“Suriya Do’stlari” aslida AQShga do’stdirlar.

504
0

Marokkoning (Mag’rib) Marrakesh shaxrida “Suriya Do’stlarining” navbatdagi, to’rtinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

“Suriya Do’stlarining” barcha uchrashuvlari amerikalik vakillar boshqaruvi ostida o’tayotgani bu “do’stlarning” aslida AQSh do’stlari ekanligini aniq ko’rsatib turibdi. Avvalroq, Doxa konferentsiyasi, xozir o’zini Suriyaning qonuniy namoyondasi deb da’vo qilayotgan milliy koalitsiya tuzish haqida qaror qabul qilgan edi. Bu tashkilotni NATO mamlakatlari va ko’pchilik arab davlatlari qo’llab quvvatlashdi. Endi esa, o’zlarini Suriya Do’stlarimiz deyayotganlar ham ahillik bilan bu taklifni ma’qullashga kirishishdi. Biroq bu narsa, mintaqadagi xozirgi siyosiy vaziyatni deyarli o’zgartira olmadi.

Marrakeshdagi uchrashuv ham Doxa konferentsiyasi qarorini maqulaganday bo’ldi, biroq uchrashuv chog’ida shu uchrashuvni uyushtirgan suriyalik tomon bilan amerikalik vakillar o’rtasida janjal chiqib ketdi.

Qilayotgan harakatlariga qaraganda, AQSh Suriyadagi vaziyat nazoratini qo’ldan boy berayotganini sezib qoldi. Amerikalik vakillar “Jabhat an-Nusra” harbiy tashkilotining birorta ham a’zosi Marrakeshda bo’lmasligini talab qilib turib olishdi. Bunga suriyalik muxolifatchilar keskin e’tiroz bildirdilar va: – “Biz uchun suriya hukumati tarafiga o’qni kim otayotgani muhim emas, biz uchun muhimi, o’qlar u yoqqa uchayotgani. Shuning uchun ham, kimki hukumatni otayotgan bo’lsa, ular bizning do’stlarimiz”, – deya javob qildilar. Aniqki, amerikaliklar masalaga bunday yondoshishlikka rozi bo’lishmadi…

Bir so’z bilan aytganda, uchrashuv qatnashchilari til topisha olmadilar.

Aslida xar qanaqangi tashkilot, uni tashkil etuvchi va moliviy xomiylarining manfaatlarini ximoyasi uchun xizmat qilishga maxkum. Aks xolda bu kabi tashkilotlar faoliyatiga chek qo’yiladi. Bu kabi uyushishlar xaqiqatni ro’yobga chiqarishidan umid qilinmaydi, balki ular faqat tashkilotchi katta davlatlarning ikkiyuzlamachi siyosatlarini ximoya qilib berishlari mumkin xalos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.