Tramp: Saudiylar bizga (Isroil) borasida koʻp yordam berdi!

1371
0

Tramp: Saudiylar bizga (Isroil) borasida koʻp yordam berdi!

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya hukumati (Isroil)ni qoʻllab-quvvatlashda Qoʻshma Shtatlarga yordam berganini ilk bor rasmiy bayonotida eʼlon qildi.

Tramp Oq Uydan bergan bayonotida jurnalist Jamol Kashikchining oʻlimidan soʻng Saudiya Arabistoni uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarga izoh berar ekan, “Saudiya Arabistoni AQShga nisbatan buyuk ittifoqchi va katta investorlardan biridir. Balki u AQShga yuzlab va minglab ish oʻrinlarini yaratishga imkon beradigan milliardlab dollar mablagʻ yotqizgan eng katta investordir”, dedi.

AQSh prezidenti Saudiyaning yordami xususida batafsil maʼlumot bermaganidek, boshqa tafsilotlarga ham kirishmadi.

Tramp jurnalist Kashikchining boshiga kelgan hodisa uchun Saudiya Arabistonini oqlab boʻlmasligini, ammo ayni paytda Yaqin Sharqni dunyoning juda ogʻir va xavfli qismi deb hisoblashini taʼkidlab oʻtdi.

“Shu bilan birga ular biz uchun juda yaxshi ittifoqdosh boʻldilar. (Isroil)ga bogʻliq ishlarda bizga koʻp yordam berishdi va koʻp narsalarni mablagʻ bilan taʼminlashdi”, deya qoʻshimcha qildi Tramp.

Tramp ushbu bayonoti bilan (Isroil) manfaatlarini himoya qilishdagi Saudiyaning rolini birinchi bor rasman tasdiqladi.

Falastin muammosi bois Saudiya Arabistoni va (Isroil) oʻrtasida ochiq munosabatlar yoʻqligi daʼvo qilinishiga qaramasdan, (Isroil) bosh vaziri Benyamin Netanyahu, AQSh prezidenti Dolald Tramp va Saudiya valiahdi shaxzoda bin Salmon tarafidan berilgan bayonotlar ikki davlat oʻrtasida sezilarli yaqinlashuv mavjudligini koʻrsatmoqda. Qolaversa, bu masalada Saudiya-(Isroil) oʻrtasidagi oshkor boʻlib qolgan bir qancha maxfiy uchrashuvlar ham aynan shunga dalolat qiladi.

Turkiston:

Kufr olami Islom olamidagi xoinlari bilan birlashib, AQShning manfaati ustivor boʻlgan yangi bir olamiy muhitni paydo qilib boryapti. Bu muhitda faqat AQShga yoki uning olamiy manfaatlariga mos ish olib borayotgan davlatlar yoki tashkilotlar, har qancha qabih ishlarni amalga oshirsalar ham javobgarlikka tortilmaydi. Chunki dunyoda qaysi davlatga qanday jazo berish yoki har turli sanktsiyalar belgilash faqat AQShning salohiyati boʻlib, u bu salohiyatini olamiy sistema yoki mabda manfaatidan emas, oʻz mamlakati manfaatidan kelib chiqib belgilab boryapti. Bu holat olamiy kufr sistemasining inqirozidan darak beradi. Bunda qudratli davlatlar zaiflarini oshkora kamsitib, oʻz taʼsiri ostidagi zolim davlatlarni oshkora va noqonuniy yoʻllar bilan qoʻllab borishadi. Kufr mabdasi asosidagi olamiy boshqaruv sistemasi allaqachon boshqaruv quvvatini yoʻqotib boʻlgan. Toʻgʻrirogʻi u hali tuzilmay turib olam manfaatlari uchun uyushgan emas edi!

Islom olamidagi xoin yetakchilarimiz, olamiy kufr sistemasi manfaati uchun kufr yetakchilariga avval yashirin xizmat koʻrsatib kelishayotgan boʻlsa, endi xiyonatlarini oshkor qila boshlashdi! Ular Allohning qahridan ham,  ummat nafratidan ham qoʻrqmay, ochiqchasiga kufr tomonini tanlab, iymonlarini arzon garov sotib borishyapti!

Turkiyadagi konsullik Qirol Salmondan soʻramay, rozilik olmay, uni ogohlantirmay bir odamni qatl qilib yuborgan emish. Bunga kim ishonadi…. Hatto Trampning oʻzi ham ishonmayapti. U faqat “bu xoin menga yahudiy vujudini saqlab turish uchun kerak” deyapti. Demak Tramp Erdigonga bu sen uchun ham kerak demoqchi! Arablarni jilovda ushlab turishimiz uchun bu xoin qirollik butun kufr olami jumladan Erdagon hokimiyati uchun ham kerak demoqchi! Biz Islom olami shu qadar hor boʻldikki xoinlarga saltanatni topshirib qoʻyib, ular vositasida yahudiylarni himoya qilib oʻtiribmiz!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.