Almazbek Atambayev: Qirgʻizistonning hozirgi rahbarlari Bakiyevlar yoʻlidan ketmoqda

899
0

Almazbek Atambayev: Qirgʻizistonning hozirgi rahbarlari Bakiyevlar yoʻlidan ketmoqda

 Bakiyevlar istalgan kishini oʻldirishlari mumkinligini koʻrsatish uchun Medet Sadirqulovning boshiga yetgandi. Hozirgi rasmiylar esa beayb kishilar – Kubanichbek Kulmatov va sobiq bosh vazir Sapar Isakovni hibsda saqlamoqda. Bu haqda Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev “Aprelь” kanaliga bergan intervьyusida maʼlum qildi, deya xabar beradi “K-News”.

 Atambayev prezidentlikka nomzod Sooronbay Jeenbekovning harajatlari koʻrsatilgan hujjat paydo boʻlganiga izoh berdi.

 “Bu hujjat aynan hozir yuzaga chiqib qolgani tushunarli – Ikrom Ilmiyanov qoʻlga olingan. Mazkur hujjatni buxgalteriyani shtab buxgalteri bilgan. U muddatsiz taʼtil olib, boshqa davlatga joʻnab ketdi. U oʻz hayotidan xavfsiramoqda. Nafaqat u, balki bu hujjat haqida bilganlarning barchasi jonidan xavotirda. Chunki hozirgi rasmiylar Bakiyevlar yoʻlidan ketmoqda”,- dedi Qirgʻizistonning sobiq prezidenti.

 Sobiq prezident amaldagi hokimiyat odamlarni qoʻrqitish uchun gunohsiz odamlarni qamayotganini ham iddao qildi.

 “Ular gunohsiz odamlarni qamab qoʻyishmoqda. Qubanichbek Qulmatovni, Sapar Isaqovni qamash orqali: “Biz xohlagan odamni qamaymiz, kerak boʻlsa oʻldiramiz”, deyishmoqda. Shuning uchun odamlar oʻz hayotidan xavfsiramoqda. Ilmiyanovni qamashmaganida bu hujjat oshkor etilmas edi. Balki bu oila oʻzlarining haqiqiy yuzlarini yana anchagacha yashirib yurishar edi. Meni hayron qoldirgani, qonunda biz maxsus fond mablagʻlariga cheklovni olib tashlaganmiz. Agar bu toza pul boʻlsa, nega ishlatilgan mablagʻni ochiq koʻrsatishmadi? -dedi Almazbek Atambayev.

 Amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekov va uning maʼmuriyati Atambayevning bu intervьyusiga munosabat bildirmadi. Ammo 16 noyabr kuni “24.kg” axborot agentligiga intervьyu bergan Sooronbay Jeenbekov Atambayev bilan munosabatlari rasman buzilganini tasdiqlagan edi.

 “Men hech qachon Atambayev bilan munosabatim buzilganini aytgan emasman. Ha, biz uzoq vaqt partiyadosh va maslakdosh boʻlganmiz. Biroq mendan yetovdagi rahbar yasashga harakat qilish, qanaqadir uchinchi shaxslar orqali meni boshqarishga urinish Atambayevga inson sifatida ham, sobiq prezident sifatida ham, partiyadosh va maslakdosh sifatida ham obroʻ-eʼtibor keltirmaydi. Menga uning bu harakatlari mutlaqo tushunarsiz boʻldi”, -dedi Sooronbay Jeenbekov “24.kg” axborot agentligiga bergan intervьyusida.

 Bishkeklik huquq faoli Nurbek Toktakunov 15 noyabrda Feysbukdagi sahifasida amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekov prezident saylovida rasman eʼlon qilinganidan koʻp mablagʻ xarjlaganini va buni yashirganini iddao qilgan hamda “Jeenbekovdan ham, Atambayevdan ham koʻngli qolgan” odam taqdim etgan roʻyxatni eʼlon qilgan edi.

 Faolning iddao qilishicha, Sooronbay Jeenbekovning saylov shtabi Markaziy saylov komissiyasi eʼlon qilgani kabi 158 million 96 ming 175 soʻm emas, balki 1 milliard 170 million 265 ming 187 som hamda 6 million 855 ming 700 AQSh dollar, jami boʻlib tahminan 17 million dollar pul sarflagan.

 Nurbek Toktakunov fikricha, bu holat prezidentga impichment eʼlon qilish uchun asos boʻla oladi. Shuning uchun ham u huquq organlaridan bu hujjatlarni tekshirishni talab qilmoqda.

 Prezident matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva esa maʼlumotni feyk deb atadi. Biroq prezident Sooronbay Jeenbekovning saylov shtabini boshqargan Farid Niyozov bu maʼlumot “haqiqatga yaqin”, deb aytdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.