NATO davlatlari harbiy xarajatlarni oshirdi

422
0

NATO davlatlari harbiy xarajatlarni oshirdi

 NATOga aʼzo 11 mamlakat harbiy harajatlarni YaIMning ikki foizigacha oshirdi. Bu haqda alьyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg bildirdi.

 Aynan qaysi davlatlar ikki foizlik koʻrsatkichga yetgani maʼlum qilinmagan.

 Oktyabr oyida Stoltenberg 2014 yilda NATOga aʼzo uchta davlatgina YaIMning ikki foizini mudofaa xarajatlari uchun ajratganini maʼlum qilgan va 2018 yilda 29 aʼzo davlatdan sakkiztasi mazkur talabni bajarishini aytgan edi.

 AQSh 2014 yilda imzolangan deklaratsiya shartlarini bajarishni bir necha bor talab qilgandi. Shu yilning iyulida AQSh prezidenti Donalьd Tramp NATO davlatlaridan mudofaaga YaIMning toʻrt foizini ajratishni talab qildi.

 2016 yilda Jane’s nashri deklaratsiya imzolanganidan soʻng oradan ikki yil oʻtgach beshta davlat talabni bajarganini aniqlagandi: AQSh (3,61 foiz), Gretsiya (2,38 foiz), Buyuk Britaniya (2,21 foiz), Estoniya (2,16 foiz) va Polьsha (2 foiz).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.