Breksit bo‘yicha o‘tkazilgan Britaniya referendumining asl mohiyati!

936
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Breksit bo‘yicha o‘tkazilgan Britaniya referendumining asl mohiyati!

Savol:

Britaniya parlamenti 2019 yil 16 yanvarda Mey hukumatiga ishonch bildirib ovoz berdi. Natijada, Mey g‘alaba qozonib, iste’foga chiqarilmadi: «Muxolafatdagi Leyboristlar partiyasi Mey hukumatiga ishonchsizlik bildirish taklifi bilan chiqqan edi. Britaniya parlamentining quyi palatasi esa, chorshanba kuni bu taklifni rad etdi. Mey hukumatini qo‘llab 325ta ovoz berilgan bo‘lsa, 306ta qarshi ovoz berildi. Ya’ni, seshanba kuni Breksitga qarshi ovoz bergan Konservatorlar partiyasidan bo‘lgan yuzga yaqin deputat ertasiga chorshanba kuni hukumatga ishonchsizlik bildirish masalasiga qarshi ovoz berdi». (Frans-Press, 2019 yil 16 yanvar). Buni qanday tushunish mumkin? Axir, Mey partiyasidan bo‘lgan yuzga yaqin shaxs uning Breksit loyihasiga qarshi muxolafat foydasiga ovoz berib, 202 ovoz muqobilida 432 ovoz bilan Meyning Breksit loyihasini muvaffaqiyatsizlikka uchratgan edi. Ertasiga esa, ular Meyning raqiblariga qarshi ovoz berib, bosh vazir hukumatiga nisbatan bildirilgan ishonchsizlikka qarshi ovoz berishdi, go‘yo masala rollarni bo‘lishib olishga o‘xshaydi! Keyin, 2016 yilda Breksitga rozilik bildirilib, bugun uning amalga oshirilishiga ikki oy qolganda rad etilyapti, buni qanday tushunamiz? Alloh ajringizni bersin.

Javob:

Britaniya o‘z maqsadiga yetish yo‘lida makkorlik qilishga, o‘yin qilib, vaqtni cho‘zishga ustasi farang bo‘lib ketgan, bunga shubha yo‘q. Javobimiz aniq bo‘lishi uchun quyidagilarni keltiramiz:

Birinchi: Bundan ikki yarim yil muqaddam, 2016 yil 23 iyunda bo‘lib o‘tgan referendumdan so‘ng 2016 yil 5 iyulda nashr qilgan savolga javob nashramizdagi ba’zi iboralarni keltirib o‘tmoqchimiz. O‘shanda biz 2019 yil 15 yanvarda sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni shunday tus olishini taxmin qilgan edik:

1 – Britaniyada 2016 yil 23 iyunda Yevropa Ittifoqida qolish yoki undan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazildi. Referendum natijasida chiqishni yoqlab taxminan 52 % ovoz berildi. Buning ortidan Britaniya bosh vaziri Kemeron iste’foga chiqishini e’lon qildi. Lekin uning hukumati uch oy muddat ishlab turadigan bo‘ldi… Ma’lumki, Kemeron o‘zining 2015 yilgi saylov kampaniyasida agar bu saylovlarda g‘olib chiqsa mana shu referendumni o‘tkazishni va’da bergan edi. Bu bilan Britaniya alohida imtiyozlarni qo‘lga kiritish uchun referendum o‘tkazishga imo-ishora qilgandi. Bu – uning doimiy odatidir. Bu bilan Britaniya Yevropa Ittifoqini va boshqa a’zo davlatlarni o‘zining Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqida referendum o‘tkazish qarori paydo qiladigan siyosiy va iqtisodiy sarosimadan qo‘rqitib kelayotgan edi!

