Rossiya Ukraina fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanktsiyalar kiritdi

512
0

Rossiya Ukraina fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanktsiyalar kiritdi

Rossiya Ukraina sanktsiyalari kiritilishiga javoban maxsus iqtisodiy choralarni kiritdi, ular 322 nafar shaxs va 68 yuridik shaxsga nisbatan qoʻllanildi. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.

 Sanktsiya roʻyxatiga Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov, UXX rahbari Vasiliy Gritsak, mudofaa vaziri Stepan Poltorak, Dmitriy Yarosh va Oleg Lyashko, sobiq bosh vazirlar – Yuliya Timoshenko va Arseniy Yatsenyuk kiritildi.

 RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanktsiyalarga javob choralari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Qaror davlat hukumati saytida eʼlon qilindi.

 “Sanktsiyalar 322 nafar shaxs va 68 yuridik shaxsga nisbatan qoʻllaniladi. Qaror Ukraina tomonidan Rossiya fuqarolari va yuridik shaxslariga qarshi nodoʻstona harakatlar amalga oshirilayotganiga qarshi kurashishga hamda ikki tomonlama aloqalarni normallashtirishga qaratilgan”, – deyiladi hujjat matnida.

 Taʼkidlanishicha, hujjatga muvofiq Rossiya hududida naqd boʻlmagan mablagʻlar, hujjatsiz qimmatli qogʻozlar va mulkni bloklashni nazarda tutuvchi maxsus iqtisodiy choralar joriy etiladi, shuningdek, Rossiya tashqarisiga mablagʻlarni oʻtkazish taqiqlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.