Sudan rejimi xavfsizlik xizmati ustoz Nosir Rizoni hibsga oldi

563
0

Sudan rejimi xavfsizlik xizmati ustoz Nosir Rizoni hibsga oldi

Shimoliy Kordofanning Abyaz shahri politsiyasi kuchlari Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qoʻmitasi raisi ustoz Nosir Rizoni hibsga oldi. Politsiya xodimlari ustozni rajab oyida Xalifalik agʻdarilishining toʻqson sakkiz yillik xotirasi munosabati bilan qilgan maʼruzasi ortidan katta masjid oldida hibsga olishdi, soʻng ustozni xavfsizlik va razvedka xizmatiga topshirishdi. Ustoz Nosir Rizo ushbu maʼruzasida Xalifalik davlatining mustamlakachi kofirlar tomonidan agʻdarilishi ortidan Ummatning xorlik va xoʻrlikka duchor boʻlgani, yurtlari boʻlinib, boyliklari talon-taroj etilgani, bu qilmishlarda musulmon yurtlari hukmdorlari kofirlarga yordam berishgani haqida soʻzlagan edi. Shuningdek, ustoz 2019 yil 19 mart kuni peshin namozidan soʻng namozxonlarga qilgan ushbu murojaatida ularni Islom va musulmonlar azizligi uchun Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini qayta barpo etishga daʼvat qilgan edi.

Xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir aʼzosi ustoz Nazir Muhammadhusaynga ham chaqiriq qogʻozi yoʻlladi.

Bunday munkar jinoyat ortidan, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot boʻlimi matbuot bayonoti chiqarib, unda quyidagi soʻzlarni taʼkidladi:

“Abyaz politsiyasi va xavfsizlik kuchlarining bunday qilmishi Islomga zid boʻlgan juda ham xunuk ishdir. Shuningdek, ularning bu qilmishi Allohning yoʻlidan toʻsishni va botilga moyillik koʻrsatishni anglatadi. Ular bunday qilmishlarini oʻtgan yilgi Xalifalik xotirasi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlar paytida ham sodir etishgan edi. Oʻshanda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notigʻi bilan oʻn besh nafar Hizb aʼzosini hibsga olib, ularga nisbatan yolgʻon ayblovlar qoʻyishgandi. Soʻng barchalarining ishi oqlov bilan tamomlanib, qoʻyib yuborilgan edilar. Bugun ham oʻsha stsenariyni takrorlashyapti. Ularning omadsizlikka yuz tutajak maqsadlari Hizbni Ummatga haqni yetkazishdan toʻsishdir. Zotan, Ummat Hizb daʼvati orqali rejimlarning botilligi, korruptsiyaga botgani va zolimligini anglab yetgan. Shu bois, Sudan ahli butun yurt boʻylab norozilik namoyishlariga chiqib, rostgoʻy insonlarga dushmanlik qilayotgan, nasihatni ham, nasihat qilganlarni ham yomon koʻrayotgan, gʻarblik, xususan, amerikalik kofirlarni rozi qilish uchun hatto Islomga qarshi kurashayotgan bunday razil rejimni agʻdarilishini talab qilmoqda. Vaholanki, bu rejimdagilar Hizb ut-Tahrir va uning aʼzolarini na hibsga olish va na qamoqqa hukm qilishlar qoʻrqita olishini yaxshi bilishadi. Chunki Hizb aʼzolari Rahmonning rizosi uchun harakat qiladilar va bu yoʻlda uchraydigan azob-uqubatlarni Alloh Subhanahu va Taologa yaqin qiluvchi qurbonlik, deb hisoblaydilar”.

Matbuot bayonoti soʻnggida yana bunday deyiladi:

“Zolimlar qanday zulm qilishmasin va haq daʼvati oldiga tikonli-temir simlar tortishmasin ufqda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik subhi otayotgani koʻzga tashlanmoqda. Bu narsa zolimlar rejimi va kartondan yasalgan zaif zararkunanda davlatchalarning kuni bitayotganidan darak bermoqda.

 إِنَّ مَوْعِدَهُمُ الصُّبْحُ أَلَيْسَ الصُّبْحُ بِقَرِيبٍ

“Ularga vaʼda qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!” [Hud 81]”.

Roya gazetasining 2019 yil 27 mart chorshanba kungi 227-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.