati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni olib borishga rozi boʻlsa, Toshkent muzokaralarga vositachilik qilishi mumkinligini bildirgan edi.

 Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev 4 mart kuni Qatarda “Tolibon” amirining muovini mulla Abdulgʻani Barodar bilan ham uchrashgan edi. Oʻshanda Barodar Toshkentda 2018 yilning martida Afgʻoniston boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro anjuman natijalarini yuqori baholagan.

 Maʼlumki, “Tolibon” Afgʻoniston hukumatini noqonuniy deb hisoblaydi. Shuning uchun tolibonlar afgʻon hukumati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishdan bosh tortib, AQSh rasmiylari bilan muzokara oʻtkazib keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.