2 – Britaniyaning ittifoq tomonidan erishiladigan yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun referendum bilan tahdid qilish siyosati bir yangilik emas. Aksincha, bunday siyosat Britaniya ittifoq tarkibiga kirgan ilk yillardan boshlab yurgizib kelinayotgan siyosatdir. Chunki Britaniya 1973 yil yanvarda Yevropa iqtisodiy guruhiga a’zo bo‘lganidan boshlab – Yevropa Ittifoqiga a’zo ekanligiga qaramay – o‘zining valyutasi «funt sterling»ni saqlab qolish va «shengen» zonasidan tashqarida qolish uning doim foydalanadigan alohida statusi bo‘lib kelgan. Britaniya o‘zining ittifoqda qolishi to‘g‘risida «referendum» o‘tkazish g‘oyasidan Yevropa davlatlariga nisbatan bir shantaj sifatida foydalanib keldi. U shu orqali ittifoq ichkarisida qo‘shimcha alohida imtiyozlarga erishmoqchi bo‘ldi. Masalan, Britaniya 1975 yilda o‘zining ittifoqda qolishi shartlarini yaxshilash bo‘yicha referendum o‘tkazdi va unda britaniyaliklar Yevropa iqtisodiy guruhida qolishni yoqlab ovoz berishdi… Britaniya shu orqali o‘zining g‘araz maqsadlariga – hatto ular iflos g‘araz maqsadlar bo‘lsa ham – erishmoqchi bo‘ldi! Bu referendumda Konservatorlar partiyasi ayyorlik bilan harakat qildi. Chunki bu partiyaning odamlari bir vaqtning o‘zida ikki kampaniyani: ittifoqda qolish va undan chiqish kampaniyasini boshqarishdi!!

3 – Kemeron boshchilik qilayotgan hukmron konservatorlar partiyasining mazkur referendum mavzusidagi siyosatiga chuqurroq nazar tashlash Kemeronning natijalar uzil-kesil bo‘lmasligini, masalan teng bo‘lishini kutganligini ko‘rsatmoqda. Chunki shunda natijalar qabul qilish va rad qilish o‘rtasida bo‘lib qolardi-da natijada ittifoqqa qaytish uchun yo‘l ochiq bo‘lib qolardi yoki bu uzil-kesil bo‘lmagan natijalar ittifoq bilan yangi muzokara olib borishga yo‘l ochish uchun bir bahona qilib olinardi. Ittifoqda qolish kampaniyasini ham va undan chiqish kampaniyasini ham konservatorlar partiyasining o‘zi shu maqsadda boshqargan edi… Shuning uchun ham aslida bu ikki kampaniyadan hech qaysinisi qolish yoki chiqish to‘g‘risida – bu referendum ittifoq tomonidan qo‘shimcha yon berishlarga erishishga bir yo‘l bo‘lishiga jiddiy uringanchalik – jiddiy bo‘lmadi. Shuning uchun demak Britaniyaning chiqishni amalga oshirishni zo‘r berib ortga cho‘zishi kutiladi. Uni amalga oshirish yillarga cho‘zilishi ham mumkin. Bu – agar Britaniya rostdan ham chiqadigan bo‘lsa shunday bo‘ladi. Zero, Britaniya ifloslik va aldovda mohir bo‘lib ketgan. Bu narsa bayonotlardan va axborot vositalari tarqatayotgan sharhlardan shundoq ko‘rinib turibdi… Bularning barchasi referendum natijasini amalga oshirishdagi bu ortga cho‘zishning ehtimoli kuchli ekanligini ko‘rsatmoqda. Balki referendumning o‘zi to‘g‘risida ham makru hiylalar qilinishi mumkin…». (Hijriy 1437 yil 30 ramazon – milodiy 2016 yil 5 iyuldagi savolga javob nashramizdan keltirilgan iqtibos tugadi).

