AQSh O‘zbekiston bilan hamkorlik mustahkamlanib borishiga umid qilmoqda

671
0

AQSh O‘zbekiston bilan hamkorlik mustahkamlanib borishiga umid qilmoqda

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari, elchi Elis Uells O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Davlat kotibi yordamchisi birinchi o‘rinbosari Uells Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan birgalikda AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazish maqsadida AQSh hukumati idoralararo delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

U global va mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni, iqtisodiy va savdo kelishuvlari, inson huquqlari va diniy erkinliklar hamda sud islohoti, xalq ta’limi va xotin-qizlar huquqi bo‘yicha AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma dasturlarni muhokama qilish uchun O‘zbekiston hukumati yuqori lavozimli vakillari bilan uchrashadi. Bu Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik sohasida yangi davrni ochib bergan, prezident Mirziyoyevning 2018 yil may oyida Vashingtonga qilgan tarixiy tashrifidan so‘ng o‘tkazilayotgan birinchi yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘ladi.

Qo‘shma Shtatlar prezident Mirziyoyevning islohot dasturlari hamda ikki xalqlar o‘rtasidagi kuchli ikki tomonlama aloqalarning rivojini qo‘llab-quvvatlar ekan, O‘zbekiston bilan hamkorlik yanada mustahkamlanib boradi deb umid qiladi, deyiladi AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabarida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.