Qirgʻiziston daromadining 35 foizi xorijdan yuboriladigan pullar hisobidan qoplanadi

922
0

Qirgʻiziston daromadining 35 foizi xorijdan yuboriladigan pullar hisobidan qoplanadi

Chet elda ishlayotgan qirgʻizistonlik ishchilarning oʻz oilalariga yuborayotgan pullari hozirgi kunda Qirgʻizistonning eng katta daromad manbaiga aylanib qolmoqda.

Bir milliondan ortiq qirgʻizistonlik ishchilar xorijiy mamlakatlarda, xususan, Rossiya va Qozogʻistonda mehnat qilishadi. Bulardan 800 ming kishi Rossiya Federatsiyasida ogʻir sharoitlarda ishlaydi.

2017 yilda qirgʻiz ishchilari tomonidan oilalariga yuborgan pullarining jami qiymati 2,5 milliard dollarga yetgan. Bu raqam davlatning yillik xarajatlaridan ham ortiqdir.

Qirgʻizistondagi koʻplab oilalar xorijdan kelayotgan daromad bilan kun koʻrishadi. Ularning aytishlaricha, agar xorijda ishlab yurgan oila aʼzolari tomonidan yuborib turiladigan mablagʻ boʻlmasa, Qirgʻizistonda kun kechirish oʻta qiyin. Xususan, mamlakat janubida joylashgan Batken, Oʻsh va Jalolobod kabi shaharlarda yashovchi aholining aksariyati chet elda ishlab yurgan oila aʼzolarining yuboradigan pullariga qaram boʻlib qolgan.

Qirgʻiziston Markaziy Osiyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biridir. Mamlakatning aksar qismi togʻli hududlardan iborat.

Qirgʻiziston iqtisodiyotining 35 foizi tashqi davlatlarda ishlab yurgan qirgʻiz ishchilarini joʻnatayotgan pul oʻtkazmalari hisobidan qoplanadi. Bu sohada Qirgʻiziston dunyoda birinchi oʻrinni egallaydi. Qirgʻizistondan soʻng Tongo, Tojikiston va Gaiti davlatlari turadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.