Garchi hukmdorlari oʻlik boʻlsa-da, musulmonlar tirik ummatdirlar

707
0

Garchi hukmdorlari oʻlik boʻlsa-da, musulmonlar tirik ummatdirlar

Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub

Islom Ummati tirik Ummatdir. U imon va Islomi bilan tirikdir. Umuman, u Islomni sevadi, islomiy sharʼiy ahkomlar tatbiq etilishini istaydi, kufr va kofirlarni yomon koʻradi, ularning gʻayriilohiy qonunlarini rad qiladi, dinni boshqaruv, siyosat va hayotdan chetlatishga chaqirgan kimsalardan nafratlanadi. Ummatning juda-juda koʻpchiligi hukmdorlariga ishonmaydi, ularni hurmat qilmaydi, barchalarini mustamlakachi kofir qoʻlidagi bir arzongarov qoʻgʻirchoq, deb biladi, ularning balolarga giriftor boʻlishini kutadi. Shuningdek, Ummat saroy ulamolariga ham ishonmaydi va ularni togʻut hukmdorlar nima deyishsa-maʼqullaydigan haybarakallachilar, deb hisoblaydi.

Islom Ummati bularning barchasini yaxshi anglab, hech qanday gumon aralashmagan aniq narsa, deb bilmoqda. Togʻutlarni agʻdarib, oʻzidan tortib olingan saltanatini qaytarib olish uchun ularning eng qattiq azob bilan ushlanishini kutmoqda. Biroq u ayni lahza kelgani haqida bong uradigan va ilk qadamni tashlaydigan kishini kutmoqda. Shuning uchun biz Ummatni arab qoʻzgʻolonlari olovining uchquni chiqishi bilanoq otilib chiqqanini, oʻzgarish nidosiga jurʼat va mardlik ila labbay deganini, islomiy shiorlar ila uni qalban qabul qilib, tirik Ummat ekanini isbotlaganini guvohi boʻldik… U oʻzining Islom yoʼlida qurbonlar berishga, oʻz qonlarini toʻkishga doim tayyorligini koʻrsatdi… Oʻzgarish karvoni bilan tengma-teng yurishga qodirligini, bu bilan qachon fursati yetib, sharoit muhayyo boʻlsa, Islom bayrogʻini baland koʻtarishga loyiq Ummatligini namoyon qildi.

Alloh Subhanahu va Taolo Anʼom surasida bunday deydi:

أَوَمَن كَانَ مَيْتاً فَأَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُوراً يَمْشِي بِهِ فِي النَّاسِ كَمَن مَّثَلُهُ فِي الظُّلُمَاتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِّنْهَا كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْكَافِرِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ

“Avval oʻlik (kofir) boʻlgan, soʻngra biz uni (dinga hidoyat qilish bilan) tiriltirib, unga insonlar orasida oʻzi bilan birga olib yuradigan nurni (imonni) berib qoʻyganimiz bir kishi — zulmatlarda qolib ketgan va undan hech chiqolmaydigan kimsaga oʻxshaydimi?! (Moʻminlarga imonlari qanday chiroyli koʻrinsa), kofirlarga ham qilayotgan amallari ana shunday chiroyli qilib koʻrsatib qoʻyildi” [Anʼom 122]

Demak, inson imon keltirishdan oldin fikran oʻlik edi. Chunki zalolatda tentirab-adashib yurganda Alloh unga Islom bilan jon ato etdi hamda Rosulullohga eʼtiqod, amal, turmush tarzi va xatti-harakat bilan ergashishga muvaffaq qildi. Natijada, inson zalolat va nafs-havo zulmatidan Islomning haq va hidoyat nuriga koʻchib oʻtdi. Goʻyo u oʻlim olamidan hayot olamiga koʻchgandek. Shu maʼnoda, demak, kufr va zalolat oʻlik boʻlsa, imon va Islom tiriklikdir. Shuning uchun Alloh Subhanahu va Taolo anfol surasida bunday deydi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

Ey moʻminlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar. Bilinglarki, Alloh kishi bilan uning qalbi oʻrtasini egallab turur va albatta Uning huzuriga toʻplanursizlar”  [Anfol 24]

Ushbu oyati karimada Alloh Subhanahu ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ﴾ “Ey moʻminlar”, deya bizga imonimizni eslatmoqda hamda Alloh va Rosuli chaqirigʻini itoat, amal va rioya bilan qabul qilishni talab qilmoqda. Bas, agar bu talabni qabul qilsak, bizga jon kiradi, agar uni qabul qilmasak – garchi moʻmin boʻlsak ham – oʻlik qolaveramiz. Shu boisdan Alloh Taolo bizni doim itoatda boʻlishni, suyukli Rosulimiz  bizga olib kelgan har bir narsani olib, Islomdagi har bir narsaga amal qilishni eslatdi. Masalan, hashr surasi bilan anfol suralaridagi ushbu kalomi kabi:

وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

“Paygʻambar sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Allohdan qoʻrqinglar! Albatta Allohning jazosi qattiqdir” [Hashr 7]

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلَا تَوَلَّوْا عَنْهُ وَأَنتُمْ تَسْمَعُونَ

“Ey moʻminlar, Alloh va Rosuliga itoat qilingiz va (Qurʼonni) eshitib turib, undan yuz oʻgirib ketmangiz!” [Anfol 20]

Shunday qilib, kimda-kim sharʼiy ahkomlarni tatbiq qilinishiga harakat qilsa, bu yoʼlda amalni doim tark etmasa, albatta, u Alloh bilan boʻlgan aloqasini idrok etayotgan tirik inson boʻladi va haqiqiy tiriklik mana shu hisoblanadi. Kimda-kim Allohga nisbatan eʼtiborsiz boʻlsa va Islom daʼvatini yetkazishda erinchoqlik qilsa, albatta, u Alloh bilan boʻlgan aloqasini qiyib-uzgan boʻladi va u oʻlik hisoblanadi.