Ikkinchi: Bugun yuz berayotgan ishlar biz oldindan aytib kelgan narsani deyarli tasdiqlamoqda. Zero, biz Britaniyaning o‘z manfaatlarini qo‘lga kiritish uchun turli xil referendum o‘yinlarini ishga solishini, vaqtni cho‘zib, mug‘ombirlik qilishini, o‘z maqsadi yo‘lida hatto yovuz ishlarni ham amalga oshirishi mumkinligini aytgan edik. Quyidagi ishlarni tafakkur qilsak, bu yana-da yorqinlashadi:

1 – Mey parlamentning quyi palatasida katta mag‘lubiyatga uchradi. Ya’ni, «Yevropa Ittifoqi bilan erishgan Ittifoqdan chiqish to‘g‘risidagi kelishuv juda ko‘p ovoz bilan rad etildi va bu mamlakat tarixidagi hukumatlar uchragan eng katta parlament mag‘lubiyati bo‘ldi. Chorshanba kuni 202 deputat kelishuvni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 432 deputat qarshi ovoz berdi». (Bi-Bi-Si, 2016 yil 16 yanvar). Bu esa, 29 mart kuniga belgilangan Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risidagi kelishuvning tatbiq etilmasligini anglatadi. Chiqish to‘g‘risidagi muhokamalar an’anaviy hukmron Konservativ partiya yo‘nalishlari bo‘yicha ketmadi, balki parlamentdagi konservatorlardan 118 nafari bosh vazir Meyning Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risidagi bitimiga qarshi ovoz berib, muxolafat partiyalariga qo‘shilib oldi. (Bu – 1924 yildan beri Britaniya parlamentidagi eng katta yo‘qotish va yangi asrdagi Britaniya hukumatining eng yomon mag‘lubiyati hisoblanadi». (Bi-Bi-Si, 2019 yil 15 yanvar).

2 – Mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqish bitimi parlament tomonidan rad etilgandan so‘ng Muxolafatdagi Leyboristlar partiyasi rahbari Jeremi Korbin Tereza Mey hukumatiga ishonchsizlik bildirish mavzusini muhokamaga qo‘yganini bildirib, bunday dedi: «Bu hukumat palata ishonchini yo‘qotdi, quyi palatadagi janoblar, ma’lumingiz bo‘lsinki, men hukumatga ishonchsizlik bildirish mavzusini muhokamaga qo‘ydim, bu taklifim ertaga bahs-munozara qilinadi, degan umiddaman». (RT Arabic, 2019 yil 15 yanvar). Biroq, ertasi kungi berilgan ovozlar natijasi Mey foydasiga bo‘ldi. Chunki Konservatorlar partiyasining 118 nafar deputati qolgan konservatorlar bilan birgalikda muxolafatga qarshi ovoz berib, Meyga bo‘lgan ishonchsizlik harakatiga to‘siq qo‘yishdi. Shunday qilib, «Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi Britaniya hukumatiga qarshi ko‘rsatgan ishonchsizlik bildirish amalga oshmaganidan keyin bosh vazir Tereza Mey parlamentning quyi palatasida 306 ovoz muqobilida 325 ovoz bilan mag‘lubiyatni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan qayta umumiy saylovlar o‘tkazishga hojat qolmadi. Parlamentning quyi palatasida hukumatga ishonchsizlik bildirish 26 yildan beri birinchi marta bo‘layotgan holatdir… Shundan so‘ng muxolafat liderlari Breksit mavzusini muhokama qilish uchun chorshanba kunidan boshlab, zudlik bilan yig‘in o‘tkazishga chaqirishdi… Zero, seshanba kuni Breksitga qarshi ovoz bergan Konservatorlar partiyasidan bo‘lgan yuzga yaqin deputat ertasiga chorshanba kuni hukumatga ishonchsizlik bildirish masalasiga qarshi ovoz berdi». (Frans-Press, 2019 yil 16 yanvar). Bu narsa Meyda 2019 yil 21 yanvarga qadar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan bir imkoniyatni paydo qildi. Ya’ni Mey «Alternativ reja taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, uning qo‘lida ko‘plab variantlar ham bor, masalan, Bryusselda qayta muzokara o‘tkazish yoki kelasi 29 martga belgilangan Breksit muddatini keyinga surishni talab qilish yoxud hech qanday bitimsiz chiqib olish kabi variantlar! Yevrokomissiya raisi «Britaniyani qanday niyatlari borligini mumkin qadar tez vaqt ichida ochiqlashga chaqiraman, oldimizda ko‘p vaqt qolmadi», dedi. (Anbo sayti, 2019 yil 17 yanvar).

