Oʻzbekiston razvedkasi: IShID safida jang qilgan 4 nafar oʻzbek qoʻlga olindi

1067
0

Oʻzbekiston razvedkasi: IShID safida jang qilgan 4 nafar oʻzbek qoʻlga olindi

Oʻzbekiston razvedkasiga oid manba “terrorchi” guruhlarga, xususan Suriyadagi IShID tashkilotiga aloqadorlikda ayblagan 4 nafar oʻzbek qoʻlga olinganligi haqida xabar tarqatdi. Xabarga koʻra, Oʻzbekiston davlat xavfsizlik agentligi bu amaliyotni xorijiy xavfsizlik idoralari bilan birgalikda amalga oshirgan.

“Oʻzbekistonga qaytarilgan mahbuslar Suriyada faoliyat yurituvchi xalqaro terroristik tashkilotlarning rahbarlari va masʼul xodimlari boʻlgan”, – deyiladi xabarda.

Manba “terror”da ayblangan shaxslarni hibsga olish qayerda va qaysi davlatning xavfsizlik xizmatlarining yordami bilan amalga oshirilganini oshkor qilmadi. Unga koʻra, mazkur davlat bilan ishlashni davom ettirish uchun shunday qilish lozim.

Manbaning daʼvo qilishicha, mahbuslardan ikki nafari “terroristik” faoliyatlar boʻyicha mashqdan oʻtgan. Ulardan biri Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati hududidagi yashirin hujraning aʼzosi boʻlgan. Uchunchisi esa, 2015 yilda “terroristlar” guruhiga qoʻshilgan va Suriyada jihod qilish uchun yoʻlga chiqqan kishilarni Turkiyada kutib olib, Suriyaga oʻtkazib yuborish uchun masʼul boʻlgan.

Shuningdek manba bularning toʻrttalasi ham chet elda boʻlgan vaqtlarida soxta hujjatlardan foydalanganligini hamda Rossiya, Turkiya, Afgʻoniston va Pokiston kanallari orqali Suriyaga yetib olganligini qoʻshimcha qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.