Mudom, Islom Ummati sharʼiy ahkomlarni tatbiq etilishi uchun jon kuydirib, shunga chanqoq ekan, demak, uning tirik-jonli ekaniga aslo shubha yoʼq. U nusratga va gʻoliblikka loyiq. Ayni damda uning hukmdorlari oʻlikdirlar. Chunki ular gʻayriinsoniy kufr qonunlarini tatbiq qilishmoqda, ilmoniy va xudosizlik maʼrifatini yoyib, oʻz xalqlariga qarshi kurashishmoqda, mustamlakachi kofir xoʻjayinlarini rozi qilishga bor kuchlarini sarflashyapti, bularni azbaroyi shu oʻtkinchi taxtlarini saqlab qolish maqsadida amalga oshirishyapti, boshqa maqsadda emas.

Bu hukmdorlar musulmon olamida bechora musulmonlarning qatli om qilinayotganini, erkaklar, ayollar, bolalar va qariyalardan musulmon boʻlganlari uchun oʻch olinayotganini, qochqinga aylantirilib, och qoldirilayotganini koʻra turib, miq etishmayapti. Mana, oʻtgan oy Afrikaning Burkina-Faso, degan davlatida gʻayrimusulmon qabila, musulmon qabiladan oʻnlab musulmonni dahshatli ravishda qirib tashlashdi… Bu kabi qotillik ayni davlatning repressiya ostida yashovchi oʻn sakkizta musulmon qishloqlarida sodir etilgan. Ammo bu bechoralar birorta ham yordam beruvchi kishini topmadilar, hatto ommaviy axborot vositalari ham bu haqda gapirmadi. Sharqiy Turkistonda musulmonlar diyori ulkan qamoq lageriga aylanmoqda… U yerda jinoyatkor Xitoy musulmonlarga qarshi turli zulmu sitamlar koʻrsatishyapti. Hatto shu darajadaki, musulmonlarni namoz va roʻza kabi ibodatlarini qilishni ham taqiqlashyapti, shu orqali dinlaridan chiqarib, dinsizga aylantirishga urinishyapti… Shuningdek, ularni nikoh qurish va farzand koʻpaytirishdan turli iflos uslublar bilan mahrum qilishyapti. Biroq musulmon yurtlaridan birortasi ularni himoya qilishga harakat qilmayapti, vahshiy Xitoyning bunday xatti-harakatiga loaqal eʼtiroz ham bildirishmayapti. Biz ularni shunday qilish oʻrniga, Sharqiy Turkistondan kelgan uygʻur musulmonlardan ayrimlarini oʻz yurtlaridan jinoyatkor Xitoyga – qamasin va qatl qilsin uchun – ekstraditsiya qilishayotganini guvohi boʻlyapmiz!! Oʻzaro esa, bu davlatlar soxta qarama-qarshilik bilan ovora boʻlib yurishibdi hamda jamiyatni buzish va razolat tarqatish maqsadida Gʻarbning nopok tsivilizatsiyasiga oid tushunchalarini yoyishmoqda.

Biroq Islom xalqlari mana shunday ogʻir sharoitda yashab, zaiflik holatini boshdan kechirayotgan boʻlsalar-da, ularni yakkayu yolgʻiz saqlab turgan qoʻrgʻoni Islomga boʻlgan imonlaridir. Mana shu imonlari ularni toyilishdan saqlamoqda… Gʻarbning yolgʻon soxta tsivilizatsiyasiga oid fikriy kurashiga aldanishdan himoya qilmoqda. Chunki musulmon oilalarning jipsligi va nikoh bilan bogʻliq sharʼiy ahkomlarga qattiq amal qilishi ikkinchi qoʻriqlovchi qoʻrgʻondirki, bu ularni Gʻarb davlatlari boshdan kechirayotgan va keng koʻlamda yoyilib ketgan buzuq illatlardan saqlamoqda. Endi, ushbu musulmon xalqlar orasida mabdaga asoslangan islomiy hizblarning borligi, ularning roshid Xalifalikni barpo etish, Alloh yoʼlida jihod qilish va islomiy sharʼiy ahkomlarni hayotning hamma sohalarida keng koʻlamda toʻla tatbiq qilib, islomiy hayotni qayta boshlash mafkurasini mahkam ushlaganligi esa, uchinchi qoʻrgʻondir. Yanada mustahkam ushbu qoʻrgʻon Ummatning harakat kompasini toʻgʻri yoʼnalishga solmoqda.

Mana, Ummat ushbu uchta qoʻrgʻoni bilan, kofirlarning qaqshatqich hujumlari qarshisida afsonaviy qoya misol sobit turishga hamda sabr qilib, roshid Xalifalik davlatini va Islom diyorini barpo etish uchun faoliyat qilayotgan uchinchi qoʻrgʻon vakillari bilan birga harakat qilishga qodir boʻlib turibdi.

Allohning izni ila, ushbu Xalifalik Ummatga qaytsa va Ummat ham Xalifalikka qaytsa, ana shunda musulmonlar noumidlik, tushkunlik, barbodlik va sinish nima ekanini bilmaydilar.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.