3 – Shunday qilib, Britaniyadagi ovozga qo‘yish o‘yinlarining haqiqati ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, 2019 yil 15 yanvardagi berilgan ovozlar natijasida uning Breksit loyihasi barbod bo‘ldi. Agar mana shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ertasiga chorshanba (2019 yil 16 yanvar) kuni ham berilgan ovozlar natijasida Mey hukumatiga ishonchsizlik bildirilishi kerak edi. Biroq, bunday bo‘lmadi, aksincha Mey g‘alaba qozonib, unga ishonch bildirildi. Vaholanki, uning loyihasi bir kun avval barbod bo‘lishi va ertasiga Meyning g‘alaba qozonishi bir-biriga qarama-qarshi narsa!

To‘g‘ri, Mey partiyasidan 118 nafar kishi uning loyihasiga qarshi ovoz berib, muxolafat ochkosini ko‘paytirdi va bu bilan Mey loyihasini barbod etishdi. Biroq, Mey partiyasidagi mana shu 118 nafar kishi ertasiga muxolafatga qarshi ovoz berdi. Ya’ni, Meyga ishonchsizlik bildirilishiga qarshi ovoz berdi. Bu bilan Mey qayta ishonch qozonib, loyihasi barbod bo‘lsa ham o‘zi iste’foga chiqarilmadi!

4 – Yuqoridagi gaplardan quyidagilar ayon bo‘ladi: 2016 yil referendumidan maqsad shu bo‘lganki, Britaniyaga Yevropa Ittifoqi bilan yangi munosabat shartlarini takomillashtirib olish uchun bir bahona kerak bo‘lgan. Shuning uchun ham Mey o‘z partiyasidagi 118 nafar kishining muxolafat tarafida turib o‘ziga qarshi ovoz berishiga va bu bilan muxolafat ochkosini ko‘paytirishlariga qo‘yib berdi. Ya’ni, o‘zining Breksit loyihasining barbod bo‘lishiga qo‘yib berdi! Agar Mey 2016 yilgi referendum o‘zgarishsiz qolishini istaganda edi, partiyasidagi buncha kishilarning o‘ziga qarshi ovoz berishiga ruxsat bermagan bo‘lardi. Biroq, hukumatiga ishonchsizlik bildirilgach esa, lavozimdan ketmaslik uchun ana shu 118 nafar kishining muxolafatga qarshi ovoz berishiga undadi! Uning bu ishlardan ko‘zlagan maqsadi, Yevropa Ittifoqini provokatsiya qilishda davom etishdir. U bu provokatsiyalarini ma’lum vakolatlarga ega bo‘lish, manfaatlarni qo‘lga kiritish hamda Yevropa bilan yangi munosabat shartlarini joriy qilish uchun amalga oshirmoqda. Aslida, Britaniya bu Ittifoqdan na butkul chiqa oladi, na undagi hozirgi qonunlari bilan qola oladi. Chunki butkul undan chiqish Britaniya ichkarisidagi xalqlar jipsligiga, ayniqsa, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya xalqlari birligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun u qolmoqchi bo‘lyapti-yu, biroq ma’lum shartlar bilan qolmoqchi bo‘lyapti. Mabodo, chiqishdan boshqa chora topa olmasa, Ittifoq hisobiga ma’lum vakolatlarni qo‘lga kiritish bilan chiqmoqchi!

5 – O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi ham Birlashgan Qirollikni «Qanday niyati borligini mumkin qadar tez vaqt ichida ochiqlash»ga chaqirdi, «Bunday ovoz berish bilan betartib ravishda chiqish xavfidan ogohlantirdi». (CNN Arabiya, 2019 yil 15 yanvar). Biz yuqorida 2016 yilgi referendumga oid nashramizda yana bunday degan edik: «Yevropaning Britaniya o‘yinlarini tushuna boshlaganligi ko‘rinib turibdi. Chunki Britaniya o‘zining manfaatlarini norveg va shved modeli asosida himoya qilish uchun bir norasmiy bitim tuzishni istayapti. Britaniya bunga ittifoqdan ajralib chiqish tadbirlarini boshlash uchun Lissabon shartnomasining 50 moddasi bo‘yicha ish yuritishga o‘tishdan oldin erishmoqchi. Lekin Norvegiya va Shvetsiyaga teskari o‘laroq Britaniya Yevropa bozoriga kirib borishni istayapti va britaniyalik saylovchilar o‘rtasida asosiy masala bo‘lgan shaxslarning erkin ko‘chib yurishiga qarshi chiqmoqda. Merkel buni qat’iy ravishda ehtimoldan uzoq sanadi. Qolaversa, shaxslarning erkin ko‘chib yurishi Yevropa Ittifoqi muqaddas sanaydigan erkinliklardan biridir. U bilan bir qatorda tovarlar, xizmatlar va sarmoya ayirboshlash erkinligi ham bor. Yevropa Ittifoqi Britaniyaning tulkiligini yaxshi tushunib turibdi. Shuning uchun ham ittifoq bu g‘oyani qat’iyan rad etibgina qolmay, balki 27 a’zo davlatlarning birontasi bilan Britaniya o‘rtasida har qanday yashirin so‘zlashuvlar bo‘lishini ham man qildi. Masalan, yevrokomissiya boshlig‘i Jan-Klod Yunker: «Juda ochiq-ravshan bo‘lishimga ruxsat bergaysiz, Britaniya hukumati bilan yashirin urinishlar bo‘lishi mumkin emas», dedi. U bu ishni komissiyaning barcha xodimlariga juda aniq ravshan bayon qilib bunday dedi: «Yashirin muzokaralar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi… Yashirin muzokaralar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi». (Evening standard, 2016 yil 28 iyun).

6 – Shunga qaramay, Britaniya Yevropa Ittifoqiga o‘z niyatlarini bildirishi kerakligiga parvo ham qilmayapti. Aksincha, yaqinda bo‘lib o‘tgan 2019 yil 15 yanvardagi ovozga qo‘yish o‘yinlarini davom ettirmoqda. Natijada, Breksit bo‘yicha 2016 yilgi referendum barbod bo‘ldi. Ammo loyiha sohibasi Meyga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik amalga oshmay, aksincha, yangi loyiha va alternativ rejalarni joriy qilish uchun qayta ishonch qozondi! Xususan, Ittifoqda qolish yoki qolmaslikdan qat’iy nazar, Irlandiya masalasini hal qilib olishni xohladi va shunday ham bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalari Meyning bu yo‘ldagi rejalari to‘g‘risida quyidagicha xabarlar tarqatdi:

a)    Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey bugun 2018 yil 21 yanvar dushanba kuni parlamentga «O‘zining «alternativ» rejasini ochiqladi. Bu – deputatlar Yevropa Ittifoqi bilan erishilgan Breksit bitimiga norozilik bildirishlari ortidan bo‘ldi. Ya’ni, agar deputatlar chiqib ketish vaqtini kechiktirishga yoki Yevrokomissiyani rozi qiladigan biror alternativ rejaga erishishga muvaffaq bo‘lisholmasa, Britaniya Yevropa Ittifoqini kelasi 29 mart kuni hech qanday bitimsiz tark etadigan bo‘ldi. Mey kelgusida qanday ish qilish bilan bog‘liq rejalarini belgilab olganidan so‘ng, deputatlar qator o‘zgartishlarni o‘rtaga tashlaydi va bu o‘zgartishlar joriy 29 yanvarda ovozga qo‘yiladi. Parlament rozi bo‘lmagan Breksit bitimidagi ko‘proq ixtilofli band «xavfsizlik tarmog‘i» bandidir. Bu – Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan uzoq muddatli savdo shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘lolmagan taqdirda, Irlandiya bilan bo‘lgan chegaralarda erkin harakatlanishni davom ettirish qonunining ta’minlanishi aytilgan banddir. Sendi Tayms gazetasida aytilishicha, Mey Dublin bilan alohida bitimlarni taklif qiladi». (Misroviy sayti, 2019 yil 21 yanvarda Frans-Pressga tayangan holda nashr qildi).

b)    Meyning 2019 yil 21 yanvardagi bayonotiga ko‘ra, u «o‘tgan oy yevropalik rahbarlar bilan erishgan bitimga o‘zgartishlar kiritish masalasini muhokama qilish uchun yana Bryusselga borishni rejalashtirmoqda. Mey jumladan bunday dedi: «Bu hafta o‘z burchlarimizga qanday amal qilishimizni ko‘rish uchun, hamkasblar bilan, shu jumladan, Shimoliy Irlandiyadagi Demokratik Birlik partiyasi mulozimlari bilan uchrashaman». Bu muhokamalar ichida «chegaralarni qayta tiklashdan chetlashish» ham bor bo‘lib, bu parlamentning quyi palatasida «mumkin qadar kuchliroq qo‘llab-quvvatlovga erishishni ta’minlaydigan uslubda» amalga oshiriladi. Mey «Bu muhokamalar natijasini Yevropa Ittifoqiga batafsil bayon qilaman», deya qo‘shimcha qildi. Yevropa Ittifoqi davlatlari Mey tashlaydigan kelgusi qadamlarni yaqindan kuzatib turadi». (Frans 24, Frans-Press, 2019 yil 21 yanvar).

v)    «Mey Breksit bo‘yicha o‘z pozitsiyasida ba’zi o‘zgarishlar borligini ochiqladi. Ya’ni, Britaniya bosh vazirasi parlament bilan muhokamalarda «ko‘proq murosasoz» bo‘lishga, britaniyalik ishchilar haq-huquqlarining ta’minlanishi bilan bog‘liq muxolafatdagi Leyboristlar partiyasining talablariga javob berishga, Shimoliy Irlandiya bilan Irlandiya Respublikasi o‘rtasida qattiqqo‘l bojxona choralarini qayta joriy qilinishiga doir xavfni bartaraf qilishga… va’da berdi. Shuni ta’kidlash lozimki, Tereza Meyning Britaniya parlamentiga Yevropa Ittifoqidan chiqish shartlari bilan bog‘liq yangi reja taqdim etishi kutilmoqda. Ma’lumki, yaqinda 15 yanvar kuni parlament Mey hukumati bilan Bryusselda erishilgan birinchi bitimni rad qilgan edi. Yangi rejaga Britaniya parlamenti 29 yanvarda ovoz berishi kutilmoqda». (RT Arabic, 2019 yil 21 yanvar).

7 – Xulosa: Britaniya hech qanday burchga vafo qilmaydigan davlat. Bil’aks, u har qanday bitimni referendum o‘yini bilan o‘zgartiradi, almashtiradi, o‘z manfaatiga yetish uchun bu kabi masalada har qanday nopok makr-hiyladan tap tortmaydi. Masalan, kuni kecha Breksit loyihasi bo‘yicha bitim imzolab, bugun Britaniya referendumi orqali uni yo‘qqa chiqardi! Maqsadi, ayni loyihaga Yevropa Ittifoqiga zarar keltiradigan suratda o‘zgartish kiritish bilan uni provokatsiya qilishdir. Umuman olganda, butun kapitalistik G‘arbda o‘zgarmaydigan biror qadriyat yo‘q. Ammo Britaniya o‘zining eskidan mustamlakachiligi sababli boshqa G‘arb davlatlariga nisbatan yanada makkor, yanada nopokdir. Britaniya Ittifoqdan birato‘la chiqib ketishni istamaydi, balki undan chiqmagan va ayni paytda Ittifoqda qolmagan holda, Ittifoqni boshqacha qolipga solmoqchi! Ittifoq qonun-qoidalariga rioya qilmagan holda, u bilan bo‘lgan munosabatlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishni davom ettirmoqchi. Yuqorida aytganimizdek, birinchi referendumdan so‘ng hamda Britaniyaning paysalga solayotgani ko‘rinib qolgandan keyin, Germaniya kansleri Merkel Londonga quyidagicha ochiq xat jo‘natdi: «Britaniyaning – Ittifoqdan chiqish borasida referendum o‘tkazilganidan keyin –vakolatlarni qo‘lga kiritishga va bir vaqtning o‘zida, o‘zining barcha burchlaridan voz kechishga haqqi yo‘q». (DPA, 2016 yil 28 iyun).

Shubhasiz, Yevropa Ittifoqi agar birinchi Breksit loyihasiga rioya qilish va uning bandlariga hech qanday o‘zgartish kiritmaslik ustida qattiq tursa, Britaniyaga o‘z qilmishlari oqibatlarini tottirib qo‘yishi mumkin. Bu bilan Britaniya oldida yo buni qabul qilish yoki Ittifoqdan chiqib ketishdan o‘zga chora qolmaydi. Agar Yevropa Ittifoqi shunday qilsa, Britaniyani o‘zi qazigan chuqurga o‘zini tushirishi mumkin. Biroq, Ittifoq Britaniya tiqishtirayotgan o‘zgartishlarga rozi bo‘lsa, u holda, Britaniya uning yelkasiga minib olishda davom etaveradi, uni g‘aflatda qoldirib, yerga qulatmaguncha yelkasidan tushmaydi!

Ilmoniylikni va kapitalistik tuzumni qabul qilgan millatlar ahvoli mana shu. Bir-birlariga chuqur qaziydilar, oqibatda ularning biri yoki barchasi chuqur qa’riga qulaydilar. Zero, ularni na biror qadriyat tiya olsin va na biror g‘urur to‘xtata olsin. Aksincha, Allohning shariatiga rioya qilmagan o‘zlaridan oldingi millatlar kabi, ularning kuch-quvvati faqat o‘z o‘rtalarida kuchli bo‘lishdan nariga o‘tmaydi:

﴿بَأْسُهُمْ بَيْنَهُمْ شَدِيدٌ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعاً وَقُلُوبُهُمْ شَتَّى ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَا يَعْقِلُونَ﴾

«Ular o‘z o‘rtalarida kuchli-quvvatlidirlar, (ya’ni, jang-jadal bo‘lmasdan turib o‘zaro kuch-qudratli ekanliklari haqida lof uraveradilar, ammo jang paytida ojiz-qo‘rqoqdirlar). (Og‘izlaridagi so‘zlaridan) ularni bir deb hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir»  [Hashr 14]

Ushbu olamni isloh etishning hamda to qulog‘igacha botgan badbaxtlikdan uni qutqarishning yagona yo‘li Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali Allohning shariati bilan boshqarishdir. Zotan, ushbu davlat faqat o‘z atrofiga adolat va ezgulik ulashibgina qolmay, balki, Allohning izni ila, bu adolat va ezguligi ta’siri butun olamga yetib boradi.

﴿وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُ بَعْدَ حِينٍ﴾

«Albatta sizlar uning xabarini (ozgina) vaqtdan so‘ng bilib olursizlar»   [Sod 88]

19 jumodus-soniy 1440h

25 yanvar 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.